talab va taklifning
muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan
korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga erishish uchun
marketing quyidagi muhim vazifalami hal etishi lozim:
• xaridorlar (iste’molchilar) ehtiyojini o'rganish;
• tovarlarga ichki va tashqi talablarni o'rganish;
• korxona faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish;
• talab va taklif to'g'risidagi olingan ma’lumotlar asosida bozomi
o'rganish;
• tovariar reklamasini tashkil etish, xaridorlaming tovarlarni sotib
olishga qiziqishini oshirish;
• tovar yaratuvchi yoki uni sotuvchi korxona
tadqiqotlarini amalga
oshirish uchun ma’lumotlar to'plash va tahlil qilish;
• tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar to'g'risida
ma’lumotlar olish;
• to'ldiruvchi tovariar va o'rnini bosuvchi tovariar to'g'risida
axborotlar yig'ish.
Tovarlarga talabni istiqbollash, ulami amalga oshirishni nazorat
qilishdan iborat.
G.L. Bagiyev va boshqalar "Zamonaviy marketing tadqiqotlari,
tadbirkorlik tizimidagi axborot topish, to'plash, qayta ishlash va joriy
hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayoni
" 19
- deb ta’rif berganlar.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish,
talab va taklifning
taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning
maqbul darajasini belgilash mumkin emas. Bunday darajada, odatda,
minimum, maksimum oralig'ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga
erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi mavjud bozor
segmentini mustahkamlash, yangi xaridorlami jalb etish,
yangi bozorlar
tashkil qilishdir. Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati
uzluksiz ta’sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga xaridor
psixologiyasi tovar va firma markasiga bog'lanib qolish xususiyati (imidj)
ga ham egadir.
Marketing tadqiqotlarining eng muhim bosqichlaridan biri tadqiqot
rejasini ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda tadqiqot uchun zarur
ma’lumotlar va axborotlarni to'plash manbalari, uslublari, qurollari,
tanlov
o'tkazish tartiboti va rejalari tuziladi. Tadqiqot asoslanadigan ma’lumot va
manbalardan bir necha marotaba tegishli sohalarda foydalanish, ulami
qayta ishlash mumkin.
Marketing tadqiqotida kuzatish, eksperiment, so'rov, guruhli bahs
eng ko'p qo'llaniladigan uslublar hisoblanadi. Har bir uslub tadqiqotning
tegishli bosqichlarida samarali axborot to'plash,
uni qayta ishlash, texnika
vositalaridan samarali foydalanishni nazarda tutadi. Masalan, yuqorida
keltirilgan radio telefonli va bort-kompyuterii avtomobilga boshlang'ich
talabni baholash tadqiqotini olib ko'raylik. Kuzatish uslubi vositasida
xaridorlaming joriy davrda va avtomobilb bozoridagi munosabatlari,
ko'nikmalarini baholash mumkin. So'rov uslubida esa aniq bir xaridoming
«yangi jihozlarga» qiziqishlari, ularga qo'yadigan talab va istaklarni
baholash
mumkin.
Eksperiment
uslubida
esa
sinov
tarzida
avtomobillaming kichik
partiyasini bozorda sotib, xaridorlar holatlarini
kuzatish mumkin.
Tadqiqot rejasini ishlab chiqishda uslubiy jihatdan o'zaro bog'liqlik,
aniqlik, takrorlanmaslik, davriy uzluksizlik ta’minlanishi lozim. Tuzilgan
reja mohiyatan quyidagi savollarga javob berishi lozim.
1. Qanday ma’lumotlar to'planishi kerak?
2. Ma’lumotlarni kim to'playdi?
3. Kim va nima xususida izlanish olib borishi lozim?
4. Ma’lumotlarni to'plashda qanday uslublar qo'llaniladi?
5. MaMumotlar qanday shaklda va qanday muddatlarda taqdim
etiladi?
6
. Ma’lumotlarni to'plash qachon va qaerda amalga oshiriladi ?
7. Ma’lumotlarni to'plash uchun qanday xarajatlar ko'zda tutiladi?
Ushbu savollarga javob topish asosida tadqiqot rejasining izchilligi,
mazmunan va mantiqan bog'liqligi ta’minlanadi. Bu o'z navbatida
tadqiqotning keyingi bosqichlarida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan
kamchilik
va xatoliklaming vujudga
kelishiga
yo'l
qo'ymaydi.
Ma’lumotlarni to'plash bosqichi tasdiqlangan reja asosida amalga
oshirilishi bilan bir qatorda texnik vositalar yordamida ulami qayta ishlash,
tayinli tartibga solish vazifasini ham bajaradi. Chunki jamlanadigan
maMumotlar qayerda va qachon amalga oshirilishiga, ulardan samarali
foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e’tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: