Fransiy
Fransiy elementiga ushbu nom rasman 1946-yilda tasdiqlangan. Element o‘zi esa 1939-
yilda Parijdagi Radiy Institutida olima Margarita Katrin Perey (1909-1975) tomonidan kashf
qilingan edi. Yaqqol ko‘rinib turibdiki, elementga olima o‘z vatani – Fransiyaning nomini
bergan.
Lyutetsiy
Fransiya mamlakati bilan bog‘liq nomga ega yana bir element. Uni dastavval oksid
shaklida 1907-yilda farang kimyogari Jorj Urben (1872-1938) ochgan. Element nomi esa Parij
shahrining qadimgi nomi – Lyutesiya bilan bog‘liq. Lyutesiya - gall qabilalarining asosiy
shahri bo‘lgan va u yerda parizi deb nomlangan elat yashagan. Qadimgi lotin tilidagi
manbalarda shahar Lutetia Parisorum degan nom bilan qayd etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |