18
Maydondagi elektron (manfiy zaryad)ning harakatini aniqlashda, to‘rtta
barmog‘imizni tok yo‘nalishiga qarama-qarshi holatda joylaymiz.
Bunda
elektronga ta’sir qiluvchi lorens kuchi chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi (1.16-
rasm). agar zaryadli zarra magnit induksiya chiziqlari bo‘ylab harakatlansa,
unga magnit maydon tomonidan kuch ta’sir qilmaydi.
q >
0
elektron
proton
s
n
1.15-rasm.
1.16-rasm.
1.17-rasm.
F
→
L
R
q
endi zaryadli zarraning harakatiga
Lorens
kuchining ta’sirini qarab chi qamiz.
Zarra bir
jinsli magnit maydon kuch chiziqlari yo‘na-
lishiga tik uchib kirayotgan bo‘lsin (1.17-rasm).
U holda zarra tezligi yo‘nalishi bilan induksiya
chiziqlari orasidagi burchak 90
°
ga teng bo‘lib,
zarraga ta’sir qilayotgan lorens kuchi maksimal
bo‘ladi. lorens
kuchi magnit maydonda
harakatla
nayotgan zarra
ning harakat yo‘nali-
shiga pеrpеn diku lar yo‘nalganligi uchun u markazga intilma kuch vazifasini
bajaradi. natijada zaryadli zarraning harakat yo‘nalishi o‘zga rib, harakat
trayektoriyasi egrilanadi. lorens
kuchi ish bajarmaganligi bois, zarraning
harakat tezligi ham o‘zgarmaydi. Demak, zarra aylana bo‘ylab tеkis
harakatlanishni davom ettiradi.
Aylana bo‘ylab harakatda yuzaga kеlgan
markazdan qоchma kuchning
son qiymati Lorens kuchiga tеng bo‘ladi, ya’ni:
=
q
u
B.
(1.6–4)
Binоbarin, magnit maydоndagi zaryadli zarraning harakat trayеktо riyasi
aylanadan ibоrat bo‘lib, uning radiusini quyidagi ifoda orqali aniq laymiz:
R =
.
(1.6–5)
19
Demak, zarra trayektoriyasining egrilik radiusi uning massasi
bilan
tezligi
ning ko‘paytmasiga to‘g‘ri, zaryadi bilan magnit maydon
induksiyasining ko‘paytmasiga esa teskari proporsional ekan.
Zarraning to‘liq bir marta aylanishi uchun ketgan vaqtni, ya’ni
aylanish
davrini aniqlaylik. Buning uchun zarra bir marta to‘liq aylangandagi yo‘lni
(aylana uzunligi 2π ·
R
) zarraning (
) tezligiga bo‘lamiz:
T
=
. (1.6–6),
(1.6–5) ifodadan foydalanib (1.6–6) ifodani quyidagi ko‘rinishda yozamiz:
T =
2π
. (1.6–7)
Zarraning aylanish davri uning tezligiga bog‘liq bo‘lmay, zarraning massa-
siga, zaryadiga va magnit maydon induksiyasining kattaligiga bog‘liq bo‘lar ekan.
Magnit va elektr maydon ta’sirida vakuumda harakatlanayotgan zaryadli
zarralarni massalari bo‘yicha tarkibiy
qismlarga ajratuvchi asbob
mass-
spektrometr
deb ataladi. Mass-spektrometrlar kimyoviy elementlarning
uzotoplarini aniqlashda, moddalarni kimyoviy tahlil qilishda qo‘llaniladi.
1. Lorens kuchining yo‘nalishini chap qo‘l qoidasi asosida tushuntiring.
2. Zaryadlangan zarrani aylana bo‘ylab tеkis harakatlantiruvchi
kuchni izohlang.
3. Zaryadli zarra magnit maydonga qanday yo‘nalishda kirganda unga
Lorens kuchi ta’sir qilmaydi?
4. Lorens kuchi asosida yaratilgan qanday qurilmalarni bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: