K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

va n od avlat 
boshqaruv organlari va boshqalar kiradi.
Kichik va o'rta tadbirkorlik subyektlarini tartibga solib va qo'llab- 
quwatlovchi bozor infratuzilmalarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Buni yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tajbribasi ham 
tasdiqlaydi. Masalan, AQSHda 1953-yili Kichik va o'rta biznes ishlari 
bo'yicha ma’muriyat (KBM) tashkil etilgan bo'lib, uning zimmasiga 
kichik va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha barcha vazifalar 
(moliyaviy yordam, texnik va maslahat xizmati, davlat buyurtmalarini 
olishga ko'maklashish va boshqalar) yuklatilgan.
KBM tarkibi uch bosqichdan AQSH poytaxtidagi shtab-kvartira, 10 
ta hududiy boshqarma va 
1 0 0
dan ortiq mahalliy bo'linmadan iborat.
Ular butun mamlakat bo'ylab keng tarqalgan tarmoqqa ega bo'lib, 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, kollejlar, universitetlar, korxona va 
jamoat tashkilotlari bilan yaqin aloqada faoliyat yuritadi. AQSHda kichik


va o'rta biznesni qo'llab-quvvatlash bilan boshqa idoralar, xususan, Ichki 
ishlar vazirligi, Uy-joy qurilishi va shaharlar rivojlanishi vazirligi, milliy 
ilm fondi, Fermerlik bo'yicha ma’muriyat, kichik biznesni rivojlantirish 
markaz va institutlari, savdo-sanoat palatasi kabi 2700 dan ortiq federal 
idora shug'ullanadi.
Keyingi yillarda respublikamizda bozor infratuzilmalarini faol 
shakllantirish jarayoni boshlandi. Bu jarayonning natijalari sifatida kichik 
tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi brokerlik idoralari, kichik 
ulgurji va chakana savdo tuzilmalari, lizing, konsalting kompaniyalari, 
axborot-maslahat markazlari, injiniring, auditorlik firmalari, sug'urta 
kompaniyalari, 
transport-ekspeditsiya 
korxonalari, 
axborot-reklama 
byurolari va boshqa turli xil infratuzilmalar tizimi faoliyat yuritadi.
Biznes-maktab
tadbirkorlar, kichik korxonalaming rahbarlari, kichik 
korxonalar uchun mutaxassislar, ishsizlar, o'z ishini ochmoqchi bo'lgan 
boshqa fuqarolar, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas’ul 
xizmatchilami tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni 
amalga oshiruvchi tuzilma.
O'quv-amaliy markazlari
kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va 
bozor iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashning keng miqyosli dasturini 
amalga oshiruvchi tuzilma.
Biznes-inkubatorlar
maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o'z 
maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o'qitish va ofis 
xizmatlarini ko'rsatuvchi tuzilmalar.
Ijtimoiy-amaliy markaz
ish bilan band bo'lmagan aholi va ishsizlar 
o'rtasida kichik tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o'rinlarini 
yaratish bilan shug'ullanuvchi, odatda bandlik markazlari qoshida tashkil 
etiluvchi tuzilma.
Texnopark
o'z hududida kichik innovatsion korxonalarni yaratish va 
rivojlantirish orqali ilmiy salohiyatdan foydalanish va ishlab chiqilgan 
texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida tashkil etiluvchi tuzilma.
Biznes-markaz
tadbirkor va ishbilarmonlarga servis xizmatlari 
ko'rsatuvchi tuzilma.
Konsalting
ishlab chiqarishga ish yuzasidan xizmat ko'rsatish 
sohasida ixtisoslashgan firmalarning o'z mijozlariga maslahat xizmati 
ko'rsatish va texnikaviy loyihalarni ekspertiza qilish bilan bog'liq iqtisodiy 
faoliyat.
Auditorlik kompaniyasi
turli yo'nalishdagi firmalarning bozor va 
biznes sohasidagi imkoniyatlarini aniqlab beruvchi moliya-xo'jalik 
faoliyatini yalpi taftishi bilan shug'ullanuvchi muassasa.


Sug'urta kompaniyasi
sug'urtalovchi rolida maydonga tushuvchi, 
ya’ni sug'urta hodisasi ro'y bergan chog'da sug'urtalangan shaxsning 
zararlarini qoplash majburiyatini o'ziga oluvchi tashkilot.
Buning 
natijasida 
kichik 
biznes 
va 
xususiy 
tadbirkorlik 
subyektlarining mamlakatimizda yangi ish o'rinlarini tashkil etish, 
aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili 
sifatidagi natijalari salmoqli bo'lib bormoqda.
Kichik biznes subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilmalar hali 
ham kichik biznes subyektlarining o'sib borayotgan talab va extiyojlarini 
to'liq qondira olmayapti.
Birinchidan, 
kichik biznesni rivojlantirishga tadbirkorlaming bilim 
va tajribalari etishmasligi, shuningdek, ulami axborot va maslaxat bilan 
ta’minlash tizimlari faoliyatining takomillashmaganligi to'siq bo'lmoqda. 
Ko'pincha, joylarda qishloq tadbirkorlariga zarur bo'lgan tashkiliy-uslubiy 
yordamlar 
ko'rsatilmayapti. 
Maslahat 
markazlarining 
vazifalarini 
takomillashtirish, tadbirkorlarga amaliy yordam ko'rsatish, ya’ni ta’sis 
xujjatlarini ishlab chiqish, biznes rejalar tuzish, kredit olishga arizalar 
berish, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini tashkil etish, auditorlik 
tekshiruvlarini o'tkazish va boshqa maslaxat xizmatlari ko'rsatishda 
ko'maklashishdir.
Ikkinchidan, 
kichik 
biznes 
subyektlarining 
moddiy-texnika 
resurslaridan, xom ashyo va materiallardan, lizing, mayda ulgurji savdo va 
servis xizmati tarmog'idan foydalana olish imkoniyatlarini kengaytirish 
lozim.
Uchinchidan, 
tashqi 
bozorga 
chiqishida, 
ya’ni 
eksport 
shartnomalarini ro'yxatdan o'tkazish va bojxuiia oiganlaiida hisobga olish, 
tovariar va xizmatlami chet elga sotishda yordam ko'rsatish borasidagi 
qator muammolami bartaraf etish zarur.
To'rtinchidan, 
kichik biznes korxonalarining xom ashyo va 
materiallardan foydalanish, tayyor mahsulotlami sotish imkoniyatlarini 
kengaytirish, tashkil qilish uchun mayda ulgurji bozorlar, yarmarkalar 
tizimini kengaytirish, ulgurji bozorlar qoshida moddiy-texnika ta’minoti, 
ijara, saqlash, transport xizmati ko'rsatish bo'limlarini tashkil etish yo'llari 
orqali savdo mexanizmlarini takomillashtirish zarur.


6.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda 
banklarning roli
Bozor iqtisodiyoti o'tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy 
siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga 
oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshlanishi 
davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, 
takomillashib boradi. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
qo'llab-quwatlashda banklarning rolini oshirib borishga alohida e’tibor 
beriladi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy 
faoliyati banklar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular olib borayotgan 
faoliyat xomashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovariar, ko'rsatiladigan 
xizmatlarga haq to'lash, ishlovchilami ish haqi bilan ta’minlash, turli 
toifadagi korxonalar, firma va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo'ladigan 
iqtisodiy munosabatlar, ya’ni olingan foyda va daromaddan soliq to'lash, 
transport, kommunal xizmatlar uchun to'lovlaming barcha turiari banklar 
orqali, o'z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham 
banklar orqali amalga oshadi.
Alohida ta’kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga 
qadar bank va banklar bilan bo'ladigan turli iqtisodiy munosabatlar 
unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo'jaligining muhim xo'jalik yuritish 
qismi bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha 
faoliyati banklar bilan bog'langanligi bugungi kunda hammaga ma’lumdir. 
Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQSHda bank 
tizimining faoliyati nihoyatda rivojlangan bo'lib, tadbirkorlikning aktiv 
iqtisodiy faoliyat yuritishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga 
kompleks ravishda xizmat ko'rsatadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz 30 ta bank faoliyat yuritib, shundan 3 
tasi davlat banklari, 13 tasi aksiyadorlik tijorat banklari, 9 tasi xususiy 
banklar, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (6.2.1- 
rasm).



Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish