I-BOB. TOSHKENT HAYVONOT BOG’INING TARIXI VA TASHKIL ETILISHI..............................................................................................................6
1.1 Toshkentda hayvonot bog’ining tashkil etilishi............................................... 6
1.2 Hayvonot bog’ining ilmiy va amaliy faoliyati.................................................10
II bob
|
Toshkent hayvonot bog‘ida tutqinlikda saqlanayotgan . sutemizuvchilar turkimining ularning hayot tarzi…………………….11
|
2.1 Toshkent hayvonot bog’idagi sutemizuvchilar haqida ma’lumot…………..11
2.2 Sutemizuvchilarning ahamiyati……………………………………………..21
Xulosa…………………….………………………………………………30
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………...31
KIRISH
O’zbekiston va Markaziy Osiyo bioxilma xilligini namoyon etuvchi noyob va yo’qolib ketish xavfi ostidagi turlarni saqlash va ko’paytirish, ularni tabiiy sharoitlarga introduktsiya qilish, ilmiy izlanishlar uchun ularni saqlash yo’llari va kelajakda ulardan barqaror foydalanish maqsadlarni o’z ichiga oladi. O’zbekistonda Madaniyat va Sport Vazirligi ixtiyoridagi ikkita hayvonot bog’i (Toshkentda va Termizda) bor. Toshkent hayvonot bog’ining (1924 y.dan beri faoliyat yuritadi) asosiy yo’nalishi – noyob va yo’qolib ketayotgan hayvon turlarining tirik kollektsiyalarini yaratish, ularni sun’iy ko’paytirish, respublika hayvonot olamini muhofaza qilishni targ’ibot qilish. Hozirgi paytda Toshkent hayvonot bog’ining kolleksiyasi 124 hayvon turidan tashkil topgan. Toshkent va Termiz hayvonot bog’larida, Toshkent botanika bog’ida va “Jayron” Ekomarkazida ekskursiya xizmatlari ko’rsatish yo’li bilan jamoatchilik orasida maorif va ta’limni rivojlantirish bo’yicha maxsus ish dasturi ishlab chiqilgan.
O’zbekistonda 1991 yildan buyon Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi Bionazorat bo’limida noyob turlarni ko’paytirish bo’yicha maxsus pitomnik “TIN” bazasida 100 ortiq itolg’i ko’paytirilgan. Faqat 1997-1998 y.50 yaqin yosh itolg’ilar olingan. Mavjud kolleksiyalarini, yo’qolib ketish xavfi ostidagi o’simlik va hayvon turlarini saqlash, ularni maqomini yangilash quyidagi asosiy dokumentlarda aksi topgan: «Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida» O’zR Qonuni (9.12.1992 y., N 754-XII) (O’zgartishlar bilan), “O’zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to’g’risida” (22.09.1994 y., N 2015- XII Oliy Majlis Qarori bilan tasdiqlangan), «Hayvonot olamini muxofaza qilish va undan foydalanish to’g’risida» (o’zgartishlar bilan). (O’zr Vazirlar Mahkamasi Qarori 15.04.1999 y.,. N 770-I) «O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi to’grisida». (O’zR Vazirlar Mahkamasi Qarori, 28.10.2004 y.,. N 508), «Yovvoyi hayvonlar va o’simliklar muhofazasini kuchaytirish va ulardan foydalanishni tartibga solish choralari to’g’risida», «Davlat kadastrlari to’g’risida». Iqtisodiy, ma’muriy va ҳuquqiy tizimlar tadbirlari ҳam global vazifalarni mahalliy darajada bajarilishini ta’minlamoqda.
O’zbekiston hududining 4/5 yaqin cho’l ekosistemasidan va Turon tekisligini katta qismidan, Qizilqum, Ustyurt, Qarshi cho’li, respublika janubining ayrim bo’limlari va Farg’ona vodiysidan tashkil topgan. Cho'l ekosistemasi flora va faunasining boyligi va rang-barangligi bilan ajralib turadi. XX yuz yillik o’rtalaridan tekislicho’lli regionlarni keng o'zlashtirilishi natijasida, cho’l, voha delta landshaftlarini o’zgarishi yoppasiga, o’zgartirib bo'lmaydigan xarakterga ega bo'ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |