Falsaviy meros va milliy g'oya Jamiyat hayoti turli-xil g‘oya va mafkuralar bilan bog‘liq holda rivojlanib, o‘zgarib kelgan. Bu holat hozirgi globallashuv davrida ham o‘ziga xos namoyon bo‘lmoqda. G‘oya va mafkuralar maydoni keng jamoatchilik xususan yoshlar ongiga, ishonch va mayillariga o‘zining turli-xil ta’sirini ko‘rsatmoqda. Uning natijasi g‘oya va mafkuralarning maqsadi, mo‘ljallariga hamda insonning ma’naviy dunyosi, ishonchiga bog‘liq. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan ozuqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin”2ligini alohida ta’kidlaydi. Milliy g‘oya tarig‘boti texnologiyalari fanining maqsadi – yoshlarga milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, uni amalga oshirish yo‘llari va sohalari bo‘yicha tushunchalar berish orqali globallashuv jarayonlarida g‘oyaviy mafkuraviy kurash va ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, ishonch va e’tiqodni mustahkam bo‘lishini targ‘ibot texnologiyalariga, targ‘ibotchining faolligiga bog‘liqligini ko‘rsatishdan iborat. U milliy g‘oyani targ‘ibot qilishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni joylarda va interfaol, zamonaviy uslublarda tashkil etishga e’tiborni qaratgan holda, yoshlarning Vatanga mehr-muhabbatlarini, tarixiy-madaniy xotiralarini, milliy-madaniy meros, urf-odatlar va an’analarimizga tayanib, turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga, o‘zlikni anglashiga alohida e’tibor berishni taqazo etadi. - Milliy g‘oya tarig‘boti texnologiyalari fanining maqsadi – yoshlarga milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari, uni amalga oshirish yo‘llari va sohalari bo‘yicha tushunchalar berish orqali globallashuv jarayonlarida g‘oyaviy mafkuraviy kurash va ma’naviy tahdidlarning oldini olishda milliy g‘oya negizlari va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat, ishonch va e’tiqodni mustahkam bo‘lishini targ‘ibot texnologiyalariga, targ‘ibotchining faolligiga bog‘liqligini ko‘rsatishdan iborat. U milliy g‘oyani targ‘ibot qilishning yangi texnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutadi. Amaliy mashg‘ulotlarni joylarda va interfaol, zamonaviy uslublarda tashkil etishga e’tiborni qaratgan holda, yoshlarning Vatanga mehr-muhabbatlarini, tarixiy-madaniy xotiralarini, milliy-madaniy meros, urf-odatlar va an’analarimizga tayanib, turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash madaniyatini shakllantirishga, o‘zlikni anglashiga alohida e’tibor berishni taqazo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |