K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

«Tadbirkorlik» 
tushunchasi tadbirkoming ensiklopedik lug'atida 
quyidagicha ta ’riflanadi:
Tadbirkorlik 
shaxsiy 
daromad, 
foyda 
olishga 
qaratilgan 
fuqarolaming mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o 'z nomidan, o'z mulkiy 
mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga 
oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik 
faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, 
qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan shug'ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda daromad 
olish 
uchun 
sarflanayotgan 
mablag' 
bilan 
bog'liq 
faoliyatdir. 
Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu 
ta’rifda tadbirkorlik faqat ma’lum faoliyat bilan shug'ullanish emas, balki 
bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi ta’kidlangan. Tadbirkorlikka 
berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni shaxsiy daromad bilan 
ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko'rsatilmagan.
Xulosa 
qilib 
aytadigan 
bo'lsak, 
tadbirkorlikning 
muhim 
xususiyatlariga quyidagilar kiradi:


- xo'jalik faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqilligi va 
erkinligi. Huquqiy m e’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu 
masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;
- iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal 
darajada daromad olishni ko'zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o 'z hissasini 
qo'shishdir;
- xo'jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda 
ham noaniqlik va tavakkalchilik bo'lishi mumkin.
1.2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va
huquqiy asoslari
Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy , huquqiy va 
boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga 
quyidagilar kiradi: tovarga bo'lgan talab va taklif; xaridor sotib olishi 
uchun tovar turlarining mavjudligi; xaridor sotib olishi uchun zarur pul 
hajmining 
mavjudligi; 
ishchilarning maoshiga, 
ya’ni 
sotib 
olish 
imkoniyatiga ta ’sir ko'rsatuvchi ishchi o'rinlari, ishchi kuchlarining 
ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, 
kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o 'z ishbilarmonlik 
operatsiyalarini moliyalashtirish uchun olinishi mo'ljallangan kredit 
miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi.
Bu ishlar bilan bozor infratuzilmasini tashkil etgan turli tashkilotlar 
shug'ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o'm atib, 
tijorat operatsiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko'rsatuvchi 
banklar, хитаьЬуо, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg 
1

energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar; 
tovam i xaridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, 
yuridik, buxgalteriya xizmatlari, vositachilik xizmatini ko'rsatuvchi firma 
va korxonalar; ishchi kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash 
agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilami tayyorlayotgan o'quv 
yurtlari; reklama, transport, sug'urta agentliklari; aloqa va axborotni 
uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi.
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan 
chambarchas bog'liq. Tadbirkorlik shakllanishi ning iqtisodiy sharoitiga 
ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlaming didi 
va modaga javob bera oladigan tovarlami sotib olishga intilishi bilan 
belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o'zgarib turishi mumkin. 
Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog'liq ahloqiy va diniy me’yorlar jiddiy


ta’sir ko'rsatadi. Ushbu me’yorlar xaridorlaming turmush tarziga va u 
orqali tovariar talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning 
ishga munosabatiga o 'z ta’sirini o'tkazadi, bu esa, o 'z navbatida, biznes 
taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bo'lgan 
munosabatiga ta’sir etadi.
^tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlami 
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish 
muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning 
zamonaviy uslublarini o'rganishni tashkil etish, xodimlami o'qitish va 
qayta o'qitish, ulami rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun 
yuborish, ishbilarmonlarni o'qitish uchun o'qituvchilarni tayyorlash va 
qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik sektori uchun 
xodimlami tanlash bo'yicha maslahat markazlarini ochish kerak.
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. 
Shuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu 
birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi 
qonunlaming 
mavjudligi, 
ya’ni 
korxonalarni 
ro'yxatdan 
o'tish 
jarayonining 
qisqa 
va 
oddiy 
bo'lishi; 
tadbirkorlikni 
davlat 
byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligi ni takomillashtirish; 
O'zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini 
rivojlantirishdan iboratdir. SHu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik 
ishlariga ko'maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika 
shakli va hisob-kitobini soddalashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining 
huquqiy kafolati masalasi bilan bog'liq masalalarni hal etish ham muhim 
ahamiyat kasb etadi.
AQSHning tadbirkorlik sohasida ko'p yillar mobaynida qo'llab 
kelayotgan qonunlar tizimi bunga misol bo'la oladi. Ulardan bir nechasiga 
e ’tibor beraylik (1.2.1-jadval)12.
Davlatning ishbilarmonlik faoliyatini tartibga solish kerakligini 
asoslab berar ekan, F. Kotler ushbu qonunlar paydo bo'lishining uch 
asosiy sababini ko'rsatib berdi:
-firmalami bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir 
ovozdan raqobatni maqtaydilar, lekin ulaming manfaati raqobat bilan 
to'qnash kelganda uni bartaraf etishga harakat qiladilar».
12 Предпринимательство: Учебник. Для вузов /Под ред. проф. В.Я. Горфинкеля, проф. Г.Б. Поляка, проф И.А. 
Швандара. -М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 2001. 18 стр.


Shundan kelib chiqib, «g'irrom raqobat» ning oldini olish bo'yicha 
qonunlar paydo bo'ldi: nohaq amaliyotdan iste’molchilami himoyaiash 
zarurligi. Shundan kelib chiqib, nazoratsiz qolib, sifatsiz tovar ishlab 
chiqarayotgan, reklamada yolg'on axborot berayotgan, o'rash va narx 
yordamida aldayotgan firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish