kelgusida olinadigan foyda hajmidir. Lekin u kelgusida kutilayotgan
absolyut miqdorlarda emas, balki yuqorida ta’kidlangani dek, diskontlash
koeffitsiyentlari bilan to'g'rilangan holda yuzaga keladi.
Boshqacha qilib
aytganda, formulaning suratida so'mning bugungi qiymatida ifodalangan
daromadlar summasi aks etadi.
Ko'rib chiqilayotgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun
sarflanadigan barcha xarajatlar hajmi ham xuddi shunday hisoblanadi. Bu
hisob-kitoblar bir necha yildagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishga
qaratilgan . Agar investitsiyalashtirish qisqa muddatlarga (3 oy,
6
oy yoki
1
yilga) mo'ljallangan bo'lsa, bunday holda
xarajatlar va daromadlami
diskontlashning hojati yo'q.
Foydalilik koeffitsiyentiga asoslanib, agar koeffitsiyent 1,00 dan
yuqori yoki unga teng bo'lgan taqdirdagina investitsiyalashtirilayotgan
loyihalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ammo bu hisob-kitob ham
yetarli emas. Chunki, mablag' bilan ta’minlash taqchilligi yuqori
sharoitlarda foydalilik koeffitsiyentlari yuqoriroq bo'lgan
loyihalarni
qo'llash afzaldir. Buni quyidagi misolda ko'rib chiqaylik. Deylik, ikkita
investitsion loyiha taqdim etilgan bo'lsin.
Birinchi loyiha bo'yicha xarajatlar hajmi 200 ming so'mni tashkil
etib va bu jami
1
mln. so'm miqdorda diskontlangan
daromad keltirishi
ko'zda tutilgan. Bunda sof daromad 800 ming so'mni tashkil etadi.
Ikkinchi loyiha bo'yicha esa jami xarajatlar hajmi 50 ming so'mni
talab etgan holda, diskontlangan daromadlar hajmi esa 450 ming so'mni
tashkil etadi. Bunda sof daromad 400 ming so'mga tengdir, ya’ni
birinchi
loyihadan
2
marta kamdir.
Sizdagi mavjud mablag' esa 200 ming so'mni tashkil etib, birinchi
loyihani investitsiyalashtirish imkoniyatiga egasiz. Xo'sh, bu maqsadga
muvofiqmi?
Albatta, yo'q. Chunki, birinchi loyiha uchun foydalilik koeffitsiyenti
5 ga (1 mln. so'm : 200 ming so'm), ikkinchi loyiha uchun esa 9 ga (450
ming so'm: 50 ming so'm) teng ekanligini hisoblab chiqish unchalik qiyin
emas. Demak, agar 200 ming so'm mablag'ingizni
foydalilik koeffitsiyenti
9 ga yaqin bo'lgan bir nechta kichik loyihalarga sarf qilsangiz, natijada siz
1,6 mln. so'mga yaqin sof daromadga ega bo'lasiz. Bu esa birinchi loyiha
daromadiga nisbatan
2
martaga ko'pdir.
Biroq hayotda foydalilik koeffitsiyentlari bir xil bo'lgan
bir nechta
loyihalar bir vaqtning o'zida kamdan-kam xollardagina uchraydi. Bu
koeffitsiyentlar ko'pincha bir-biridan keskin farq qiladi. Shuning uchun
qaysi loyihani tanlash masalasi hal qilinayotganda, avvalo, ulaming
foydalilik
koeffitsiyentlari
kattaliklari
bo'yicha,
ya’ni
ushbu
koeffitsiyentlar miqdorining kamayib borish tartibini ko'rsatuvchi
sxema
tuzib, kuzatib borish maqsadga muvofiqdir . Buni xarajat va daromadlar
miqdoriga ko'ra quyidagi jadval tarzida ham ifodalash mumkin (5.3.1-
jadval).
5.3.1-jadval
«Jahongir» kichik korxonasining investitsiyalashtirilgan loyihalar
bo'yicha foydali ik koeffitsiyentlarining hisob-kitobi
Loyiha
Ko'zda tutilgan
xarajatlar
summasi,
Ko'zda tutilgan
daromadlar
summasi,
Foydalilik
koeffitsiyenti
Ranglar
A
600
840
1,4
1
В
900
1305
1.45
Do'stlaringiz bilan baham: