K ibraхimov, Т. Kadirshayev, A. Sobirjonov, N. Mo’minjonov, S. Raхimberdiyev



Download 4,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/141
Sana16.03.2022
Hajmi4,85 Mb.
#496585
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141
Bog'liq
yonilgi quyish shoxobchasida texnik servis korsatish

4.2. YONG’IN ХAVFSIZLIGI. 
 
YOQSHda yong’in xavfsizligi GOSТ 12.1.004, O’zbekiston Respublikasi 
arxitektura va qurilish Davlat qo’mitasi me’yoriy hujjatlari, ―Neft baza va 
avtoyonilg’i quyish shaxobchalarini ishlatishdagi xavfsizlik texnikasi va sanoat 
sanitariyasi qoidalari va YOQSHni ishlatish jarayonida yong’in xavfsizligini 
ta’minlash bo’yicha yo’riqnomalar‖ asosida tartibga solinadi. YOQSHda yong’in 
xavfsizligi yong’inni oldini olish tizimi va yong’in himoyasini uyushtirish yo’li bilan 
ta’minlanishi kerak. 
Yong’inni oldini olish tizimi bu yong’in ro’y berishi ehtimolini yo’q qilishga 
qaratilgan tashkiliy choralar va texnik vositalar majmuasining mavjudligidan 
iboratdir. 
Yong’in ximoyasi tizimi – odamlarga yong’inning xavfli omillari ta’sirining 
oldini olish va undan moddiy zarar ko’rishni chegaralashga qaratilgan tashkiliy 
choralar va texnik vositalar majmuasidir. 
Yong’inni oldini olish va yong’in himoyasi tizimlari GOSТ 12.1.004 ga 
muvofiq har bir YOQSH uchun ishlab chiqilishi kerak. 
YOQSHlarining har birida yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi 
talablar qo’yilishi kerak; yong’in xavfini o’ziga xosligi haqidagi ma’lumotlarni 
hisobga olgan yong’in xavfsizligi qoida va me’yorlari; yong’inni oldini olish va 
yong’in himoyasini muayan usullari; yong’inni oldini olish va yong’in himoyasi 
texnik vositalari miqdori, turi va ularning bajarilishiga doir talablar; yong’inni oldini 
olish va yong’in himoyasi bo’yicha tashkiliy choralar. 
YOQSHlarda avtotransport vositalariga ko’rsatilayotgan xizmatni o’ziga 
xosligi va yong’in xavfsizligini hisobga olib yo’riqnomalar tuzish kerak. Yong’in 
havfsizligi bo’yicha yo’riqnomalarda quyidagilar bo’lishi kerak. 
-
benzin, dizel yonilg’isi yoki gaz maxsulotlarining hamda ishlab chiqarish 
jarayonining yong’in xavfsizligini baholash; 
-
ishchi – xodimlar rioya qiladigan yong’in xavfsizligi talablari; 
-
ishlab chiqarishni o’ta xavfli uchastkalari uchun maxsus talablar va choralar; 


127 
-
yong’in chiqish va avriya xollarida texnologik jixoz yoki uskunani to’xtatish 
va yong’in soqchilarini chaqirish; 
-
yong’in paydo bo’lganda ishchi va xodimlarni vazifalari; 
-
o’t o’chirish vositalarini harakatga keltirish usullari; 
-
maydonni, jumladan binolar, inshoatlar, yong’inga qarshi rezervuarlar va 
yong’in gidrantlariga kelish yo’llarining sarishta turishiga oid talablar; 
-
chekish va ochiq olovni qo’llash taqiqlanganligi to’g’risida talablar. 
YOQSHlarda portlashdan xavfli muhitni sodir etadigan moddalar mavjud ishlab 
chiqarish jarayonlari GOSТ 12.1.010, GOSТ 12.1.044 ga, GOSТ 12.1.011 bo’yicha 
portlashdan xavfli aralashmalar tasnifiga, portlash yong’indan va yong’in bo’yicha 
xavfli ishlab chiqarish korxonalari tasnifiga muvofiq, portlash xavfsizligini 
ta’minlash bo’yicha talablarga ko’ra bajarilishi kerak. 
Ishlab chiqarish jarayonlarida portlash xavfsizligini ta’minlash maqsadida 
portlashdan xavfli dastlabki moddalar parametrlarini, texnologik rejim, YOQSHdagi 
havo tarkibini, texnologik va elektrik jixozlar, uskunalar holatini tekshirib borish 
kerak. 
Ochiq olovni qo’llash va boshqa xavfsizlikni taqiqlovchi joylarda yozuv va 
belgilar bo’lishi kerak. 
AYOQSH ma’muriyati har qaysi toifadagi ishchilarning xizmat doirasidagi 
vazifalarini aniqlovchi, asosiy texnologik jarayonlarni, ta’mirlash va avariyali ishlarni 
olib borish tartibi va texnika xavfsizligi bo’yicha yo’riqnomalarni ishlab chiqishi 
kerak. 

Download 4,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish