47
aniqlangan shikastlanishlarni bartaraf etish kerak. So’ngra qurilma baklari dizel
yonilg’isi bilan yuviladi va siqilgan havo bilan yana tozalanadi.
Kompressorni ekspluatatsion chiniqtirish davri 60 soat davom etadi. Bu vaqtda
ayniqsa maxovik, silindrlar bloki kallagi, kallak qopqog’i, haydash trubasi, bosim
sozlagichning mahkamlash uzellarini, bosim sozlagichning bo’shatish mexanizmiga
nippelli birikish joyini diqqat bilan kuzatish lozim. Chiniqtirish tugallangach,
kompressor karteridagi moy almash-tiriladi. Ishlatilgan to’kiladi, kompressorni 3—5
min ishlatib karter yuvish suyuqligi (qovushoqligi past moy, masalan, „Industrial-20"
moyi) bilan yuviladi. Keyin yuvish suyuqligi to’kiladi,
karter esa yangi moy bilan
to’ldiriladi.
Har s m e n a d a g i t e x n i k x i z m a t ish smenasi oxirida ko’rsatiladi. Qurilmani
va uning tarkibiy qismlarini ko’zdan kechirib bekamu ko’stligiga ishonch hosil
kilish, sirtini chang, kir, oqqan
moydan tozalash, asboblarning saqlash oynalarini
artish zarur. Qurilmaning yerga benuqson ulanganligi tekshiriladi.
Moy va havo
sizayotgan joylar bartaraf etiladi. Kompressor ishlayotganda begona shovqin va
taqillashlar bo’lmasligiga, kompressor berilgan eng past va eng yuqori bosimda salt
yurishga o’tkazilishiga ahamiyat berish kerak. Resiver va nam-moy ajratkichdan
kondensat to’kiladi. Kompressor to’xtatilgandan keyin moy sathi o’lchanadi va zarur
bo’lsa, kompressor karteriga qo’shimcha moy quyiladi, yuritish tasmalarining holati
va tarangligi tekshiriladi.
D a v r i y t e x n i k x i z m a t ikki-uch oyda bir marta ko’rsatilib, bunda qator
qo’shimcha amallar bajariladi. Havo tozalagichning
ikkinchi bosqichi kassetalari,
bosim sozlagichining metall-keramik filtri, nam-moy ajratkichning filtrlash elementi,
bak bo’g’izlarining turli filtrlari, vakuum-saqlash qurilmasi va qalqovichli mexanizm
detallari benzinda yuvilib, siqilgan havo bilan quritiladi; havo tozalagichning
ikkinchi bosqichi kassetasi moylanadi va uning kompressor kallagi qopqog’i
tekisligiga germetik tegib turishi tekshiriladi. Bak bo’g’izlari qopqoqlarining, tez
ajraluvchi
muftalarning, tarqatish jo’mraklarining rezina zichlamalari ko’zdan
kechiriladi va zarur bo’lsa, almashtiriladi. Elektr dvigatel va elektr apparatlarga
xizmat ko’rsatishda shkivning dvigatel valiga zich o’tkazilganligi tekshiriladi, zarur
bo’lsa, podshipnikli uzellarga qo’shimcha moy surkaladi, avtomatik o’chirgich,
tugmali boshqarish posti, magnitli ishga tushirgich kontaktlari tozalanadi,
kompressor bir necha bor ishga tushirish va to’xtatish bilan kontaktlarning bir vaqtda
tutashishiga ishonch hosil qilinadi.
M a v s u m i y t e x n i k x i z m a t yiliga ikki marta ko’rsatiladi.
Har smenada
va davriy xizmat ko’rsatishlarda bajariladigan yuqorida keltirilgan barcha amallardan
tashqari, jihozlarning tashqi sirtlari tozalanadi va bo’yaladi, barcha ishqalanuvchi
sirtlardagi
(elektr
dvigatel,
yurish
qismi
g’ildiraklari
va
xokazolar
podshipniklaridagi) moy almashtiriladi. Gidravlik tizim baklari va trubalari olinib,
dizel yonilg’isida yuviladi, so’ngra siqilgan havo bilan tozalanadi. Barcha rezina
buyumlar
obdan tozalanadi, yuviladi, quriguncha artiladi hamda shikastlanganlari
almashtiriladi. Uzoq muddat saqlashga qo’yishda qurilmaning barcha bo’yalmagan
metall qismlariga zangga qarshi NG-203A moyi surkaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: