axborot tarqatadi?
2. Ijtimoiy axborot qachondan boshlab fo y d a orttirish manbaiga
aylandi?
175
3. Axboriy publitsistikaning ijtimoiy vazifalarini hali jurnalistika
shakllanmagan davrda qaysi vositalar bajargan?
4. A xboriy publitsistikaning adabiyot va s a n ’atdan fa rq li tomonini
ayting.
5. A xborot (xabar), kengaytirilgan xabar, reportaj janrlarini izohlab
bering.
8.1. Xabar
Xabar axboriy publitsistikaning asosiy, bosh janri hisoblanadi.
Axborotning asosiy vazifasi - jam iyatda yuz berayotgan voqea va
hodisalar haqida o ‘quvchilar (tinglovchilar, tomosha qiluvchilar)ga xabar
berish, m aiu m o t yetkazishdir. Axborot jam iyat hayotining ijtimoiy-
siyosiy, iqtisodiy ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotning barcha
qirralarini qamrab oladi. Jamiyat hayotini, inson ijtimoiy faoliyatining
axborotda aks etmaydigan birorta ham sohasi y o ‘q. Yuqoriroqda aytib
o‘tganimizdek,
axborotning
tarixi
insoniyatning
dunyoga
kelishi,
odamlarning o ‘zaro muloqoti, til va yozuvning paydo b o iish i bilan
boshlangan. Jurnalistika-ijtimoiy axborot uchun eng muhim maydon, kanal
hisoblanadi. Jumalistikagacha b o ig a n davrda axborot maxsus xabarchilar,
jarchilar orqali tarqatilganligi m aium . Jumalistikaning paydo boiishiga
esa axborot, odamlarning axborotga b o ig an
ehtiyoji sabab bo ig an . Axborot jumalistikaning tarixiy taraqqiyoti
davrida uning asosiy janri b o iib kelgan. Bu janr jurnalistikaga uning bosh
ijtimoiy vazifasi - tasvirlash, xabardor etish vazifasini bajarishda xizmat
qiladi. Shuni aytish kerakki, axborot janri jumalistikaning turli tarixiy
k o ‘rinishlaridan turlicha o ‘rin olib kelgan. Avtoritor jurnalistika garchi bu
janrni jumalistikada qoilashni
boshlab
bergan
boisa-da, undan
foydalanish m aiu m darajada cheklangan holda b o ig an . Chunki bu
jumalistikada uning homiysi b o ig a n hukmdorlaming manfaatlariga zid
axborotlarning bosilishiga y o ‘1 qo‘yilmagan. Erkin dunyo jumalistikasida
axborot janri asosiy o'rin tutib, keng qoilan ilib kelinadi. Ammo bu xil
jumalistikada iqtisodiy foyda olish uchun ba’zan bu janrni suiiste’mol
qilish, “shov-shuv”larga keng o ‘rin berish hollari ham uchraydi. Y a’ni,
176
unda bu janrdan keragidan ortiq darajada foydalaniladi. Bunga qarama-
qarshi ravishda kommunistik jurnalistikada esa axborot cheklangan b o iib ,
undan yakka g‘oya hokimligi y o iid a foydalanib kelmgan. Faqat chmakam
demokratik jurnalistikadagina axborot janri keng, har taraflama o ‘rin olishi
mumkin.
Insoniyat, jamiyat yuqori darajadagi texnik taraqqiyotga erishgan
hozirgi davrga kelib axborot janri yanada rivojlandi va u gazeta, jurnal,
radio, televideniyedan tashqari axborot agentliklari va intemetda ham bosh
o ‘rinni egallab kelmoqda. XXI asrni axborot asri deb aytish mumkin.
Axborot janrining asosida birinchi o ‘rinda fakt turadi. Fakt lotincha
“faktum” so‘zidan olingan b o iib , qilingan ish degan m a’noni bildiradi.
Axborotnmg asosida haqiqatdan ham b o iib o ‘tgan voqea, hodisa turadi,
lekin har qanday fakt voqea va hodisa ham axborot uchun asos b o i a
olmaydi. Avvalo bu faktning ijtimoiy ahamiyati, y a’ni, jam iyat uchun, shu
kun, shu davr uchun kerak-nokerakligi muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy
hayotiga taalluqli, o‘z mohiyati bilan kerakli, tipik b o ig a n fakt, voqea va
hodisagina axborot uchun asos b o ia oladi. Bunda ana shu fakt, voqea va
hodisaning yangiligi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Yangilik -ilgari
m aiu m boim agan, endigina yuz bergan voqea, hodisadir. Bunday voqea
va hodisaning haqiqatdan ham b o iib o ‘tganligi - fakt hisoblanadi.
Jamiyat yoki dunyoda endigina yuz bergan o ‘zining ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy ahamiyati bilan ko‘pchilikda
qiziqish uyg‘otuvchi voqea va hodisa, fakt yoki faktlar y ig in d isi yangilik
hisoblanadi. Bu faktlar albatta tekshirilgan, aniq b o iish i shart. Bunday
voqea va hodisaning haqiqatdan ham b o iib o ‘tganligi fakt hisoblanadi.
Shu boisdan axborotnmg ishonchli b o iish i ham muhim ahamiyatga ega.
Jumalistikaning asosiy tamoyillaridan biri haqqoniylik boiganiday unda
bosiladigan, e io n etiladigan, ko‘rsatiladigan har qanday voqea va hodisa,
keltirilgan faktlar haqqoniy b o iish i shart. Axborot janriga qo ‘yiiadigan
talablardan biri uning auditoriya— o'quvchilar, eshituvchilar, k o‘ruvchi!ar
uchun tushunarli boiishidir. Aniq faktlarga asoslangan va tushunarli
b o ig a n axborotgina o ‘z ijtimoiy vazifasini bajara oladi. Aksincha,
tekshirilmagan faktlar ustiga qurilgan, pala-partish, tushunarsiz axborot
177
jumalistikaning faoliyatiga putur yetkazadi. Biror voqea va hodisani
kechikib, eskirtirib berilishi jurnalistika ijtimoiy vazifasining bajarilishiga
monelik qiladi. Elektron texnika yuqori darajada taraqqiy etgan hozirgi
davrda dunyoda yuz berayotgan voqea va hodisalarning o‘sha joyning
o ‘zida, o ‘sha paytda bevosita efirga uzatilishi, televideniyeda to‘g ‘ridan-
to ‘g ‘ri olib berilishi, jumalistikada tezkorlik bilan yoritilishi maqsadga
muvofiqdir. Axborot hayotdan olingan fakt, voqea va hodisalarning
tafsilotini o ‘rganishda ilm-fanda qoilaniladigan uslubga tayanadi. Y a’ni,
mazkur fakt, voqea hodisaning mohiyatini ochib berishda mantiqiy
mulohaza unga asos b o iib xizmat qiladi. Shu bilan birgalikda axborot
hayot voqealarini aks ettirishda asosan so'zdan (radioda tovushdan,
televideniyeda so‘z va tasvir birlashmasidan, fotoxabarda esa fotosuratdan)
foydalanadi. Shu nuqtai nazardan axborotda adabiy ijod, san’at elementlari
ham ishtirok etadi. Ammo u - sof badiiy, san’at janri boim asdan, ijodning
o ‘ziga xos ko'rinishi b o im ish publitsistik tasvirga, xabardor etishga
asoslanadi. Chunki axborotda publitsistik ruh, tasvir birinchi o ‘rinda
turadi. Publitsistikaning boshqa janrlari kabi axborot ham jamoatchilik
fikriga yangi fakt, voqea, hodisa tafsiloti, yangi fikr yetkazadi va uni
uyg‘otadi. Bu axborotning bosh xususiyatidir. Jamoatchilik fikrini
uyg‘otmaydigan
qumq,
yuzaki
axborot jumalistikaning
ijtimoiy
vazifalarining
bajarilishiga
to ‘sqinlik
qiladi.
Axborot jurnalistika
tamoyillarini ham o ‘zida aks ettiradi va umuminsoniy, xalqchil, milliy,
haqqoniy b o iis h i shart. Hozirga kelib jahon jurnalistikasi yuksak darajada
taraqqiy etib, axborot y ig‘ish va tarqatishning umumjahon bozori paydo
bo id i Bu esa axborot janri oldiga raqobatbardoshlik talabini ham q o ‘yadi.
Bunda axborotning yangiligi,
solm ogi.
dolzarbligi,
haqqoniyligi,
tezkorligi asosiy ahamiyat kasb etadi. Axborot janri jurnalistika, ommaviy
axborot vositalarining barcha ko‘rmishlarida — gazeta, jurnal, radio,
televideniye va internetda asosiy o‘rin egallaydi. Dunyodagi axborot
agent!lklari ommaviy axborot vositalarini axborot bilan ta’minlab turadi.
Axborot qaysi ommaviy axborot vositasida beritishiga qarab alohida
xususiyat kasb etadi. Masalan, gazeta va jurnal axhoroti, radio axboroti,
televideniyedagi axboriy ko'rsatuvlar, internetdagi saydlar bunga misol
b o iad i. Axborot janri jurnalistika, ommaviy axborot vositalarining barcha.
178
ko ‘rinishlarida — gazeta, jurnal, radio, televideniye va internetda asosiy
o‘rin egallaydi. Dunyodagi axborot agentliklari ommaviy axborot
vositalarini axborot bilan ta ’minlab turadi. Axborot qaysi ommaviy
axborot vositasida berilishiga qarab alohida xususiyat kasb etadi. Masai an,
gazeta va jurnal axboroti, radio axboroti, televideniyedagi axboriy
ko ‘rsatuvlar, internetdagi saydlar bunga misol bo iad i.
Axborot janri ijtimoiy hayotni yoritish nuqtai nazaridan turli xillarga
bo ‘linib ketadi. Avvalo axborotlar ichki va tashqi axborotlarga boiinadi.
Ichki axborotlar mamlakatning (yoki o ‘sha jurnalistika janri chiqadigan
hududning) ichki voqealari haqida b o isa , tashqi axborotlar mamlakat
tashqarisida yuz bergan voqealar haqidadir. Ichki axborotlar jurnalistika
nashri muxbirlari tomonidan tayyorlansa, tashqi axborotlar boshqa
jurnalistika nashrlaridan, axborot agentliklarvdan, shu nashming chef
eldagi muxbirlaridan (agar bor b o isa ) olinadi. Hozirgi davrga kelib tashqi
axborotlarni bevosita intemetdan ham olish mumkin. Axborotlar shu bilan
birgalikda rasmiy va norasmiy (oddiy, kundalik) axborotlarga ham
boiinadi. Rasmiy axborotlar odatda rasmiy idoralar tomonidan va axborot
agentliklari orqali beriladi. Norasmiy axborotlar esa muxbirlaming
materiallari, tahririyatga kelgan xatlar, jurnalistika materiallari asosida
tayyorlanadi. Axborotlar shu bilan birgalikda kichik (qisqa) va
kengaytirilgan axborotlarga ham boiinadi. Qisqa axborotlarda hayotdan
olingan fakt, voqea va hodisalarning eng asosiy mohiyati haqida qisqa
shaklda xabar beriladi. Bunday axborotlar gazetalarda sarlavhasiz yoki
“Yangiliklar”,
“Shu
kunning
xabarlari”,
“Olamda
nima
gap?” ,
“Respublikamiz hayotidan” kabi ruknlar ostida berilishi mumkin. Radio
yoki televideniye orqali esa “Yangiliklar”, “Xabarlar”, “Axborot” ruknlari
ostida ko‘rsatiladi. Rossiya televideniyesi tomonidan berib boriladigan
“Вести” (“Xabarlar”), “Новости” (“Yangiliklar”), “Время” (“Vaqt”) kabi
axborot ko‘rsatuvlari shular jumlasidandir. Mazkur axborotlar ommaviy
axborot vositalarining qaysi hududda chiqishiga qarab “Viloyat xabarlari”,
“Tumanimizda” kabi ruknlar ostida berilishi mumkin.
‘
Kengaytirilgan xabarlar esa fakt, voqea v a; hodisalarning asosiy
mohiyati bilan bir qatorda uning muhim tafsilotlarini ham o ‘zida aks
179
ettiradi. Bunday xabarlar o ‘ziga tegishli sarlavha bilan beriladi. Radio va
televideniyeda ham bunday xabarlarga keng vaqt ajratiladi.
Xabarlar shu bilan birgalikda tematik yoki notematik bo iish i
mumkin. Tematik xabarlar ijtimoiy hayotning u yoki bu sohasi haqida
axborot beradi. Bunday axborotlar gazetalarda “Viloyatlardan daraklar”,
“Madaniyat xabarlari”, “Tibbiyot yangiliklari”, singari ruknlar ostida
beriladi.
’ Notematik xabarlar esa bir necha mavzuga bag‘ishlangan b o iish i
mumkin. Bunday xabarlar “Har sohadan bir shingil”, “Kecha va bugun” va
boshqa rubrikalar ostida berilishi mumkin.
Xabarlar ijobiy va tanqidiy b o iish i ham mumkin. Ijobiy xabarlar
yuqoridagi kabi ko‘rinishlarda b o isa , tanqidiy xabarlar “Tahririyatga
xatlar”, “Luqma”, “Tashvishli signal” singari ruknlar ostida beriladi.
Ayrim gazeta va jum allarda har bir xabarga, shu jumladan tanqidiy
xabarga mos keladigan alohida rukn ham berilishi mumkin. Hajviy
jurnallarda esa bir necha hajviy (tanqidiy) xabarlar umumiy rukni ostida
bosilishi ham mumkin.
Axborotning tili va uslubi ham o ‘ziga xos b o iib , hayotdagi fakt,
voqea va hodisalar haqida qisqa, lo ‘nda, yorqin va tushunarli tilda yozilishi
lozim. Unda uzundan uzoq jumlalar, fikr-mulohazalar, noaniq fikrlarning
bo iish i aslo mumkin emas. Shuningdek, axborotda ortiqcha o ‘xshatish,
mubolag‘a va boshqa adabiy vositalar ishlatilmaydi. Ayrim obrazli
iboralar, badiiy-ijodiy so‘zlar faqat juda zarur hollardagina (masalan hajviy
axborotlarda) ishlatilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari uchun axborot olish manbalari xilma-xil.
Avvalo - ijtimoiy-siyosiy hayot, rasmiy idoralar, iqtisodiy-ishlab chiqarish
korxonalari va tashkilotlari, madaniyat muassasalari axborot olish manbai
hisoblanadi. Shu bilan birgalikda o‘tkaziladigan jurnalistika anjumanlari,
rasmiy majlislar, idoralarning jimialistika xizmati tomonidan tarqatiladigan
axborotlar ham muhim rol o ‘ynaydi. Axboriy agentliklaming axborotlari
ham bu o ‘rinda asosiy manba hisoblanadi. Shuningdek, internet va boshqa
jurnalistika nashrlari ham axborotni kengroq olinishiga xizmat qiladi.
Tahririyatga kelgan xatlar, jamoatchi muxbirlarning materiallari ham
axborot uchun qimmatli manbadir.
180
Xulosa qilib aytganda, axborot janri jurnalistikani hayot bilan b o g ia b
turuvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Quyida axborotning ayrim turlariga doir misollar keltiramiz:
Rasmiy axborot.
,
Do'stlaringiz bilan baham: |