K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar



Download 6,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/185
Sana06.04.2023
Hajmi6,9 Mb.
#925488
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185
Bog'liq
K. J. Matkarimov b. J. Mahmudov a. A. Norqulov avtomobillarda is

turlari
Suv miqdori, %
Qovushoqligi, 
mm
2
/s
Kul, %
Bariy, %
Temir
, %
Ishqorlilik,
mg/KOH kg ga
Kislotalilik,
mg/KOH 1 kg ga
Mexanik aralashmalar
Boshlang‘ich (tozalash-
dan oldin)
0,8 8,45 1,17 0,41 0,02 1,85 0,47 0,9
9 soat tozalanganidan ke-
yin
0,02 7,9
0,5 0,30 0,003 1,25 0,45 0,0
Ishlatilgan moylarni yig‘ish me’yori – bu texnikadan foydala-
nish, ta’mirlash davrida, tashishda, saqlashda tabiiy yo‘qotishlarni 


200
hisobga olgan holda yig‘ish mumkin bo‘lgan ishlatilgan moyning 
texnikaviy asoslangan miqdoridir. Bu me’yorlar yakka tartibda 
yoki uskunalar, dastgohlar birligi uchun va guruhli bir turdagi tex-
nikalarga, sex, uchastka, korxonalar uchun turlicha bo‘ladi. 
Yakka tartibdagi yig‘ish me’yori mashinani, mexnizmni, agre-
gatni toza moy bilan bir marta to‘ldirish miqdoridan foydalanish 
davrida sarflangan moy miqdorining ayirmasiga teng. 
Foydalanish jarayonida sarflangan moy dvigatelda kuygan moy, 
siqilgan havo bilan chiqarilgan moy, texnologik oqishlar, tizimdan 
to‘kilmasdan qolgan moy va boshqa miqdorlarning yig‘indisidan 
iborat. 
Ishlatilgan ma’lum turdagi texnika uchun guruhli me’yor tegish-
li yakka tartibdagi me’yorlarni qo‘shib, texnikani ishlatish davrida 
ish ko‘rsatkichlari, belgilangan almashtirishlar va yo‘qotishlarni 
hisobga olgan holda aniqlanadi. Guruhli me’yorlar ma’lum uchast-
ka, sex va korxona uchun ham belgilanadi va o‘tkaziladi. 
8. 4.
 Avtotransport korxonalarida neft mahsulotlari
va texnik suyuqliklarning sifatini nazorat qilish
Barcha neft mahsulotlarining fizik­kimyoviy xossalari standart 
yoki texnik shartlar talablariga javob berganidagina ulardan foyda-
lanish mumkin. Shuning uchun neft mahsulotlari bilan ta’minlov-
chi tashkilotning neft omboridan olinadigan har bir neft mahsulo-
ti uchun uning sifat pasportini talab qilish zarur. Neft omborining 
mudiri bu sifat pasporti asosida hisob-kitob jurnalini to‘ldirib bora-
di. Jurnalga yonilg‘i olingan kun, partiya tartib raqami, yonilg‘i 
yoki moy markasi, asosiy fizik­kimyoviy ko‘rsatkichlari hamda 
ularning standart talabiga mos kelish yoki kelmasligi qayd qilina-
di. Olingan mahsulotlar navlari bo‘yichagina emas, balki markalari 
bo‘yicha hamda alohida-alohida saqlanishi zarur. 
Benzin, motor moylari va plastik surkov moylarining sifati ka-
mida yiliga ikki marta, dizel yonilg‘isi va boshqa moylarniki esa 
201
har yili tekshirib turilishi kerak. Nazorat-tekshirish uchun (sifat 
pasportida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar doirasida) yonilg‘i va moy-
lash materiallarining namunalarini neft mahsulotlari bilan ta’min-
lovchi tashkilotlarning neft bazalaridagi laboratoriyalarga yuborish 
mumkin. Bundan tashqari, neft mahsulotlarining sifati bevosi-
ta xo‘jalikning yoki korxonaning o‘zida oddiy usullar bilan ham 
aniqlab turilishi zarur. Bu tadbirlar neft mahsulotlarini tejashgagina 
emas, balki texnikaning buzilmasdan, ishonchli va samarali ishlash 
muddatini uzaytirishga, ehtiyot qismlar sarfini kamaytirishga im
-
kon beradi. 
Ko‘pgina mashinalarni sinash stansiyalarida neft mahsulotlari-
ni tekshirish uchun yarim jihozlangan laboratoriyalar mavjud. Bu 
laboratoriyalar yangi yonilg‘i va moylash materiallarini sinovdan 
o‘tkazish, shuningdek, yaqin atrofdagi korxonalar va xo‘jaliklar 
mashinalarida ishlatiladigan neft mahsulotlari sifatini tekshirish 
uchun mo‘ljallangan. 
8. 1- rasm. 

Download 6,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish