5. Publitsistika badiiy adabiyotgan qanday tasviriy vositalarni oladi?
6. Publitsistikaningxususiyatlarini t a ’riflang..
7. Publitsistikani nima sababdan inson ongining buyuk kaskfiyoti
deymiz?
172
8-BOB. AXBORIY PUBLITSISTIKA
Publitsistikaning
ilk
qismi
b o ig a n axboriy,
xabardor
qilish
publitsistikasining asosida axborot, xabar yotadi. Xabar arabcha b o iib bu
so‘z ham yuqoridagi m a’noda ishlatiladi. Falsafiy m a’noda axborot tirik
moddaning yashash xususiyatlaridan asosiy si sanalib, tabiat va hayvonot
olamida ham mavjud. Insoniyatning o'zini o ‘rab turgan tashqi olamni
bilishida hamda o ‘zaro muloqotida axborot muhim rol o ’ynaydi. Kishilik
jam iyatida axborotning k o ‘pgina turlari mavjud b o iib , ulardan eng
muhimi ijtimoiy axborotdir. Ijtimoiy axborot jamiyat uchun jamiyat
haqidagi xabarlar, m aium otlardir.
Axboriy publitsistika jam iyat hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy
ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotining barcha tomonlarini qamrab
oladi. Jamiyat hayotida axboriy publitsistikada aks etmaydigan biror soha
y o ‘q. Jamiyat uchun zarur hisoblanadigan, kishilami qiziqtiradigan barcha
fakt, voqea va hodisalar axboriy publitsistikada o ‘z ifodasini topadi.
Jumalistikaning har taraflama, har yerda hozir va har narsadan
xabardor degan mashhur qoidasi avvalo axboriy publitsistikada zohir
boiadi.
Axboriy publitsistika jurnalistika va ommaviy axborot vositalarining
gazeta, jurnal, radio, televideniye, internet kabi barcha turlarida asosiy
o ‘rinni egallaydi. Axboriy publitsistika jumalistikaning biror turi yoki
xilisiz ish ko‘ra olmaydi. Jurnalistikani axborot bilan ta’minlab turishda
jurnalistika nashrlari, radio va televideniye kompaniyalaridan tashqari
maxsus axboriy agentliklar ham ish olib boradilar, Dunyodagi barcha
axborot agentliklari uzluksiz ravishda axborot y ig ish va tarqatish bilan
shug‘ullanadilar. Ular jurnalistika va radio, televideniyeni doimiy ravishda
axborot bilan ta’minlab turadi. Axboriy publitsistika barcha ommaviy
axborot vositalari faoliyatida keng va har taraflama qoilaniladi.
Axboriy publitsistikaning tarixiy ildizlari juda chuqur b o iib , insoniyat
paydo boiishining ilk davrlariga borib taqaladi. Axboriy publitsistikaning
asosini tashkil etuvchi axborot yer yuzidagi birdan-bir ongli mayjudot
b o ig an odamzotning ilk hamrohi hisoblanadi. Insonlarning bir-birlari
173
bilan muloqotlari natijasida tilning va yozuvning paydo b o iis h i axboriy
publitsistikaning asosini tashkil etadi. Keyinchalik, odamlar jamoa-jamoa
b o iib yashay boshlagach axborotning roli yanada oshdi. Jamiyat sinflarga
bo iingach axborot ham m aiu m sinflar uchun xizmat qila boshladi. Yakka
hukmronliklar davrida ijtimoiy axborot asosan hukmdorlar manfaati uchun
xizmat qilgan b o isa , keyinchalik u k o ‘proq iqtisodiy manfaatlarga xizmat
qila boshladi, foyda orttirish manbaiga aylandi. Kommunistik tuzum
davrida u yakka hukmron g ‘oyaning ommaga ta’sir ko‘rsatish vositasi
b o iib xizmat qildi. Faqat haqiqiy demokratik tuzum, yuksak iqtisodiy
rivojlangan jamiyatdagina axborot keng xalq ommasiga xizmat qiladi,
axboriy publitsistikaning erkin faoliyat ko ‘rsatishi uchun imkoniyat
yaratiladi.
Axboriy publitsistika asosan jumalistikada, ommaviy axborot
vositalarida keng zuhur topadi. Hali jurnalistika shakllanmagan davrlarda
uning ijtimoiy vazifalarini jarchilik, xabarchilik kabi vositalar bajarib
kelgan. Badiiy adabiyotda axboriy publitsistikaning ayrim elementlari
mavjud b o iish i mumkin. Masalan, ayrim tarixiy memuar yoxud shu kun
voqealari aks etgan asarlarda axboriy xususiyat o ‘rin oladi.
Fanda ham axboriy xususiyat o ‘z ifodasini topadi, ilmiy kuzatishlar
tadqiqotlar hayotdan olingan fakt va voqea-hodisalarga asoslanadi. Ammo
fanda fakt va voqealar biror ilmiy xulosa, kashfiyot, tadqiqotlarni
isbotlash, qayd etish uchun qoilaniladi. Axboriy publitsistika ham
hayotdan olingan fakt, voqea va hodisalarni tanlab olishda, tadqiq etishda
fanga doir vositalardan ilmiy-mantiqiy mushohadalardan foydalanadi.
Ammo u ana shu fakt, voqea va hodisalar haqida jamiyatga tezkorlik bilan
xabar berish, jamoatchilik fikriga havola etish vazifasini bajarishi bilan
fandan farq qiladi. Y a’ni, axboriy publitsistikaning vazifasi hayot faktlari,
voqea va hodisalarni tekshirish, ularni turlarga b o iis h va ilmiy xulosalar
chiqarish emas, balki ulardan odamlarni xabardor qilishdir.
Axboriy publitsistika ijtimoiy borliqni asosan so‘z yordamida
yoritganligi boisidan adabiyot va san’atga ham yaqin turadi. Ammo u
adabiyot va san’at singari hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni tasvirlash
bilan o cquvchi (tinglovchi, tomosha qiluvchijlarning his-tuyg'ulariga ta’sir
qilish emas, bevosita ongiga kirib borish, xabardor qilish ijtimoiy
174
vazifasini bajarishi bilan farq qiladi. Shu bilan birgalikda axboriy
publitsistika hayot voqealarini aks ettirishda adabiyot va san’atning
jonlantirish, obrazlilik kabi vositalaridan foydalanadi. Ammo uning bosh
vazifasi yuqorida aytganimizdek axborot berish, xabardor qilish
boiganligi boisidan bu vositalar cheklangan darajada, zarur hollardagina
qoilam ladi.
Axboriy publitsistika tarkibida qator janrlar mavjud. Bular - axborot
(xabar), kengaytirilgan xabar, reportaj, lavha, intervyu, hisobot kabilardan
iborat. Bu janrlarning har biri o ‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bir-biri
bilan o ‘zaro munosabatda b o ia d i va bir-birini to id irib keladi. Shu bilan
birgalikda har bir axboriy janr o ‘zining ichki va boshqa turlariga bo iin ad i
- bu publitsistikaning muhim tarkibiy qismi, bosh k o ‘rinishi b o ig a n
axboriy publitsistikaning ham xilma-xil va serqirraligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |