2
V
300
390
1.3
3
G
700
770
1Д
4
D
1200
1260
1,05
5
Ushbu jadvalga ko'ra, agar kichik korxona 2,5 mln. so'mlik
loyihalarni investitsiyalashtirish imkoniyatiga ega bo'lsa, bu mablag'lami
А, В, V va G loyihalar uchun sarflash maqsadga muvofiq bo'lib, juda katta
daromad keltirish imkoniyati bo'lsada, D loyihadan voz kechish zarurdir.
Agar foydalilik koeffitsiyentiga e’tibor bermasdan, faqat ko'zda
tutilgan daromadlaming maksimal miqdorlariga ko'ra ish yuritilganda D,
В va V variantlar tanlangan bo'lardi. Bunda jami xarajatlar 2,4 mln.
so'mni tashkil etgan holda, korxona daromadi 2,955 mln. so'mni tashkil
etardi. Agar foydalilik koetfitsiyentini hisobga olib tuzilgan investitsiya
loyihasini amalga oshirganda, olinadigan daromad hajmi 3,305 mln.
so'mni tashkil etishi mumkin edi.
Yuqorida ta’kidlanganlardan tashqari, amalda bo'lishi mumkin
bo'lgan kompleks loyihalarni e’tiborga olish ham lozim. Bu ham
investitsiya mablag'larini ajratishning variantlaridan biri bo'lib, bunda
ma’lum bir loyiha bir vaqtda boshqa bir loyiha bilan parallel amalga
oshirilishi mumkin. Masalan, yangi цех qurilishi butun zavodga xizmat
qiladigan energetika yoki tozalash inshootlari rekonstrukuiyasi uchun
ma’lum darajada mablag' qo'yishni talab etadi.
Bunday holda ikkala investitsiya mablag'ini sarflash loyihasining
ham foydalilik koeffitsiyentini hisoblab chiqish lozim. Bunda ushbu
koeffitsiyentlarning individual darajalariga e’tibomi qaratish shart emas.
Misol uchun, firmada 600 ming so'm mablag' sarflab, 840 ming so'm
daromad keltiriladigan loyiha bor. Bunda foydalilik koeffitsiyenti 1,4
(840/600) ni tashkil etadi. Lekin, shu bilan birga, firma umumzavod
xo'jaligini takomillashtirishga yana
1 0 0
ming so'm sarflashi zarur.
Bu esa daromadlilikni faqat 60 ming so'm miqdoridagina o'sishiga
olib keladi yoki boshqacha qilib aytganda, bu loyiha bo'yicha foydalilik
koeffitsiyenti 1 dan kichik bo'lib, 0,6 (60/100) ni tashkil etadi. Biroq agar
o'zaro bog'liq bo'lgan ushbu loyihalar bo'yicha investitsiyalar miqdori va
kutilayotgan daromadlami qo'shsak, bunda birinchi holatda 700 ming
so'm (600+100), ikkinchi halatda esa 900 ming so'm (840+60) kelib
chiqishini ko'ramiz.
Shunday qilib, umumiy (integral) foydalilik
koeffitsiyenti 1,29 (900/700) ni tashkil etadi, ya’ni 1 dan ancha yuqori. Bu
esa bizga ikkala loyihani bir vaqtda amalga oshirish uchun qancha mablag'
sarflash mumkinligini ko'rsatadi.
Qisqa xulosalar
Yangi biznes korxonalarini tashkil qilish bir necha bosqichdan iborat.
Ular ta’sis etilgan joyidagi mahalliy hokimiyat organlari tomonidan davlat
ro'yxatidan
o'tadi.
Davlat
ro'yxatidan
o'tkazilgan
korxonaga:
hokimiyatning korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi
qarorlaridan ko'chirma, hokimiyat ro'yxatidan o'tkazilgan va tasdiqlangan
korxona
Nizomi
hamda
korxonaning
ro'yxatdan
o'tkazilganligi
to'g'risidagi davlat orderi topshiriladi.
Korxona faoliyatini olib borishda biznes-reja muhim rol o'ynaydi.
Biznes rejaning tuzilishi va mazmuni qat’iyan chegaralanmagan.
Fikrimizcha, yetti bo'limdan iborat biznes reja eng maqbul biznes rejadir.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini tahlil qilishda
foydalilik koeffitsenti usulidan foydalanish oddiyligi va qulayligi bilan
ajralib turadigan usul bo'lib, u yetarlicha asosli qarorlar qabul qilishga
yordam beradi.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Yangi korxona tashkil qilish qanday bosqichlardan iborat?
2. Tashkil etilishi mo'ljallangan shaxsiy korxonalaming qanday
turlarini bilasiz?
3. Tashkil etilayotgan korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishi (TIA)
nimalardan iborat?
4. Biznes-reja nima? Uning mazmunini ochib bering.
5. Biznes-rejaning tuzilishi qanday, u qanday bo'limlardan iborat?
6
. Tashkil etilishi mo'ljallangan korxonaning ishlash va boshqaruv
tizimi nimalardan iborat?
7. Korxonaning boshqaruv tamoyillari nimalardan iborat?
8
. Franchayzingning ustuvorlik va kamchiliklari nimada?
9. Foydalilik koeffitsenti qanday aniqlanadi?
1 0
.Kichik korxonalar faoliyatini iqtisodiy tahlil qilishni izohlab
bering.
Adabiyotlar
1. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini
yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi:
2 0 1 0
-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2 0 1 1
-yilga
mo'ljallangan
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlarga
bag'ishlangan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi.
-Т.: O'zbekiston, 2011.-48 b.
2. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlami yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi:
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining
qo'shma majlisidagi ma’ruzasi. -Т.: O'zbekiston, 2010 - 56 b.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning 2010-yilda
mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va
2 0 1 1
-yilga
mo'ljallangan
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlarga
bag'ishlangan
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha
reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz
farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o'rganish
bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -Т.: Iqtisodiyot, - 2011. -3 7 7 b.
4. Boltabayev M.R., Qosimova M.S., Ergashxodjayeva Sh.J.,
G'oyipnazarov B.K.,Samadov A.N., Xodjaev R.S. Kichik biznes va
tadbirkorlik. - Т.:ADIB NASHRIYOTI, 2011. - 283 b.
5. G'oyibnazarov B.K., Rahmonov H.O., Otajonov Sh.I., Almatova
D.S. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotini yuksaltirish omili. -Т.: Fan, 2011. -185 b.
6
. Xodiyev B.Yu., Qosimova M.S., Samadov A.N. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik. -Т.: TDIU, 201 0 .-26 0 b.
7. Попов B.M. Бизнес- планирование: учебное - практ. пособие.
-М .: КНОРУС, 2009. -816с.
8
. Предпринимательство: учебник / под. ред. М.Г.Лапусты. - 4-е
издательство, доп. - М.: ИНФРА-М, 2008. - 667 б.
9. Анискин Ю.П. Организация и управление малым бизнесом:
Учебное пособие. -М.:Финансы и статистика, 2008. -160.
6-bob. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK
SUBYEKTLARIGA XIZMAT KO'RSATUVCHI BOZOR
INFRATUZILMALARI
6.1. Infratuzilma tushunchasining mohiyati va mazmuni
Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarining samarali
faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko'p jihatdan ular uchun yaratilgan
shart-sharoitlarga bog'liq. Kichik tadbirkorlik rivojiga qulay imkoniyat
yaratuvchi shart-sharoitlar orasida infratuzilma xizmatini alohida ajratib
ko'rsatish lozim.
Kichik tadbirkorlik subyektlarida ishlab chiqarish kengayib borishi
bilan ulaming texnik ta’mirlash, moddiy-texnika ta’minoti, mahsulotlami
saqlash, qayta ishlash va sotish, kommunikauiya va aloqa, maslahat va
axborot kabi bir qator xizmat turlariga talabi ortib boraveradi. Chunki
kichik tadbirkorlik subyektlariga yuridik shaxs maqomini berish bilangina
ish bitmaydi. Ulaming to'laqonli faoliyatini faqat mukammal tashkil
etilgan infratuzilma bo'linmalari orqaligina tasavvur etish mumkin.
Infratuzilma iqtisodiy tizimning bir qismini tashkil etib, u ishlab
chiqarishning bir maromda faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitlar
yaratadi.
"Infratuzilma" so'zi lotin tilidan
tarjima qilinganda "tuzilmadan
tashqarida" ma’nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma
mohiyatiga quyidagi izoh ko'proq mos keladi: "inson hayoti va ijtimoiy
ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta’minlovchi tovar va
xizmatlar yaratishda o'ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi".
Keyingi yillarda infratuzilma yuqori sur’atlar bilan rivojlanib
bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab
chiqarishning o'sish sur’atlari infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda
va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o'z ta’sirini o'tkazmoqda.
Infratuzilma juda keng qarmovli tushuncha bo'lib, bu, avvalo, ishlab
chiqarish jarayoniga har tomonlama xizmat ko'rsatadigan xizmat turlarini
yaratish bilan bog'liq. Infratuzilma bo'linmalari rivojlanib borishidan
kichik tadbirkorlik subyektlari katta manfaat ko'radi, chunki bunday
bo'linmalar ularni ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq
ishlardan ozod etib, kuch-g'ayratini asosiy faoliyatiga qaratishga imkon
yaratadi.
Infratuzilma tomonidan yaratiladigan sharoitlami o'z navbatida
quyidagicha turkumlash mumkin:
• bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi moddiy
texnika ta’minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig'ish va qayta
ishlash, buxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari bo'yicha
maslahat xizmati va boshqalar;
• ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari ishchi va
xizmatchi laming sog'lig'ini, ta’lim olishi va kasbiy tayyorgarligi, dam
olishlarini qo'llab-quvvatlash.
Shu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy
infratuzilmalar
yig'indisidan
iborat
deb
qarab
kelingan.
Bozor
iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizim kirib kelishi bilan ishlab chiqarish
infartuzilmasi ko'lami kengayib, "bozor infratuzilmasi" va "instituuional
infratuzilma" so'zlari iste’molga kirib bormoqda.
Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat
ko'rsatuvchi tarmoqlami o'z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti,
elektr, gaz va suv ta’minoti, ombor xo'jaligi, aloqa, axborot, moddiy-
texnika ta ’minoti, mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik
xizmat ko'rsatish, marketing va reklama, axborot-maslahat, auditorlik,
moliya-kredit va investitsion kabi xizmat turiari kiradi.
Ijtimoiy
infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi
va
xizmatchilarga normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror
hosil qilish, shuningdek tadbirkorlaming turli maishiy xizmat turlariga
talabini qondirish uchun xizmat qiladi.
Instituuional
infratuzilma iqtisodiyot rivojlanishining optimal
makroiqtisodiy nisbatlarini qo'llab-quwatlovchi va tartibga soluvchi
sohalar faoliyat turlarini o'z ichiga oladi. Unga iqtisodiyotni tartibga solib
tui uvclii davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |