K ic h ik bizn es V a X u su siy t a d b ir k o r L ik



Download 5,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/137
Sana27.06.2022
Hajmi5,24 Mb.
#708295
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   137
Bog'liq
Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик Болтабаев М Дарслик 2011

K orp oratsiya 
atamasi lotincha 
« co rp o ra tio n »
so'zidan olingan 
bo'lib, birlashma, hamjamiyat ma’nosini beradi. Korporatsiya yirik 
aksioner jamiyatlar birlashmasi hisoblanib, bir xil mahsulot ishlab 
chiqaruvchilami birlashtiradi. Natijada ishlab chiqarish monopollashadi.
Korporatsiya investitsiya kapitalining markazlashuvini, ilm-fan 
taraqqiyotini, mahsulotning raqobatbardosh bo'lishi va uzoq hayotiy 
davrini ta’minlaydi. Korporatsiyalar tadbirkorlik bilan shug'ullanuvchi 
aksioner jamiyatlarining xohish-ixtiyori bilan paydo bo'ladi. Har bir 
korxona faoliyatini yuritish uchun o'z holicha turli vazifalami, ya’ni:


-xomashyo, materiallar, energiya, uskuna qidirib topish, sotib olish 
va texnologik takomillashtirish;
-mahsulot sifatini oshirish va ishlab chiqariladigan mahsulotni 
yangilash;
-tayyor mahsulotni sotish bo'yicha qator ishlami bajarishi lozim 
bo'ladi.
Bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi bir qancha korxonalar birlashib, 
barcha uchun umumiy korxonalar faoliyatini ta’minlovchi vazifalami 
bajaradigan bir idora, muassasa tuzishni rejalashtirgan. Natijada shunday 
birlashma yuzaga kelganki, unda korxonalar o'z mulki va iqtisodiy 
mustaqilligini saqlagan holda umumiy vazifalami bajarishdan ozod bo'lib, 
mazkur vazifalami bajarish uchun umumiy idora-muassasaga haq 
to' langan.
O 'z tarkibidagi aksiyadorlik jamiyatlari nazorat paketlarini egallash 
bilan korporatsiyalar xolding kompaniyalariga aylanadi.
Xolding iborasi inglizcha «xolding» so'zidan olingan bo'lib, ega 
ma’nosini beradi. 
X o ld in g k om p an iya 
mulk egalari tomonidan bir qancha 
mustaqil aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini nazorat qilish maqsadida 
tashkil etilgan hissadorlik jamiyatidir. Xolding kompaniyasi tarkibiga 
kiruvchi 
aksiyadorlik jamiyatlari 
«aksiyalarining 
nazorat 
paketi» 
kompaniyaning 
ixtiyorida 
bo'ladi. 
Bundan 
maqsad 
aksiyadorlik 
jamiyatlari 
faoliyatlari 
ustidan 
nazorat o'rnatish 
va 
dividendlar 
ko'rinishida foyda olishdir.
Xolding kompaniyalaming mohiyati shundaki, ular biror-bir ishlab 
chiqarish vazifalarini bajarmaydi. Ulaming vazifasi sof boshqaruvchilik, 
ya’ni ishonchli mulk egasi sifatida ularga o'z aksiyalari yoki aksiyalar 
nazorat paketini beruvchi kompaniyalaming faoliyatiga umumiy xo'jalik 
rahbarligini bajarishdan iboratdir. O'zbekiston Respublikasida xolding 
kompaniyalaming huquqiy maqomi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 12- 
oktyabrdagi 398-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom (xoldinglar 
to'g'risidagi Nizom) asosida belgilanadi. Bu Nizomga muvofiq, aktivlari 
tarkibiga boshqa korxonalaming aksiyalar nazorat paketi kiruvchi ochiq 
turdagi aksiyadorlik jamiyati xolding hisoblanadi.
Xolding birlashgan korxonalar, ya’ni xolding aktivlari tarkibiga 
kiruvchi, aksiyalar paketini nazorat qiluvchi korxonalar shu’ba korxonalar 
deb ataladi. Ular mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi. Shu’ba korxona, 
ko'pincha, korxonaning rivojlanib borishi davomida bosh korxona 
(xolding kompaniyasi) tomonidan tashkil etiladi.


Xoldinglar davlatga qarashli yoki xususiy bo'lishi mumkin. Davlat 
xoldingida aksiyalar nazorat paketi davlat mulkiga, shu’ba korxonalar 
aksiyalari esa bosh xolding kompaniyasining mulkiga aylanadi. Shu’ba 
korxonalar o'z majburiyatlari bo'yicha o'zlariga tegishli mulk, shu 
jumladan, asosiy korxona, ya’ni xoldingga tegishli aksiyalar nazorat 
paketining qiymati bilan ham javob beradi. Xolding shu’ba korxona qarzi 
bo'yicha uning ta’sis shartnomasida aytilgan shartlarda javobgar bo'ladi. 
Xolding kompaniyalari ikki turda bo'lishi mumkin:
-moliyaviy xolding;
-aralash xolding.
Moliyaviy xolding faqat maxsus nazorat va boshqaruv maqsadlarida 
tuziladi. Sarmoyasining 50 foizidan ko'pini boshqa emitentlaming 
qimmatli qog'ozlari va boshqa moliyaviy aktivlar tashkil etadigan xolding 
moliyaviy xolding hisoblanadi. Moliyaviy xoldinglar aktivlari tarkibiga 
faqat qimmatli qog'ozlar va boshqa moliyaviy aktivlar, shuningdek 
xoldingni boshqarish apparati faoliyatini ta’minlash uchun bevosita zarur 
mol-mulk kirishi mumkin.
Moliyaviy xoldinglar faqat investitsiya faoliyati bilan shug'ullanish 
huquqiga ega, faoliyatining boshqa turiari bilan shug'ullanishga ruxsat 
berilmaydi . Ular shu’ba korxonalaming ishlab chiqarish va tijorat 
faoliyatlariga aralashish huquqiga ega emas. Moliyaviy xolding vakillari 
faqat shu’ba korxonalaming aksiyadorlari yig'ilishlarida qatnashishi 
mumkin. Ularga kuzatuv kengashi, boshqaruv va shu’ba korxonalarini 
boshqaradigan boshqa organlarga kirishga ruxsat berilmaydi.
Moliyaviy xoldinglar tegishli aksiyalar bilan faqat tashkil qilingan 
qimmatli qog'ozlar bozorida, ya’ni fond birjalarida bitimlami amalga 
oshiradi. Bu talabni bajarmaslik amalga oshirilgan bitimlaming bekor 
qilinishiga sabab bo'ladi.

Download 5,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish