K. A. Tursunmetov V bob. "Nisbiylik nazariyasi", VI bob. "Kvant fizikasi"



Download 2,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/130
Sana30.05.2022
Hajmi2,71 Mb.
#619689
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130
Bog'liq
11-sinf-Fizika-darslik

27-
mavzu.
 yorug‘lik dispErsiyasi. spEktral analiZ
Turli xil jismlar va moddalarning rangi haqidagi savol insonlarni qadimdan 
qiziqtirib kelgan. Nima sababdan Quyosh ufqqa botayotganda qizarib botadi? 
Nima sababdan kamalak hosil bo‘ladi? Yorug‘lik ayrim minerallardan 
o‘tganida ular nima sababdan rangli tovlanadi? kabi savollarga javobni 
nyuton zamoniga kelibgina javob topish mumkin bo‘ldi. 1666-yilda i.nyuton 
o‘zi o‘tkazgan tajribasi haqida quyidagilarni yozadi: “Men turli shakldagi 
optik shishalarga ishlov berish vaqtida rang to‘g‘risidagi ma’lum hodisalarni 
tekshirish uchun uchburchak shisha prizmani tayyorladim. shu maqsadda men
xonamni qorong‘i qildim va quyosh nurining tushishi uchun deraza darchasida 
juda kichik teshik yasadim. shu teshikka men prizmani undan singan nur 
devorga tushadigan qilib joylashtirdim. shunday usulda olingan xilma-xil va 
kuchaytirilgan ranglarni ko‘rish va kuzatish menda katta qiziqish hosil qildi”. 
Yorug‘lik prizma orqali o‘tganda paydo bo‘lgan har xil ranglar to‘plamini 
nyuton 
spektr 
(lotincha spektrum – ko‘rish) deb atadi (4.20-rasm).
qizil
zarg‘aldoq
sariq
yashil
havorang
ko‘k
binafsha
T
P
E
4.20-rasm.
nyuton tirqishni qizil rangli shisha bilan berkitganda devorda faqat 
qizil rangli dog‘ni, yashil rangli shisha bilan berkitganda faqat yashil dog‘ 
bo‘lishini kuzatadi. Bunda u ularning sinishini ham o‘rganadi va har xil 
ranglar turlicha sinishini payqaydi.
Masalan, qizil rang boshqalariga nisbatan kam sinsa, binafsha rang esa 
hammasidan kuchli sinadi.
nyuton buning sababini bilmaydi. lekin bu tajriba oq rang, murakkab 
rang ekanligini ko‘rsatadi. U asosan yettita rangdan iborat ekan: qizil, 


99
zarg‘aldoq, sariq, yashil, zangori, ko‘k va binafsha. Oq rangning murak-
kabligini isbotlovchi nyutonning yana boshqa tajribalari bor. 1.nyuton 
doira olib, uni sektor tarzida asosiy yettita rangga bo‘yab qo‘yadi. Bu doira 
dvigatelning aylanish o‘qiga mahkamlanadi. aylanishning ma’lum bir 
tezligida rangli doira oq bo‘lib ko‘rinadi.
4.21-rasm.
2. agar birinchi prizmadan o‘tib, 
ranglarga ajralgan yorug‘lik yo‘liga 
birinchi prizmaga nisbatan 180º ga buril-
gan prizma qo‘yilsa, bu prizma yig‘uv chi 
linza vazifasini bajaradi. Un dan chiqqan 
yorug‘lik dastasi to‘plangan nuqtasida oq 
rangda bo‘ladi (4.21-rasm).
nyutonning kashf etgan bu hodisasi 
yorug‘lik dispersiyasi (lotincha disperge – 
so 
chib tashlash) degan nom oldi. 
shunday qilib, nyuton Quyoshdan keluvchi oq nur barcha rangli nurlarning 
yig‘indasidan iborat ekanligini isbotlaydi. Quyosh nurlari ostida narsa va 
predmetlarning turli rangda ko‘rinishiga sabab, ular ayrim ranglarni yutishi, 
ayrimlarini esa qaytarishidir. abso lut qora jism barcha nurlarni yutadi, oq 
jism esa qaytaradi.
Yorug‘likning to‘lqin nazariyasiga ko‘ra, yorug‘lik – fazoda juda katta 
tezlik bilan tarqaluvchi to‘lqinlardir. Uning rangi, chastotasiga bog‘liq.
Yorug‘lik to‘lqinlarining to‘lqin uzunligi juda kichik. Masalan, qizil nur 
eng katta to‘lqin uzunligiga ega bo‘lib, uning qiymati λ
q
= 7,6 · 10
–7
m ga teng. 
eng kichik to‘lqin uzunligi binafsha nurga tegishli bo‘lib, uning kattaligi 
λ
b
= 3,8 · 10
–7
m. Boshqa nurlarning to‘lqin uzunligi ularning oralig‘ida 
yotadi.
1873-yilda ingliz olimi J.Maksvell yorug‘likning 
c
= 3 · 10
8
m/s tezlik bilan 
tarqaladigan elektromagnit to‘lqinlardan iborat ekanligini nazariy jihatdan 
isbotlaydi. Bu nazariyani h.hertz tajribada tasdiqlagani sizlarga ma’lum.
Bir muhitdan ikkinchisiga yorug‘lik o‘tganida uning to‘lqin uzunligi 
o‘zgaradi, lekin chastotasi o‘zgarmaydi. Bizga ma’lumki to‘lqin tezligi 


uning uzunligi λ va chastotasi 
v
o‘zaro quyidagicha bog‘langan:

 = 
λ
v. 


100
Bundan muhitda turli rangga ega bo‘lgan nurlarning turli tezlik bilan 
tarqalishi kelib chiqadi. agar muhitning nur sindirish ko‘rsatkichi 
n
ning 
yorug‘likning vakuumdagi tarqalish tezligi 
c
va muhitdagi tarqalish tezligi 
v
bilan bog‘liqligi (9-sinfdan eslang).
 
п
= 
ni hisobga olinsa, muhitning nur sindirish ko‘rsatkichi turli nurlar uchun 
turlicha bo‘lishi kelib chiqadi.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish