(Press
Trast o f India)
kabi axborot agentliklari ham yirik agentliklar hisoblanadi:
Mustaqil 0 ‘zbekistonda ish ko‘rayotgan 0 ‘zA — 0 ‘zbekiston Axborot
agentligi, Tashqi ishlar vazirligiga qarashli “Jahon” hamda mustaqil
“Turkiston-Press” axborot agentliklari milliy agentliklar sifatida ish olib
boradilar.
Axborot
agentliklari
o'rtasida axborotlar tarqatish
va
ayriboshlash maxsus bitimlar asosida amalga oshiriladi va xalqaro valyuta
- pul sistemasi bilan hisob-kitob qilinadi. Jahondagi milliy va yirik axborot
agentliklari o ‘rtasida birinchi b o iib axborot olish va ko‘proq tarqatish,
axborot boz;orida erkin harakat qilish sohalarida o‘zaro raqobat mavjud.
Shuning uchun ham yirik axborot agentliklarida ko ‘proq axborot y ig ish ,
yangiliklarni birinchi b o iib e io n qilish uchun barcha texnikaviy va
boshqa imkoniyatlar ishga solinadi.
Axborot agentliklari garchi jurnalistikaning alohida bir turi boim asa-
da, ommaviy axborot vositalarining tarkibiy qismini tashkil etadi hamda
jurnalistika qonuniyatlari asosida ish ko ‘radi. Ular OAVmng boshqa turlari
singari ijtimoiy hayotni aks ettiradi, uni biladi, tahlil qiladi hamda hayotga
ta’sir qiladi, Y a’ni, jurnalistikaning ijtimoiy vazifalari b o im ish tasvir,
tahlil va ta ’sir etish, axborot agentliklarining ham asosiy vazifalari
hisoblanadi. Axborot agentliklari faoliyatida jurnalistikaning ijtimoiy
85
vazifalaridan birinchisi, y a ’ni, tasvir ijtimoiy vazifasi ustuvor bo‘lib
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda tahlil ijtimoiy vazifasi ham ma’lum
darajada amalga oshiriladi. T a’sir ijtimoiy vazifasi esa gazeta va
jurnallarga qaraganda biroz cheklangan bo ‘ladi. Jumalistikaning bosh
tamoyillari ham axborot agentliklari ishida asosiy qoidalik rolini bajaradi.
Axborot agentliklari ishida ayniqsa, haqqoniylik tamoyili bosh tamoyil
darajasiga ko ‘tariladi, chunki agentliklar tomonidan tarqatilgan har qanday
xabar, har bir axborot avvalo haqqoniylik talabiga t o i a javob berishi
lozim. Aks holda axborot agentliklari o ‘z ijtimoiy vazifalarini bajara
olmaydi. Jamoatchilik fikrini shakllantirish, an’anaviylik va yangi omillar
yaratish qonuniyatlari ham axborot agentliklari uchun taalluqlidir. Lekin
axborot agentliklari jumalistikaning alohida bir turi emasligi, o ‘z
k o ‘rinishiga ega boim aganligi boisidan bu qonuniyatlar ularning
faoliyatlarida o ‘ziga xos bir tarzda amalga oshiriladi.
Biz bu qonuniyatlami 0 ‘zbekiston Axborot agentligi faoliyati
misolida ham ko‘rishimiz mumkin. 0 ‘zA agentligi mustaqil davlat -
0 ‘zbekiston
respublikasining
rasmiy
axboriy
agentligi
b o iib ,
respublikamiz ommaviy axborot vositalariga ichki va tashqi axborot
yetkazib berish manbai hisoblanadi. 0 ‘zA axborotlar y ig is h va tarqatishda
aloqaning telegraf, telefon va boshqa vositalaridan foydalanadi. 0 ‘zA
respublikamiz jumalistikasi, radio va televideniyesini ichki va tashqi
axborotlar bilan ta’minlashda o ‘z ichki muxbirlari hamda boshqa axborot
agentliklari xizmatidan foydalanadi. Agentlikning respublikaning barcha
viloyatlari hamda Q oraqalpogiston respublikasida o ‘z muxbirlari b o iib ,
ular agentlikni kundalik axborotlar bilan ta’minlab turishadi. Tashqi
axborotlar esa boshqa chet el axborot agentliklaridan maxsus bitim orqali
olinadi va respublikamiz ommaviy axborot vositalariga yetkazib beriladi.
0 ‘zA o‘zining ichki axborotlarida mamlakatimiz hayotida yuz berayotgan
ulkan o ‘zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy
hayotimizdagi yangiliklarni, yuz berayotgan voqealarni aks ettiradi. Tashqi
axborotlarda esa dunyoda b o iib turgan voqealar o ‘z aksini topadi. Ayrim
tashqi axborotlar 0 ‘zAning chet ellarga yuborilgan muxbirlari tomonidan
tayyorlanadi. Respublikamizda faoliyat к о ‘rsatayotgan «Jahon» axborot
agentligi ham mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarini tashqi axborot
86
bilan ta ’minlashda muhim rol o ‘ynaydi. 0 ‘zA agentligi shuningdek,
respublikamiz hayotida yuz bergan muhim yangiliklarni chet el axborot
agentliklari va OAVga yetkazib beradi.
O czA shuningdek 0 ‘zbekiston Respublikasining rasmiy axborot
organi sifatida mamlakatimizda bo‘lib o ‘tayotgan muhim voqealar
to ‘g ‘risida birinchi bo‘lib, rasman xabar berish va sharhlash, xalqaro
voqealarga doir hukumatimiz rahbar doiralarining fikrini bayon qilish, chet
el jurnalistikasi va axborot agentliklari xabarlarida respublikamiz hukumati
olib borayotgan siyosatga nisbatan noto‘g ‘ri, tuhmat tarzidagi xabarlami
rad etish vazifalarini ham bajaradi.
0 ‘zA agentligi axborotdan tashqari fotosuratlar olish va ommaviy
axborot vositalariga yetkazish bilan ham shug‘ullanadi. Agentlikda
respublika axborot tahririyati, tarjima byurosi, fotoxronika tahririyati va
boshqa xizmat bo ‘limlari mavjud.
0 ‘zbekistonda keyingi yillarda vujudga kelgan “Jahon” va “Turkiston
Press” axborot agentliklari mamlakatimizdagi axborot yig‘ish va tarqatish
tizimini yanada kengaytirdi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar
vazirligi tomonidan ta ’sis etilgan “Jahon” axborot agentligi asosan tashqi
axborot olish uchun m oijallangan. Mazkur agentlik dunyoning turli
mamlakatlari bilan hamkorlik qilish, chet el axborot agentliklari va
ommaviy axborot vositalari bilan o ‘zaro axborot ayriboshlash, chet ellarga
maxsus muxbirlar yuborish y o ii bilan axborotlar yig‘ish va respublikamiz
ommaviy axborot vositalarini ta’minlash vazifasini bajarmoqda.
Mustaqil respublikamizning boshqa chet el mamlakatlari bilan
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hamkorligi, mamlaka-
timizning xalqaro hamjamiyatlardagi faol ishtiroki, 0 ‘zbekiston davlat
rahbarining chet el mamlakatlariga safarlari, chet elda ta ’lim olayotgan
yoshlarimizning hayoti, o ‘qishlari, chet el mamlakatlari hayotida yuz
berayotgan
voqealar
va
yangiliklar
“Jahon”
axborot
agentligi
axborotlarinmg asosiy mavzusini tashkil etadi.
Respublikamizda
tashkil
etilgan
mustaqil
axborot
agentligi-
“Turkiston
Press”
esa
mamlakatimizda
yuz
berayotgan
muhim
yangiliklarni chet el axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalariga
yetkazib berish uchun xizmat qiladi. 0 ‘zbekistonning birinchi Prezidenti
87
1 A. Kanmovmng “Turkiston Press” axborot agentligi muxbiri bilan qilgan
“Ollph qalbimizda va yuragimizda” deb nomlangan suhbati 0 ‘zbekiston
ommaviy axborot vositalarida e ’lon qilindi va jahon afkor ommasiga
yetkazildi. Toshkentda 1999-yil 16-fevralda ro ‘y bergan voqealarning
mohiyati, mamlakatimizda vijdon erkinligi huquqining amalga oshirilishi,
islom diniga keng yoT ochilganligi hamda respublikamizning mintaqa va
dunyoda tinchlik, barqarorlikni saqlash y o iid a olib borayotgan izchil
tinchliksevar siyosati mazkur suhbatda o ‘z ifodasini topdi.
Respublikamiz axborot agentliklari ommaviy axborot vositalarining
tarkibiy qismi sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Axborot agentliklarida ishlash axborot vositalarining boshqa turlaridan
m aiu m darajada farq qilib, jurnalistdan chuqur bilim, yuqori darajadagi
kasbiy malaka, tezkorlikni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |