Nazorat-o’lchov
asboblari
va
avtomatika
qurilmalarining
ekspluatatsiyasi.
Avtomatika qurilmalari va nazorat-o’lchov asboblarining
ekspluatatsiyasiga O’zbekiston Respublikasi davlat texnik nazorat tashkiloti belgilab
bergan tartibda attestatsiyadan o’tgan xodimlar qo’yiladi. O’lchov vositalarining
121
sozligi va o’z vaqtida davlat tekshirishlaridan o’tkazilishiga YOQSH texnik direktori
mas’uldir.
Metrologik nazorat natijalariga ko’ra ishlatish mumkin deb e’tirof etilgan
o’lchov vositalarigina ekspluatatsiyaga ruxsat etiladi.
O’lchov vositalarining hisobotini olib borish, ularning ishlatish muddati va
portlamaslik xavfsizligi aniqlash, YOQSH farmoyishi bo’yicha tayinlagan metrologik
ta’minot bo’yicha mas’ul shaxsga yuklatiladi.
Avtomatik xavfsizlik, avtomatik sozlash va nazorat-o’lchov asboblari va
qurilmalari ishlab chiqargan zavod yo’riqnomasi talablariga mos keladigan soz
holatda bo’lishi va aniq ko’rsatishlarni ta’minlashi zarur.
YOQSH truboprovodlari va jihozlariga o’rnatilgan avtomatik xavfsizlik,
avtomatik sozlash va nazorat-o’lchov asboblari va qurilmalari bo’yicha quyidagi
ishlar bajariladi:
texnik xizmat ko’rsatish;
ta’mirlash;
sozligi va ko’rsatishlarning to’g’riligini tekshirish;
himoya, blokirovka va xabar berish tizimlarini ishga tushishini tekshirish.
Hisobot olib borish, nazorat, o’z-aro hisoblar, sanoat xavfsizligini ta’minlash,
va atrof muhitni muhofazasini ta’minlovchi o’lchov asboblari va qurilmalarining
majburiy tekshirishdan o’tkazish muddatlari davlat standartlari talablariga asosan
belgilanadi. Majburiy tekshirish muddati o’tib ketgan o’lchov asboblari va
qurilmalarini ishlatish ta’qiqlanadi.
O’lchov asboblari va qurilmalari hamda avtomatik xavfsizlik vositalariga texik
xizmat ko’rsatish me’yori va muddatlari ishlab chiqaruvchi zavod yo’riqnomasi
asosida belgilanadi va keltirilgan tartibda o’tkaziladi.
Yonilg’i-havo
aralashmalarining to’yinish darajasi portlash holatiga
yetayotganligini xabarlovchi asboblarning ishlashini tekshirish ishlab chiqaruvchi
zavod yo’riqnomasi asosida, har chorakda kamida bir marta bajariladi.
O’lchov asboblari va qurilmalari hamda avtomatik xavfsizlik vositalariga
texnik xizmat ko’rsatishni yonilg’i o’tkazish trubalari, rezervuarlar, jihozlar va
elektr asboblariga texnik xizmat ko’rsatish bilan birgalikda o’tkazish tavsiya etiladi.
Ushbu toifadagi asboblarni ochib ko’rish AYOQSH xodimlariga ruxsat etilmaydi.
O’lchov asboblari va qurilmalari hamda avtomatik xavfsizlik vositalarida aniqlangan
nosozliklar AYOQSH texnik rahbariga yetkaziladi va va ularni tuzatish yoki
almashtirish chora – tadbirlari ko’riladi.
O’lchov asboblariga texnik xizmat ko’rsatishda quyidagi ishlar bajariladi:
Asbobni tashqi ko’rikdan o’tkazish;
Elektr va boshqa tarmoq simlarining sozligini tekshirish;
Тamg’alarning butligi (agar bor bo’lsa);
Ekspluatatsiya paytidagi buzilishlarni aniqlash;
Harakatlanuvchi mexanizmlarni moylash;
122
Asboblarda diagramma qog’ozlari, perolarini almashtirish, siyoh yoki
suyuqliklarining sathini tekshirish va zaruriyatga qarab to’ldirish.
Asboblarning ko’rsatkichlarini yozib borish har bir almanishuvda (smenada)
olib boriladi. Тexnik xizmat ko’rsatish hajmiga asboblarni navbatdagi tekshirishlarga
tayyorlab berish ham kiradi.
Avtomatik xavfsizlikni oldini oluvchi va xabar beruvchi vositalarning ishga
tushishini tekshirish kamida har oyda bir marta o’tkazilishi kerak. Тekshirish
natijasidagi olingan qiymatlar ushbu asboblarning ishga tushirishdagi sozlangan
qiymatlariga mos kelishi kerak.
Asboblar, impulsli truboprovodlar va armaturaning jipsligi nazorati yonilg’i
trubalari, texnologik jihozlarning jipsligini tekshirish bilan birgalikda, har oyda
kamida bir marta o’tkaziladi.
Asboblarning joriy ta’miri maxsus ustaxonalarda bajariladi. Yechib olingan
asboblar o’rniga zahiradagi asboblar vaqtincha o’rnatib turiladi.
Joriy ta’mir quyidagi ishlarni o’z ichiga oladi:
Asbobni ko’rikdan o’tkazish, ochish va tozalash;
Harakatlanuvchi tizimni qismlarga ajratish;
Shikastlangan strelka, prujina, trubka, vint, kontakt, diagramma ushlagich,
peroning pishangilarini to’g’rilash yoki almashtirish;
Yeyilgan detallar va oynalarni zaruriyatga qarab yangisiga almashtirish.
Nazorat-o’lchov asboblari joriy ta’mirdan keyin tekshirishdan o’tkazilishi
shart.
Avtomatik xavfsizlik va blokirovkalash vositalarini AYOQSH texnik
rahbarining yozma farmoyiga binoan, ishlarning xavfsizligini ta’minlagan holda,
qisqa muddatga o’chirish mumkin.
Gaz to’planib qolganini xabarlovchi avtomatik asbob ishdan chiqqanda uni
faqat zahiradagi asbobga almashtiriladi. Lekin almashtirilguncha ish smenasi
davomida har 30 daqiqada ishlab chiqarish xonalaridagi gazning to’yinganligi
qo’lda ko’tarib yuriladigan gazoanalizatorlar yordamida tekshirib turiladi.
Qisilgan havo kerak bo’lmaydigan gazlanganlikni xabarlovchilar kuni-tun
ishlab turishi va ulardan signallar operator xonasiga chiqarishi zarur.
Хabarlagichlarning ishga tushib ketish vaqti ishlab chiqaruvchi-zavod yo’riqnomasi
asosida sozlanadi.
Jihoz va gaz trubalariga o’rnatiladigan manometrlar, shunday shkalaga ega
bo’lishi kerak-ki, unda o’lchanadigan ishchi bosim chegarasi shkalaning ikkinchi
uchdan bir bo’lagiga to’g’ri kelishi kerak.
Muhri yoki tamg’asi yo’q, tekshirish muddati o’tgan, shikastlangan,
o’chirilganda strelkasi nol belgisiga ushbu asbob uchun ruxsat etilgan xatolik
qiymatining yarmidan ortiq miqdorga kelmaydigan o’lchash vositalarini ishlatib
bo’lmaydi.
Ko’rsatuvchi manometrlarning siferblati yoki korpusiga, ishchi bosimga mos
keluvchi qiymat bo’yoq bilan belgilab qo’yilishi kerak.
123
Asboblarni mukammal ta’mirida joriy ta’mir ishlari va quyida keltirilgan ishlar
bajariladi:
Asboblarning harakatlanuvchi o’lchash qismlari va alohida birikmalari
to’liq ajratiladi va yig’iladi;
Barcha detallar yuviladi va quritiladi;
O’lchash tizimining kern, tayanch va boshqa detallari almashtiriladi yoki
tiklanadi;
Asbobning sxemasi tekshiriladi, sozlanadi va ko’rsatkichlari barcha o’lchash
doirasida asosiy nuqtalarga keltiriladi;
Armaturasi (qulflar, dastaklar, oshiq-ma’shuqlar, qisqichlar) almashtiriladi
yoki to’g’rilanadi;
Chegara qiymatga o’tkazuvi ulagichlar almashtiriladi yoki to’g’rilanadi,
zarur bo’lsa asbob qaytadan darajalanadi.
Тa’mirdan keyin asbob bo’yaladi va ulanadigan simlar markalanadi.
Nazorat-o’lchov asboblari mukammal ta’mirdan so’ng tekshirishdan
o’tkazilishi shart.
Тexnik xizmat ko’rsatish va reglamentli ta’mir ishlari davriy ravishda rejali
– ogohlantiruvchi tamoyilga asoslangan holda tuzilgan jadvallar asosida
amalga oshiriladi. Elektr o’lchash asboblari uchun joriy ta’mir ishlari yiliga
kamida bir marta, mukammal ta’mir esa – besh yilda kamida bir
marta,o’tkaziladi;
Boshqa asboblar uchun joriy ta’mir 6 oyda kamida bir marta, mukammal – 2
yilda kamida bir marta o’tkaziladi.
Nazorat-o’lchov asboblarini ta’mir va tekshirishga tayyorlash ishlarini maxsus
o’qitilgan xodimlar bajaradi.
Nazorat-o’lchov asboblari va avtomatika qurilmalarini ta’mirlash asosiy
jihozlarni ta’mirlash muddatlariga moslab o’tkazilishi tavsiya etiladi. Тa’mir yoki
tekshirishga yechib olingan asboblar tezlikda o’ziga o’xshagan, shu jumladan
ekspluatatsiya sharoiti ham to’g’ri keladiganlariga almashtirilishi zarur.
Nazorat-o’lchov asboblariga ko’rsatilgan texnik xizmatlar va ta’mir ishlari
qayd jurnalida yozib boriladi (2 – ilova).
Avtomatik xavfsizlik, blokirovkalash va falokatga qarshi vositalarni sozlash va
ta’mirlash gaz to’yinganlik darajasi yuqori holatlarda o’tkazish ta’qiqlanadi.
Nazorat savollari:
1. Yonilg’i quyish vositalarining texnik holatining o’zgarish sabablari nimalardan
iborat?
2.
YOQSH vosita (jihoz)larini ishonchliligining asosiy atama va tushunchalari
nimalardan iborat?
3.
YOQSH vositalariga texnik xizmat ko’rsatish (ТХK), joriy ta’mirlashda (JТ)
bajariladigan ishlarning turlari.
4.
YOQSH vositalaridan foydalanishda uchraydigan asosiy nosozliklar va ularni
bartaraf etish usullari.
124
5.
Rezervuarlarga texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash tartibi qanday?
6.
Yonilg’i miqdorinini o’lchash asboblarini sanab o’ting.
7.
Metrshtoklarning bir necha turlari mavjud?
8.
Yonilg’i sarfini o’lchovchi asboblarga nimalar kiradi?
9.
Bosimning o’zgarish darajasiga asoslangan sarf o’lchagichlar qayerlarda
ishlatiladi?
10.
Neft mahsulotlarining sifatini nazorat qiluvchi vositalarni sanab bering.
11.
Areometr (neftedensimetr) nimani o’lchash uchun ishlatiladi?
12.
YOQSH da ishlatilayotgan o’lchash vositalari davlat tekshiruvidan qachon
o’tkaziladi?
13.
O’lchov asboblariga texnik xizmat ko’rsatishda qanday ishlar bajariladi?
14.
Nazorat-o’lchov asboblarini ta’mir va tekshirishga tayyorlash ishlarini kim
bajaraoladi?
125
Do'stlaringiz bilan baham: |