129
bunda:
S, L
– planda turgan to’g’ri to’rtburchakli shaklga ega bo’lgan,
yashin-dan
himoyalanayotgan bino yoki inshoatning kengligi va uzunligi, m;
h
– bino yoki inshootning eng katta balandligi, m;
n
– bino yoki inshoat qurilgan joyda 1 km
2
; yer yuzasiga uriladigan o’rtacha
yillik yashin soni, marta.
1 km
2
ga yashin urishining o’rtacha yillik soni va momaqaldiroq faoliyatining
mutassilligi 4.1 – jadvalda keltirilgan.
4.1 – jadval
Yashin urishining o’rtacha soni
Momaqaldiroq
faoliyatining
muttasilligi soat/yil
1 km
2
yer yuzasiga
uriladigan yashinni
o’rtacha
yillik
soni, n
Momaqaldiroq
faoliyatining
muttasilligi,
soat/yil
1 km
2
yer yuzasiga
uriladigan yashinni
o’rtacha yillik
soni, n
10-20
1
60-80
9
20-40
3
80 va undan ko’p
12
40-60
6
-
-
Shakli murakkab bo’lgan bino va inshootlar uchun N hisoblanganda, S va L
uchun bino rejasini to’liq qoplashi mumkin bo’lgan eng kichik to’g’ri to’rtburchak
kengligi (S) va uzunligi (L) qabul qilinadi.
Yashindan himoyalanayotgan bino va inshoatlarni
bevosita yashin urishidan
himoyalanishi, himoyalanayotgan ob’ektga alohida turuvchi sterjenli (metall
tayoqcha) yoki trosli yashin qaytargichlar o’rnatilgan bo’lishi kerak.
YOQSH bino va inshootlarini bevosita yashin urishidan muhofazalash
quyidagi usullardan birida bajarilishi mumkin:
-
SN 305 talablariga ko’ra himoya zonasini ta’minlovchi binolarda o’rnatilgan
yoki alohida turuvchi izolyatsiyalanmagan temir tayoq (sterjenli) va trosli
yashin qaytargichlar bilan: himoyalanayotgan
binoga yoki inshoatga
o’rnatganda har qaysi sterjen yashin qaytargichdan yoki har qaysi trosli yashin
qaytargich ustunidan kamida ikkita tok tarmog’i o’tkazilgan bo’lishi kerak;
-
o’zaro biriktirilgan yerga ulanishlardan foydalanilganda tok tarmog’i binoning
qarama-qarshi tomonlari bo’yicha o’tkazilgan bo’lishi kerak;
-
biroz masofaga cho’zilgan yerga ulanishlar va yerga ulanuvchi tok tarmoqli
konturlardan foydalanilganda ham 25 m dan kam bo’lmagan masofada bino
perimetri bo’yicha o’tkazilgan bo’lishi kerak;
-
nometall tekis tomga yashin qabul qiluvchi to’rni qo’yish
orqali yoki bino va
inshoatning metall tomidan yashin qabul qilgich sifatida foydalanib, yashin
qabul qiluvchi to’r diametri 6-8 mm li po’lat simdan ishlangan bo’lib,
tomga
bevosita yoki yonmaydigan isitgich qatlami yoki gidroizolyatsiya qatlami
130
ostiga qo’yilishi kerak, to’r kataklari maydoni 36 m
2
, to’r tugunlari
payvandlanib ulangan bo’lishi kerak;
-
bino yoki inshoat tomida joylashgan metall elementlar (quvurlar, shamollatish
qurilmalari va h.k.) po’lat tom yoki yashin qabul qilgich to’ri
bilan ulangan
bo’lishi, binoning tomidan yuqoriga chiqib turgan nometall qismlari tom
metalli yoki to’rga ulangan qo’shimcha yashin qaytargichlar bilan
uskunalangan bo’lishi kerak. Yashin qabul qiluvchi to’r yoki tom metalli yerga
ulanishlari bilan tok tarmoqlari bino perimetri bo’ylab kamida har 25
metrda
o’tkazilgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: