qat’iy pul-kredit siyosati makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga
qaratildi.
Hukumat tomonidan 2009-2012-yillarga mo'ljallab
qabul qilingan
Inqirozga qarshi kompleks chora-tabdirlar dasturi respublika bank-kredit
tizimida inqiroz ta’sirini yumshatish va bartaraf etishda muhim ahamiyatga
ega.
Jahonning ko'plab mamlakatlarini qamrab olgan moliyaviy inqiroz
ko'lami kengayotganiga qaramay, O'zbekiston bank tizimi ishonchliligi va
barqaror rivojlanayotgani, xorijiy moliyalashtirish
manbalariga qaram
emasligi va tashqi inqiroz holatlarining salbiy ta’siriga berilmaslik
xususiyatiari bilan ajralib turdi.
SHuni ta’kidlash lozimki, 2009-yilda «Asia Alliance Bank» xususiy
ochiq aksiyadorlik tijorat banki tashkil etilishi bilan respublika bo'yicha
jami tijorat banklari soni 30 taga etdi. 2010-yilning boshidanoq,
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 9-
yanvardagi qaroriga muvofiq «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik
tijorat bankiga bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi
litsenziya berildi va O'zbekistondagi jami tijorat banklari soni 31 taga
yetdi. «Hi-Tech Bank» xususiy yopiq aksiyadorlik
tijorat bankining ustav
kapitali 5,25 mlrd. so'mdan ko'proq miqdorda shakllantirilib, uning 51
foizi jismoniy shaxslaming mablag'lari hisobiga to'g'ri keladi. Ushbu
yangi
bankning ochilishi
mamlakatimiz Prezidentining «Xususiy
aksiyadorlik tijorat banklari tuzishni rag'batlantirish chora-tadbirlari
to'g'risida»gi Farmoni talablari izchil amalga oshirilayotganining yana bir
tasdig'idir.
Iqtisodiy rivojlanishning o'sishi bank kreditining qo'llanilish
ko'lamini kengaytirib boradi. Kredit faqatgina har kunlik faoliyat bilan
bog'liq ishlab chiqarish va muomala
jarayonining qisqa muddatli
ehtiyojlari uchun emas, balki uzoq muddatga kapitalga ehtiyojni qoplashga
yo'naltiriladi.
Bank kreditining manbai faqat vaqtincha bo'sh mablag'lar va kapital
bo'lib qolmay, kredit asosida chek-depozit emissiyasi ham amalga
oshiriladi.
Bank
tomonidan
beriladigan
kredit
miqdori
mavjud
jamg'armalardan ko'p bo'lsa, bank chek-depozit emissiyasini amalga
oshirishi mumkin.
Bank tizimining muomalaga kredit pullarini chiqarishi depozitlar
yaratish yo'li bilan to'laqonli pullar o'mini bosuvchi
kredit vositalarini
vujudga keltiradi.
Respublika bank tizimini avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishga
qaratilgan chora-tadbirlar natijasida nafaqat bankning ichki ehtiyojlari
uchun foydalaniladigan axborot tizimi va lokal dasturlar majmui, balki
iqtisodiyotning moliyaviy faoliyatini ta’minlovchi yaxlit milliy to'lov
tizimi yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: