27
yunon alifbosidagi θ («teta») hozirgisida «fita» (θ - ingliz tilidagi
th singari o‘qiladi); qadimgi
yunon alifbosidagi μ («myu») hozirgisida «mi»; qadimgi yunon alifbosidagi ν («nyu»)
hozirgisida «ni»; qadimgi yunon alifbosidagi τ («tau») esa hozirgisida «taf» bo‘ladi.
Shuningdek, ayrim g‘arbiy yevropa tillarida, xususan, ingliz, fransuz va nemis tillarida,
qadimgi yunon alifbosidan o‘zlashgan υ («ipsilon») harfi, hozirda «igrek» (ya’ni,
yunonchadagi
u) harfiga aylanib ketgan.
Insoniyat ilmiy taraqqiyoti tarixida muhim o‘rin tutuvchi yunon alifbosidagi bunday
muhim o‘zgarishlari
haqida gap ketganda, bir ajoyib hikoyani eslamaslikning iloji yo‘q.
XV-asr o‘rtalarida Gollandiyalik Erazm Rotterdamskiy (1469-1536) hamda, nemis
faylasufi Iogann Reyxlin (1455-1522) orasida, yunon alifbosidagi ayrim harflarning o‘qilishi
va talaffuziga oid keskin munozara yuzaga kelgan edi. Reyxlin, qadimgi yunon madaniyatiga
oid manbalardagi katta va kichik
β harflarini ham hozirgi yunonlar alifbosidagi singari «v» (
ve)
tarzida o‘qish kerak deb hisoblar edi. U shuningdek, qadimgi yunon qo‘lyozmalaridagi η
harfini ham, zamonaviy yunon alifbosidagi singari «i» tarzida o‘qish kerak deb ta’kidlagan.
Erazm esa, ushbu harflarni mos ravishda «beta» va «eta» deb atash va «b» hamda «e» tarzida
o‘qish kerak deb ta’kidlagan. Shunga ko‘ra, Erazm tarafdorlarini olimlar «
etachilar» deb atay
boshlashgan. Lingvistika fani hali fan sifatida shakllanmagan paytlar bo‘lgan bu zamonda,
ushbu bahsda kim haq va kim nohaq ekanini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. Hikoya
qilinishicha, Erazm o‘zining haq ekanini isbotlash uchun ajoyib bir misol keltirgan va Reyxlin
dog‘da qoldirgan. U, qadimgi yunon hazil-mutoyiba ustasi Kratin (er. avv. VI-V asrlar)
qalamiga mansub bir she’rning qo‘lyozma nusxasini topib kelib Reyxlinga tutqazgan ekan.
She’rda esa Kratin qo‘ylar podasining tog‘ yaylovidan shaharga tushib kelayotganini
ifodalagan misralar bo‘lib, unda qo‘ylarning ma’rashi ham qalamga olib o‘tilgan. Satrlarning
birida qo‘ylar «
βηη... βηη...» deb ma’rashgani yozilgan edi. Erazm Reyxlinga yuzlanarkan,
«
odamlardan farqli o‘laroq, o‘tgan ming yillik davomida, qo‘ylar o‘z tovushlarini
o‘zgartirishmagan» - degan ekan. Haqiqatan ham, agar Reyxlinning mantig‘iga tayanadigan
bo‘lsak, Kratin she’ridagi qo‘ylar «
βηη... βηη...» deyishganda, «bee...bee» emas, balki,
«vii...vii...» - deyishgan bo‘lardi .
Do'stlaringiz bilan baham: