Talaba bilishi kerak:
Ma’muriy buyruqbozlik, totalitar tuzum, YaIS (NEP), harbiy kommunizm siyosati, mustaqillik.
Talaba amalga oshirishi kerak.
-mavzuni mustaqil o’rganadi;
-muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
-ma’lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko’rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni o’rganadi;
-ma’lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi:
Talaba ega bo’lmog’i kerak:
-taqdimot ko’nikmalariga;
-muammoli holatlar tahlil qilish ko’nimalariga.
Manbalardan foydalanish uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Karimov I. Tarixiy xotirasiz-kelajak yo’q. T.: Sharq, 1998.
2.Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. T.:Ma’naviyat, 2008.
3.Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.:O’zbekiston, 2011
4.Karimov I.A. Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo’lida. 21 jild. T.: O’zbekiston, 2013.
5.Usmonov Q va boshqalar. O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. 2 kitob.T.: Sharq, 2000.
6.Shamsutdinov R. O’zbekistonda quloqlashtirish siyosati va uning oqibitlari T.: Sharq, 2000.
7.Usmonov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi. T.: moliya-iqtisod, 2006.
Texnologik xususiyatlardan kelib chiqqan holda keysning tavsifnomasi:
Ushbu keysning asosiy manbai kabinetli, lavhasiz bo’lib variant davriy ketma-ketlikda, ya’ni o’tgan asarning 20 yillarining to 1991 yilgacha bo’lgan davr bayon etilgan. Keysning asosiy ob’yekti siyosiy holatga yo’naltirilgan. Bu tashkiliy auditoriya keysi bo’lib, ma’lumotlar vaziyatlar va savollar asosida tuzilgan. Hajmi o’rtacha,tizimlashtirilgan bo’lib, mavzu bo’yicha bilim va ko’nikmalar hosil qilishga qaratilgan.
Ushbu keysdan “Milliy istiqlol g’oyasi”, “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fanlarida foydalanishi mumkin.
K I R I Sh
“Sovetlar daridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari” mavzusi O’zbekiston tarixi fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo’yicha amaliy mashg’ulotda Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Sovetlar davrida mamlakatimiz har tomonlama chuqur inqiroz holatiga tushib qolgan edi. Qayta qurish deb boshlangan quruq kompaniya Prezident I.Karimov ta’biri bilan aytganda, «hamma yoqni buzib, baqir-chaqir, o’g’rilik, qotillikni kuchaytirdi». Shunday qiyin vaziyatlarda xalqimiz sobit qadamlik, yurtboshimiz tomonidan olib borilgan oqilona va odilona siyosat tufayli barcha qiyinchiliklarni yengib o’tdi.
Insoniyat taraqqiyotida, shu jumladan, mamlakatimiz hayotida bugungi kunda tarixiy evrilishlar ro’y bermoqda. Bugungi davr yoshlarni istiqlolni mustahkamlashga hissa qo’shish ruhida tarbiyalash, xalqimizning msutabid tuzum davrida og’ir mehnati mohiyatini anglash va doimo xalqimizning bunyodkorlik ishlariga hurmatda bo’lish tuyg’usini shakllantirish maqsadida O’zbekiston tarixi fanida sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlik, uning salbiy oqibatlari xususida ko’proq ma’lumotlar berish joiz. Toki, ular bugungi tinch osuda hayotimiz mashaqqatli va tinimsiz mehnat evaziga bunyod bo’lganligini anglab yetsin. Ana shu xususiyatlar Keysga asoslangan o’qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi. Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o’rganilgan o’quv mavzusi bo’yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va qirralarni yakka tartib va guruhlarda qabul qilish ko’nikmalarini egallashga, ijodiy va o’rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni mustaqil qabul qilishga va o’z-o’zini nazorat qilishga yordam beradi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo’yicha talaba-yoshlar mustabid tuzum davri va bu davrda barcha sohalardagi chuqur inqiroz holati haqida bilim va tushunchalarga ega bo’lishlari zarur.
Tavsiya etilgan keyisni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi:
-
O’zlashtirilgan mavzu bo’yicha bilimlarni mustahkamlash;
-
Muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy tahlilida bilim va ko’nikmalarni qaya topshirish;
-
Mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
-
Mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko’nikmalarini egallash;
-
O’quv axborotlarini o’zlashtirish darajasini tekshirib ko’rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |