K I r I sh : Xalqaro tashkilotlar


O'zbekistonning SSSR ni qayta tiklash masalasiga bo'lgan munosabati



Download 98,91 Kb.
bet3/6
Sana31.12.2021
Hajmi98,91 Kb.
#256230
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O'zbekistonning MDH tashkilotidagi ishtiroki va hamkorligi

3. O'zbekistonning SSSR ni qayta tiklash masalasiga bo'lgan munosabati.
1995 yil 27-28 iyun kunlari Rossiya Federasiyasi Xukumati Raisi Viktor Chernomirdinning O'zbekistonga rasmiy tashrifi, Rossiya Federasiyasi tashqi ishlar vaziri, keyinchalik Rossiya Xukumati Raisi bo'lib ishlagan Yevgeniy Primakovning respublikamizga ketma-ket tashriflari, 1998 yil 11-12 oktabr kunlari Rossiya Federasiyasi Prezidenti Boris Yelsinning davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'lishi yoki 1999 yil 10-11 dekabr kunlari Rossiya Xukumati raisi, hozir Rossiya Federativ Prezidenti Vladimir Putinning mamlakatimizga rasmiy tashrifi Rossiyaning O'zbekiston bilan teng xuquqli sherik sifatida hamkorlik qilishga qaratilgan siyosat olib borayotganligidan dalolat berib turibdi.

O'zbekiston hamdo'stlik mamlakatlari ichida Ukraina va Belorus respublikalari bilan ham hamkorlik va do'stona munosabatlar o'rnatishga alohida e'tibor bermoqda. Chunki, bu har ikki davlat ham siyosiy, iqtisodiy va madaniy imkoniyatlari, tarixiy tajriba va zamonaviy taraqqiyot omillari bilan MDH doirasidagi davlatlar o'rtasida katta nufuzga ega.

1994 yil 10 noyabrda Kiyev shahrida O'zbekiston respublikasi bilan Ukraina o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo'nalishlari to'grisida Deklarasiya qabul qilindi. Unga ko'ra O'zbekiston respublikasi bilan Ukraina o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik sanoat (shu jumladan samalyotsozlik, yengil sanoat erengetika, transport, aloqa, qishloq ho'jaligi, mineral homashyo qazib olish va uni qayta ishlash, fan va texnikaning ustivor yo'nalishlarida, shuningdek, turizm va ekologiya sohalarini o'z ichiga oladi. O'sha kuni O'zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o'rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlik to'grisida bitim imzolandi. Unga ko'ra har ikki tomon bir-birini madaniyati bilan tanishish uchun imkon yaratib beradi, O'zbekiston va Ukraina xalqlarining ko'p asrlik va madaniy aloqalariga tayanib, ular o'rtasidagi madaniyat va san'at sohasidagi hamkorlikni bundan keyin ham rivojlantirishga kumaklashadilar, deb ta'kidlandi. Ayni chogda, O'zbekiston respublikasi va Ukraina o'rtasida daromadlar va mulklarga ikki tomonlama soliq solishga yo'l qo'ymaslik to'g'risida ham bitim imzolandi.

O'zbekiston-Ukraina munosabatlari yanada rivojlana bordi. 1995 yil, 20 iyunda Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma davlat tashrifi bilan O'zbekistonga keldi. Durmon qarorgohida bo'lgan uchrashuvda O'zbekiston va Ukraina o'rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki mamlakat rasmiy delegasiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari Xalqlar Do'stligi saroyida davom ettirildi. Bu yerda O'zbek-Ukrain hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish to'g'risida Deklarasiya qabul qilindi. Unda “O'zbekiston Respublikasi va Ukraina o'z munosabatlarini uzoq muddatli umumiy manfaatdorlikka ega do'st davlatlar tarzida rivojlantirishni mo'ljallaydi”, deb yozib quyildi. Shuningdek, muzokaralar davomida O'zbekiston Respublikasi bilan Ukraina o'rtasida iqtisodiy integrasiyani chuqurlashtirish to'g'risida shartnoma imzolandi. Ushbu shartnomaning 1-moddasida “tomonlar iqtisodiy islohotlarni o'tkazish jarayonida harakatlarni muvofiqlashtiradilar, O'zbekiston Respublikasi va Ukrainaning hamma shakldagi mulkchilik ho'jalik sub'yektlari, viloyatlari hamda mintaqaviy tuzilmalari o'rtasida o'zaro foydali iqtisodiy aloqalarning saqlanib qolishi va rivojlanishiga ko'maklashadilar”, deb aniq aytildi.

21 iyun kuni har ikki davlat munosabatlarini yanada yaxshilashga qaratilgan xujjatlar qabul qilingandan so'ng Leonid Kuchma Samarqandga tashrif buyurdi, shaharning diqqatga sazovor joylarini qurdi. Registon maydonida Leonid kuchma o'zbekistonlik bir guruh ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga “Ukraina ozod etilganligining 50 yilligi medali” va esdalik sovg'alarini topshirdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1996 yil 27 may kuni rasmiy tashrif bilan Ozarbayjonga keldi. Prezident Saroyida I.Karimov va Ozarbayjon Prezidenti X.Aliyev o'rtasida yakkama-yakka muloqot bo'ldi, so'ng kengaytirilgan tarkibda muzokaralar boshlandi. Muzokaralar so'ngida ikki mamlakat o'rtasida do'stlik va hamkorlik to'g'risida shartnoma, ikki mamlakat o'rtasida sarmoyalarni o'zaro rag'batlantirish va himoyalash, soliq, bojxona, havo yo'llari, avtomobil va temir yo'llar aloqalari, yuk tashish va boshqalar haqida 20 ga yaqin xujjat imzolandi. I.Karimov Boku Davlat Universitetiga tashrif buyurdi. Bu yerda u talabalar bilan uchrashdi. O'zbekiston davlat rahbariga iqtisodiyot, fan, maorifni rivojlantirishdagi hizmatlari uchun Boku Universiteti doktori degan fahriy unvon berildi.

O'zbekiston respublikasi Prezidenti I.Karimov shu yili 28 may kuni rasmiy tashrif bilan Gruziyaga keldi. Islom Karimov va Gruziya Respublikasi Prezidenti Eduard Shevardnadze o'rtasidagi muzokalarda har ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlar, mintaqaviy va xalqaro vaziyat, MDH doirasidagi hamkorlik bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi. So'ng Prezidentlar ishtirokida kengaytirilgan muzokaralar bo'ldi va unda Trans-Kavkaz yo'lining Gruziyadan o'tadigan qismini jadal barpo etish, uning keng imkoniyatlaridan samarali foydalanish bosh mavzu bo'ldi. Muzokalar nihoyasiga O'zbekiston bilan Gruziya o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish to'g'risida Deklarasiya qabul qilindi, ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy, savdo aloqalariga doir 15 ga yaqin xujjat imzolandi.

1999 yil 8 mart kuni Gruziya Respublikasi Prezidenti Eduard Shevardnadze amaliy tashrif bilan mamlakatimizga keldi. 9 mart kuni Durmon qarorgohida ikki mamlakat davlat rahbarlarining yakkama-yakka uchrashuvi bo'ldi. Unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, iqtisodiy hamkorlik kulamlarini kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik, jahonda yuz berayotgan dolzarb voqealar bilan bog'liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O'zbekiston Respublikasi va Gruziya Respublikasi Prezidentlarining yakkama-yakka uchrashuvi davom etayotgan bir paytda qarorgohning majlislar zalida ikki mamlakat delegasiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari boshlandi. Savdo-iqtisodiy munosabatlarni chuqurlashtirish, transport kommunikasiyasi sohasidagi hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirish bilan bog'liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo'ldi. Ikki mamlakat o'rtasida tovar ayirboshlash hajmi yil sayin ortib borayotgani singari bugungi kunda har tomonlama o'zaro ishonchga asoslangan aloqalar ham tobora rivoj topib, strategik ahamiyat kasb etayotgani muzokaralarda alohida ta'kidlandi. Mehmonlar O'zbekiston ulkan iqtisodiy imkoniyatlar mamlakati ekanini qayd etishdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qiladilar aniq amaliy takliflar ham ishtirokchilar e'tiboriga xavola qilindi.

Muzokaralar nihoyasiga yetgach, amaliy uchrashuvga oid Protokol imzolandi. Xujjatga Islom Karimov va Eduard Shevardnadze imzo chekdilar.

Shundan so'ng Prezidentlarning ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvi bo'ldi. Matbuot anjumanida ikki mamlakatning TRASEKA dasturi doirasidagi ishtirok xususidagi savolga javob berar ekan, mamlakatimiz rahbari Transkavkaz koridori O'zbekiston uchun ulkan ahamiyatga molik, ta'bir joiz bo'lsa, strategik ahamiyat kasb etadigan masala ekanini ta'kidladi. Buyuk Ipak yo'lini tiklash, TRASEKA doirasida bugun amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat savdo-iqtisodiy, balki katta siyosiy ahamiyat ham kasb etadi, dedi Islom Karimov. Birgina o'tgan yili Gruziyaning Poti porti orqali qariyb 725 ming tonna yukning mamlakatimizga tashib keltirilganining o'ziyoq uning beqiyos ahamiyatga ega ekanidan dalolatdir. Zero, Yevropa Ittifoqi tarkibidagi deyarli barcha davlatlar mazkur loyihada bajonidil ishtirok etish istagini bildirayotgani ham bejiz emas.

1995 yil 25-26 may kunlari Islom Karimov MDHga a'zo davlat boshliqlari bilan navbatdagi uchrashuvda qatnashish uchun Minskka keldi. 26 may kuni MDHga a'zo mamlakatlar davlat rahbarlarining Kengashi bo'lib o'tdi. Unda davlatlararo Valyuta qumitasini tuzish, MDH chegaralarini mustahkamlash, iqtisodiy integrasiyani kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi. Ayni paytda xukumat rahbarlari turli soxalarda o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir 20 dan ziyod masalalarni muhokama qildilar.

Istiqlol yillarida O'zbekiston o'zining qat'iy mustaqil taraqqiyot yo'lidan borish, o'zgalarga tahdid qilmaslik, boshqalar suverenitetini hurmat qilish bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligida o'zining munosib va qat'iy nuqtai nazariga ega bo'ldi. Bu qo'yidagilarda namoyon bo'ldi.


Download 98,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish