K e y s o’zbekiston tarixi fanidan “Sovetlar davridagi iqtisodiy va ma’naviy qaramlikning oqibatlari” mavzusi bo’yicha Keys stadi


Fashizmni tor – mor keltirishda O’zbekiston xalqining qo’shgan hissasi



Download 123,46 Kb.
bet4/22
Sana11.01.2017
Hajmi123,46 Kb.
#224
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2.Fashizmni tor – mor keltirishda O’zbekiston xalqining qo’shgan hissasi.

1939 yilda boshlangan ikkinchi jaxon urushi sababli vujudga kelgan xalqaro vaziyatga SSSR bilan birga O’zbekiston ham tortildi. Xalqimizning botir farzandlari «kichik urushlar» urushlar deb nom olgan Xalxingol, Hasan ko’li, Finlyandiya urushlarida ishtirok etganlar.

1941 yil 22 iyun kuni gitlerchilar Germaniyasining SSSR ga to’satdan qilgan hujumi o’zbek xalqining ham tinchini buzib, qalbini nafratga to’ldirdi. O’tkazilgan miting vag yig’ilashlarda ariza bergan ko’ngillilar soni dastlabki oylardayoq 32 mingdan ko’proqni tashkil etdi.

Front orqasini mustahkamlash, xalq xo’jaligini qayta qurib, harbiy izga tushirish mamlakatni yagona harbiy lagerga aylantirishga doir umumiy dasturning eng muhim tarkibiy qismi bo’ldi.Bu dasturni amalga oshirishda O’zbekiston qizil Armiyaning front orqasidagi mustahkam bazasiga aylandi. O’zbekiston g’arbdan keltirilgan 100 dan ortiq korxonalarni qabul qilib oldi va bu zavodlar xalqimizning fidokorona mehnati bilan qisqa vaqt ichida mahsulot bera boshladi. «Rosselmash», «Krasnыy Aksay», «Moskva», «Pod’yemnik» va «Elektrostanok» shular jumlasidandir. «Tashselmash» zavodi, Chirchiq elektrokimyo zavodi va boshqa respublika sanoati korxonalari ham front ehtiyoji uchun ishlay boshladi.

O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalari aholi va moddiy resuslarni safarbar qilish va jangovar tayyor holga keltirishda O’rta Osiyo harbiy okrugi muhim rol o’ynaydi. Bir yarim yil ichida okruk 109 qo’shilma tuzdi. O’zbekiston mehnatkashlari milliy harbiy qo’shilma tuzish tashabbusi bilan chiqdilar. 1941 yil noyabridan 1942 yil martigacha O’zbekistonda 14 ta milliy brigada, jumladan, 9 ta alohida o’qchi brigada, 5 ta otliq diviziya tuzildi. Urush yillarida bir million to’rt yuz ming o’zbekistonliklar frontlarda jang qildilar. Ulardan to’rt yuz ellik ming kishi qaytib kelmagan. Urushning dastlabki kunlarida Respublika mudofaa fondiga 30 mln. so’m miqdorda pul to’plandi. Qisqa vaqt ichida O’zbekiston xalq xo’jaligi harbiy izga o’tkazildi. Butun xalq, jamiki moddiy resuslar vatan himoyasiga sarf qilindi.

S.Rahimov, M.Topivoldiyev, R.Abzalov, O.Rahimov, X.Aminov, Q.Turdiyev, Nazar Rajabov kabi o’zbekistonliklar jangovor jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga svzovor bo’lgan bo’lsalar, butun O’zbekiston ahli xalq xo’jaligi frontida yuksak jasorat namunalarini ko’rsatdilar. 280 dan ortiq o’zbekistonliklar frontdagi jasoratlari uchun Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga, minglab jangchilarimiz esa urush yillari ta’sis etilgan orden va medallarga o’z jasurliklari sababli sazovor bo’ldilar.

Mamlakatning turli rayonlaridan ko’chirib keltirilgan aholini O’zbekistonda hurmat-ehtirom va g’amxo’rlik bilan kutib olindi. Bu yerga bir millionga yaqin odam, jumladan, 200.000 bola ko’chirib keltirildi. O’zbekistonda ular boshpana va mehr topishdi. Ularga 135 ming kvadrat metrdan ko’proq turar joy berildi, ularni ishga joylashtirish yuzasidan doimiy ish olib borildi. O’zbekiston aholisi o’zining so’nggi burda nonni, kiyim-kechagini, turar joyini ko’chib kelganlar bilan birgalikda baham ko’rdi. 15 nafar yetim bolani farzandlikka olgan Shomahmudovlar oilasining nomi butun jahonga ma’lum. Bu xalqlar do’stligining buyuk namunasi bo’lib, xalqlarni bir-biriga yaqinlashtirsa-da, bu yillarda milliy siyosatda kechirib bo’lmaydigan xatolarga ham yo’l qo’yildi. 1943-44 yillarda qalmiqlar, qrim tatarlar, chechenlar, ingushlar, nemislar, qorachoylar, mesxeti turklari o’zlarining tarixiy vatani va doimiy joylaridan mamlakatning sharqiy rayonlariga ko’chirib yuborildi. O’zbekistonga 15 mingdan ortiq qrim tatarlar, 175 ming chechenlar, 157 ming ingushlar va boshqa xalqlar ko’chirib keltirildi. Urush yillarida va undan keyin omon qolgan harbiy asirlarning ham ahvoli og’ir kechdi.

Ma’muriy buyruqbozlik tizimining urush yillaridagi xunuk ko’rinishlaridan biri «talofatlar bilan hisoblashib o’tirmay, har qanday qilib bo’lsa ham harbiy maqsadlarga erishish zarur» degan prinsip bo’ldi. G’alaba nihoyatda qimmatga tushdi. Sovet kishilarining 27 millionga yaqin nafari urushning alangayu otashida halok bo’ldi. 18 milliondan ortiqroq jangchilar yarador bo’ldilar. Ularning ko’pchiligi mehnat qobilyatlarini yo’qotib, nogiron bo’lib qolishdi.

Yurtboshimiz aytib o’tganlaridek, bu urush kimlar tomonidan qanday maqsadlarda, qayerlarda bo’lib o’tganligidan qat’iy nazar, unda o’zbekistonliklar qatnashib, o’z oilasi, bola-chaqasi, ota-onasi, muborak zaminni himoya qildilar. Ularning jasorati hech qachon unutilmaydi.


Download 123,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish