«Tadbirkorlik»
tushunchasi tadbirkoming ensiklopedik lug'atida
quyidagicha ta ’riflanadi:
Tadbirkorlik
shaxsiy
daromad,
foyda
olishga
qaratilgan
fuqarolaming mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o 'z nomidan, o'z mulkiy
mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga
oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik
faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish,
qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan shug'ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda daromad
olish
uchun
sarflanayotgan
mablag'
bilan
bog'liq
faoliyatdir.
Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu
ta’rifda tadbirkorlik faqat ma’lum faoliyat bilan shug'ullanish emas, balki
bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi ta’kidlangan. Tadbirkorlikka
berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni shaxsiy daromad bilan
ijtimoiy foydaning yaxlitlik xususiyati ko'rsatilmagan.
Xulosa
qilib
aytadigan
bo'lsak,
tadbirkorlikning
muhim
xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
- xo'jalik faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqilligi va
erkinligi. Huquqiy m e’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu
masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;
- iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal
darajada daromad olishni ko'zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o 'z hissasini
qo'shishdir;
- xo'jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda
ham noaniqlik va tavakkalchilik bo'lishi mumkin.
1.2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va
huquqiy asoslari
Tadbirkorlikni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy , huquqiy va
boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga
quyidagilar kiradi: tovarga bo'lgan talab va taklif; xaridor sotib olishi
uchun tovar turlarining mavjudligi; xaridor sotib olishi uchun zarur pul
hajmining
mavjudligi;
ishchilarning maoshiga,
ya’ni
sotib
olish
imkoniyatiga ta ’sir ko'rsatuvchi ishchi o'rinlari, ishchi kuchlarining
ortiqchaligi yoki etishmovchiligi.
Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari,
kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o 'z ishbilarmonlik
operatsiyalarini moliyalashtirish uchun olinishi mo'ljallangan kredit
miqdori iqtisodiy sharoitga ta’sir etadi.
Bu ishlar bilan bozor infratuzilmasini tashkil etgan turli tashkilotlar
shug'ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o'm atib,
tijorat operatsiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko'rsatuvchi
banklar, хитаьЬуо, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg
1
,
energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta’minlovchilar;
tovam i xaridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy,
yuridik, buxgalteriya xizmatlari, vositachilik xizmatini ko'rsatuvchi firma
va korxonalar; ishchi kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash
agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilami tayyorlayotgan o'quv
yurtlari; reklama, transport, sug'urta agentliklari; aloqa va axborotni
uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi.
Tadbirkorlikning shakllanishi ijtimoiy va iqtisodiy sharoit bilan
chambarchas bog'liq. Tadbirkorlik shakllanishi ning iqtisodiy sharoitiga
ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, xaridorlaming didi
va modaga javob bera oladigan tovarlami sotib olishga intilishi bilan
belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o'zgarib turishi mumkin.
Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog'liq ahloqiy va diniy me’yorlar jiddiy
ta’sir ko'rsatadi. Ushbu me’yorlar xaridorlaming turmush tarziga va u
orqali tovariar talabiga bevosita ta’sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning
ishga munosabatiga o 'z ta’sirini o'tkazadi, bu esa, o 'z navbatida, biznes
taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bo'lgan
munosabatiga ta’sir etadi.
^tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlami
tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish
muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini yuritishning
zamonaviy uslublarini o'rganishni tashkil etish, xodimlami o'qitish va
qayta o'qitish, ulami rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun
yuborish, ishbilarmonlarni o'qitish uchun o'qituvchilarni tayyorlash va
qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkorlik sektori uchun
xodimlami tanlash bo'yicha maslahat markazlarini ochish kerak.
Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi.
Shuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu
birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi
qonunlaming
mavjudligi,
ya’ni
korxonalarni
ro'yxatdan
o'tish
jarayonining
qisqa
va
oddiy
bo'lishi;
tadbirkorlikni
davlat
byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligi ni takomillashtirish;
O'zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini
rivojlantirishdan iboratdir. SHu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik
ishlariga ko'maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika
shakli va hisob-kitobini soddalashtirish kiradi. Tadbirkorlik faoliyatining
huquqiy kafolati masalasi bilan bog'liq masalalarni hal etish ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
AQSHning tadbirkorlik sohasida ko'p yillar mobaynida qo'llab
kelayotgan qonunlar tizimi bunga misol bo'la oladi. Ulardan bir nechasiga
e ’tibor beraylik (1.2.1-jadval)12.
Davlatning ishbilarmonlik faoliyatini tartibga solish kerakligini
asoslab berar ekan, F. Kotler ushbu qonunlar paydo bo'lishining uch
asosiy sababini ko'rsatib berdi:
-firmalami bir-biridan himoya qilish zarurligi. «Tadbirkorlar bir
ovozdan raqobatni maqtaydilar, lekin ulaming manfaati raqobat bilan
to'qnash kelganda uni bartaraf etishga harakat qiladilar».
12 Предпринимательство: Учебник. Для вузов /Под ред. проф. В.Я. Горфинкеля, проф. Г.Б. Поляка, проф И.А.
Швандара. -М.: Банки и биржи, ЮНИТИ, 2001. 18 стр.
Shundan kelib chiqib, «g'irrom raqobat» ning oldini olish bo'yicha
qonunlar paydo bo'ldi: nohaq amaliyotdan iste’molchilami himoyaiash
zarurligi. Shundan kelib chiqib, nazoratsiz qolib, sifatsiz tovar ishlab
chiqarayotgan, reklamada yolg'on axborot berayotgan, o'rash va narx
yordamida aldayotgan firmalarga qarshi qaratilgan qonunlar joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |