K I m y o ki my oga oi d atama lar etimilo gi ya si



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/118
Sana28.09.2021
Hajmi2,13 Mb.
#187364
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118
Bog'liq
Kimyoga oid atamalar etimologiyasi

Vismut    
Bu so‘z nemis tilidagi wiße masse so‘zining buzib talaffuz qilinishidan yasalgan bo‘lsa 
kerak  degan  taxmin  bor.  Tarjima  qilinganda  «oq  massa»  degan  ma’noni  beruvchi  ushbu 
nemischa jumla bilan olmonlar, odamlarga qadimdan yaxshi tanish bo‘lgan, lekin, hech qanday 
amaliy maqsadlarda qo‘llanilmagan oq tusli sof vismut bo‘laklarini nomlashgan.  
Nemis, Norvegiya, hamda, fin tillarida vismutni deyarli bir xil, ya’ni, «vismut» tarzida 
talaffuz qilinadi (ularning yozilishi biroz farq qiladi xolos, masalan, nemis tilida u wismut, fin 
tilida esa vismitti deb  yoziladi, norveg tilida esa  vismut bo‘laveradi). Biroq, boshqa  yevropa 
tillarida  ushbu  element  nomi  v  harfi  bilan  emas,  balki,  b  harfi  bilan  boshlanadi  va  shunga 
muvofiq talaffuz qilinadi. Chunonchi, inglizcha, fransuzcha va Daniya tilida bismuth, portugal 
va ispan tillarida  bismuto, golland tilida  bismut, polyak tilida  bizmut va latish tilida  bismuts 
bo‘ladi. Yunon tilidan kelib chiqqan ko‘plab ismlarda ham b va v undoshlarining bir-biri bilan 
almashinishi  uchrab  turadigan  holat  ekanini  inobatga  olsak,  vismut  nomidagi  ushbu  jihatga 
hayron  qolmasa  ham  bo‘laveradigandek  ko‘rinadi.  Masalan,  Vizantiyani  yunon  tilida 
Byzantium deyiladi; Livan – Lebanon, Liviya – Lybia, Varfolomey – Bartholomew, varvar – 
barbar  va  ho  kazolar  shular  jumlasidandir.  Lekin,  vismut-bismuth  juftligida  shunga  e’tibor 
berish kerakki, vismut atamasi yunon tilidan emas, balki, nemis tilidan kelib chiqqan.  
Shunga qaramay,  yunon tili va alifbosidagi  yuqorida tilga olib  o‘tilgan  o‘ziga xoslik 
yuzasidan muhim bir ma’lumotni qayd etib o‘tish joiz. Birinchida, lotin alifbosi va shuningdek 
kirill alifbosi ham avvalboshda aynan yunon alifbosi asosida shakllangan. Shuningdek, yunon 
alifbosining  o‘zida ham, uzoq asrlar davomida  β harfining talaffuzi  ham  keskin  o‘zgarishga 
yuz tutgan. Biz ilm-fanda β-nurlanish, β-burchak kabi jumlalarda odatda bu harfni «beta» deb 
talaffuz qilamiz. Albatta bu to‘g‘ri. Faqat u qadimgi  yunon alifbosi nuqtai nazaridan to‘g‘ri. 
Hozirda,  yangi  yunon  alifbosida  esa  bu  harf  «beta»  emas,  balki,  «vita»ga  aylangan!  Ya’ni, 
yangi zamon yunon alifbosida β harfi «v» tarzida o‘qiladi. Biz ilmiy adabiyotlarda ko‘p duch 
keladigan  o‘sha  β  «beta»dan  tashqari,  hozirgi  yunon  alifbosi  va  qadimgi  yunon  alifbosida 
quyidagi  nomuvofiqliklar  borligini  ham  bilib  qo‘ygan  yaxshi:  qadimgi  yunon  alifbosidagi  ζ 
(«dzeta») hozirgisida «zita»; qadimgi yunon alifbosidagi η («eta») hozirgisida «ita»; qadimgi 


27 
 
yunon alifbosidagi θ («teta») hozirgisida «fita» (θ - ingliz tilidagi th singari o‘qiladi); qadimgi 
yunon  alifbosidagi  μ  («myu»)  hozirgisida  «mi»;  qadimgi  yunon  alifbosidagi  ν  («nyu») 
hozirgisida  «ni»;  qadimgi  yunon  alifbosidagi  τ  («tau»)  esa  hozirgisida  «taf»  bo‘ladi. 
Shuningdek,  ayrim  g‘arbiy  yevropa  tillarida,  xususan,  ingliz,  fransuz  va  nemis  tillarida, 
qadimgi  yunon  alifbosidan  o‘zlashgan  υ  («ipsilon»)  harfi,  hozirda  «igrek»  (ya’ni, 
yunonchadagi u) harfiga aylanib ketgan.  
Insoniyat  ilmiy  taraqqiyoti  tarixida  muhim  o‘rin  tutuvchi  yunon  alifbosidagi  bunday 
muhim o‘zgarishlari haqida gap ketganda, bir ajoyib hikoyani eslamaslikning iloji yo‘q. 
XV-asr  o‘rtalarida  Gollandiyalik  Erazm  Rotterdamskiy  (1469-1536)  hamda,  nemis 
faylasufi Iogann Reyxlin (1455-1522) orasida, yunon alifbosidagi ayrim harflarning o‘qilishi 
va talaffuziga oid keskin munozara yuzaga kelgan edi. Reyxlin, qadimgi yunon madaniyatiga 
oid manbalardagi katta va kichik β harflarini ham hozirgi yunonlar alifbosidagi singari «v» (ve
tarzida  o‘qish  kerak  deb  hisoblar  edi.  U  shuningdek,  qadimgi  yunon  qo‘lyozmalaridagi  η 
harfini ham, zamonaviy yunon alifbosidagi singari «i» tarzida o‘qish kerak deb ta’kidlagan. 
Erazm esa, ushbu harflarni mos ravishda «beta» va «eta» deb atash va «b» hamda «e» tarzida 
o‘qish kerak deb ta’kidlagan. Shunga ko‘ra, Erazm tarafdorlarini olimlar «etachilar» deb atay 
boshlashgan.  Lingvistika  fani  hali  fan  sifatida  shakllanmagan  paytlar  bo‘lgan  bu  zamonda, 
ushbu  bahsda  kim  haq  va  kim  nohaq  ekanini  aniqlashning  imkoni  bo‘lmagan.  Hikoya 
qilinishicha, Erazm o‘zining haq ekanini isbotlash uchun ajoyib bir misol keltirgan va Reyxlin 
dog‘da  qoldirgan.  U,  qadimgi  yunon  hazil-mutoyiba  ustasi  Kratin  (er.  avv.  VI-V  asrlar) 
qalamiga  mansub  bir  she’rning  qo‘lyozma  nusxasini  topib  kelib  Reyxlinga  tutqazgan  ekan. 
She’rda  esa  Kratin  qo‘ylar  podasining  tog‘  yaylovidan  shaharga  tushib  kelayotganini 
ifodalagan misralar bo‘lib, unda qo‘ylarning ma’rashi ham qalamga olib o‘tilgan. Satrlarning 
birida  qo‘ylar  «βηη...  βηη...»  deb  ma’rashgani  yozilgan  edi.  Erazm  Reyxlinga  yuzlanarkan, 
«odamlardan  farqli  o‘laroq,  o‘tgan  ming  yillik  davomida,  qo‘ylar  o‘z  tovushlarini 
o‘zgartirishmagan» - degan ekan. Haqiqatan ham, agar Reyxlinning mantig‘iga tayanadigan 
bo‘lsak,  Kratin  she’ridagi  qo‘ylar  «βηη...  βηη...»  deyishganda,  «bee...bee»  emas,  balki, 
«vii...vii...» - deyishgan bo‘lardi . 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish