Jurnalistikaga



Download 9,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/249
Sana30.12.2021
Hajmi9,43 Mb.
#91170
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   249
Bog'liq
Jurnalistikaga kirish.Qozoqboyev T. Xudoyqulov M

axborot tarqatadi?
2.  Ijtimoiy  axborot  qachondan  boshlab  fo y d a   orttirish  manbaiga 
aylandi?
175


3.  Axboriy  publitsistikaning  ijtimoiy  vazifalarini  hali  jurnalistika 
shakllanmagan davrda qaysi vositalar bajargan?
4.  A xboriy  publitsistikaning  adabiyot  va  s a n ’atdan  fa rq li  tomonini 
ayting.
5.  A xborot  (xabar),  kengaytirilgan xabar,  reportaj janrlarini  izohlab 
bering.
8.1. Xabar
Xabar  axboriy  publitsistikaning  asosiy,  bosh  janri  hisoblanadi. 
Axborotning  asosiy  vazifasi  -   jam iyatda  yuz  berayotgan  voqea  va 
hodisalar  haqida  o ‘quvchilar  (tinglovchilar,  tomosha  qiluvchilar)ga  xabar 
berish,  m aiu m o t  yetkazishdir.  Axborot  jam iyat  hayotining  ijtimoiy- 
siyosiy,  iqtisodiy  ishlab  chiqarish,  madaniy-ma’naviy  hayotning  barcha 
qirralarini  qamrab  oladi.  Jamiyat  hayotini,  inson  ijtimoiy  faoliyatining 
axborotda  aks  etmaydigan  birorta  ham  sohasi  y o ‘q.  Yuqoriroqda  aytib 
o‘tganimizdek, 
axborotning 
tarixi 
insoniyatning 
dunyoga 
kelishi, 
odamlarning  o ‘zaro  muloqoti,  til  va  yozuvning  paydo  b o iish i  bilan 
boshlangan.  Jurnalistika-ijtimoiy axborot uchun eng muhim maydon, kanal 
hisoblanadi.  Jumalistikagacha b o ig a n  davrda axborot maxsus xabarchilar, 
jarchilar  orqali  tarqatilganligi  m aium .  Jumalistikaning  paydo  boiishiga 
esa axborot,  odamlarning axborotga b o ig an
ehtiyoji  sabab  bo ig an .  Axborot  jumalistikaning  tarixiy  taraqqiyoti 
davrida uning  asosiy janri b o iib  kelgan.  Bu janr jurnalistikaga uning bosh 
ijtimoiy  vazifasi  -   tasvirlash,  xabardor  etish  vazifasini  bajarishda  xizmat 
qiladi.  Shuni  aytish  kerakki,  axborot  janri  jumalistikaning  turli  tarixiy 
k o ‘rinishlaridan turlicha  o ‘rin  olib  kelgan.  Avtoritor jurnalistika garchi  bu 
janrni  jumalistikada  qoilashni 
boshlab 
bergan 
boisa-da,  undan 
foydalanish  m aiu m   darajada  cheklangan  holda  b o ig an .  Chunki  bu 
jumalistikada  uning  homiysi  b o ig a n   hukmdorlaming  manfaatlariga  zid 
axborotlarning  bosilishiga y o ‘1  qo‘yilmagan.  Erkin  dunyo jumalistikasida 
axborot  janri  asosiy  o'rin  tutib,  keng  qoilan ilib   kelinadi.  Ammo  bu  xil 
jumalistikada  iqtisodiy  foyda  olish  uchun  ba’zan  bu  janrni  suiiste’mol 
qilish,  “shov-shuv”larga  keng  o ‘rin  berish  hollari  ham  uchraydi.  Y a’ni,
176


unda  bu  janrdan  keragidan  ortiq  darajada  foydalaniladi.  Bunga  qarama- 
qarshi  ravishda kommunistik jurnalistikada esa axborot cheklangan b o iib , 
undan yakka g‘oya hokimligi y o iid a  foydalanib kelmgan.  Faqat chmakam 
demokratik jurnalistikadagina axborot janri  keng, har taraflama o ‘rin olishi 
mumkin.
Insoniyat,  jamiyat  yuqori  darajadagi  texnik  taraqqiyotga  erishgan 
hozirgi  davrga  kelib  axborot janri  yanada  rivojlandi  va  u  gazeta,  jurnal, 
radio, televideniyedan tashqari axborot agentliklari  va intemetda ham bosh 
o ‘rinni egallab kelmoqda.  XXI asrni axborot asri  deb aytish mumkin.
Axborot janrining  asosida  birinchi  o ‘rinda  fakt  turadi.  Fakt  lotincha 
“faktum”  so‘zidan  olingan  b o iib ,  qilingan  ish  degan  m a’noni  bildiradi. 
Axborotnmg  asosida  haqiqatdan  ham  b o iib   o ‘tgan  voqea,  hodisa  turadi, 
lekin  har  qanday  fakt  voqea  va  hodisa  ham  axborot  uchun  asos  b o i a  
olmaydi.  Avvalo  bu faktning ijtimoiy  ahamiyati, y a’ni, jam iyat uchun,  shu 
kun,  shu  davr  uchun  kerak-nokerakligi  muhim  ahamiyatga  ega. 
Jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy 
hayotiga taalluqli,  o‘z  mohiyati  bilan  kerakli,  tipik b o ig a n   fakt,  voqea va 
hodisagina  axborot  uchun  asos  b o ia  oladi.  Bunda  ana  shu  fakt,  voqea  va 
hodisaning yangiligi  birinchi  darajali ahamiyat kasb  etadi.  Yangilik -ilgari 
m aiu m   boim agan,  endigina yuz  bergan  voqea,  hodisadir.  Bunday  voqea 
va hodisaning haqiqatdan ham  b o iib  o ‘tganligi -  fakt hisoblanadi.
Jamiyat yoki  dunyoda endigina yuz  bergan  o ‘zining  ijtimoiy-siyosiy, 
iqtisodiy-ishlab  chiqarish,  madaniy-ma’naviy  ahamiyati  bilan  ko‘pchilikda 
qiziqish  uyg‘otuvchi  voqea va hodisa,  fakt yoki  faktlar y ig in d isi  yangilik 
hisoblanadi.  Bu  faktlar  albatta  tekshirilgan,  aniq  b o iish i  shart.  Bunday 
voqea  va  hodisaning  haqiqatdan  ham  b o iib   o ‘tganligi  fakt  hisoblanadi. 
Shu  boisdan  axborotnmg  ishonchli  b o iish i  ham  muhim  ahamiyatga  ega. 
Jumalistikaning  asosiy  tamoyillaridan  biri  haqqoniylik  boiganiday  unda 
bosiladigan,  e io n   etiladigan,  ko‘rsatiladigan  har  qanday  voqea va  hodisa, 
keltirilgan  faktlar  haqqoniy  b o iish i  shart.  Axborot  janriga  qo ‘yiiadigan 
talablardan biri uning auditoriya—  o'quvchilar,  eshituvchilar, k o‘ruvchi!ar 
uchun  tushunarli  boiishidir.  Aniq  faktlarga  asoslangan  va  tushunarli 
b o ig a n   axborotgina  o ‘z  ijtimoiy  vazifasini  bajara  oladi.  Aksincha, 
tekshirilmagan  faktlar  ustiga  qurilgan,  pala-partish,  tushunarsiz  axborot
177


jumalistikaning  faoliyatiga  putur  yetkazadi.  Biror  voqea  va  hodisani 
kechikib,  eskirtirib  berilishi jurnalistika  ijtimoiy  vazifasining  bajarilishiga 
monelik  qiladi.  Elektron  texnika  yuqori  darajada  taraqqiy  etgan  hozirgi 
davrda  dunyoda  yuz  berayotgan  voqea  va  hodisalarning  o‘sha  joyning 
o ‘zida,  o ‘sha  paytda  bevosita  efirga  uzatilishi,  televideniyeda  to‘g ‘ridan- 
to ‘g ‘ri  olib  berilishi,  jumalistikada  tezkorlik  bilan  yoritilishi  maqsadga 
muvofiqdir.  Axborot  hayotdan  olingan  fakt,  voqea  va  hodisalarning 
tafsilotini  o ‘rganishda  ilm-fanda  qoilaniladigan  uslubga  tayanadi.  Y a’ni, 
mazkur  fakt,  voqea  hodisaning  mohiyatini  ochib  berishda  mantiqiy 
mulohaza  unga  asos  b o iib   xizmat  qiladi.  Shu  bilan  birgalikda  axborot 
hayot  voqealarini  aks  ettirishda  asosan  so'zdan  (radioda  tovushdan, 
televideniyeda so‘z va tasvir birlashmasidan, fotoxabarda esa fotosuratdan) 
foydalanadi.  Shu nuqtai nazardan axborotda adabiy ijod,  san’at elementlari 
ham ishtirok etadi.  Ammo u -  sof badiiy, san’at janri boim asdan,  ijodning 
o ‘ziga  xos  ko'rinishi  b o im ish   publitsistik  tasvirga,  xabardor  etishga 
asoslanadi.  Chunki  axborotda  publitsistik  ruh,  tasvir  birinchi  o ‘rinda 
turadi.  Publitsistikaning  boshqa  janrlari  kabi  axborot  ham  jamoatchilik 
fikriga  yangi  fakt,  voqea,  hodisa  tafsiloti,  yangi  fikr  yetkazadi  va  uni 
uyg‘otadi.  Bu  axborotning  bosh  xususiyatidir.  Jamoatchilik  fikrini 
uyg‘otmaydigan 
qumq, 
yuzaki 
axborot  jumalistikaning 
ijtimoiy 
vazifalarining 
bajarilishiga 
to ‘sqinlik 
qiladi. 
Axborot  jurnalistika 
tamoyillarini  ham  o ‘zida  aks  ettiradi  va  umuminsoniy,  xalqchil,  milliy, 
haqqoniy b o iis h i  shart.  Hozirga kelib jahon jurnalistikasi yuksak darajada 
taraqqiy  etib,  axborot  y ig‘ish  va  tarqatishning  umumjahon  bozori  paydo 
bo id i  Bu esa axborot janri oldiga raqobatbardoshlik talabini ham q o ‘yadi. 
Bunda  axborotning  yangiligi, 
solm ogi. 
dolzarbligi, 
haqqoniyligi, 
tezkorligi  asosiy  ahamiyat kasb  etadi.  Axborot janri jurnalistika,  ommaviy 
axborot  vositalarining  barcha  ko‘rmishlarida  —   gazeta,  jurnal,  radio, 
televideniye  va  internetda  asosiy  o‘rin  egallaydi.  Dunyodagi  axborot 
agent!lklari  ommaviy  axborot  vositalarini  axborot  bilan  ta’minlab  turadi. 
Axborot  qaysi  ommaviy  axborot  vositasida  beritishiga  qarab  alohida 
xususiyat  kasb  etadi.  Masalan,  gazeta  va jurnal  axhoroti,  radio  axboroti, 
televideniyedagi  axboriy  ko'rsatuvlar,  internetdagi  saydlar  bunga  misol 
b o iad i.  Axborot janri jurnalistika,  ommaviy  axborot vositalarining barcha.
178


ko ‘rinishlarida  —   gazeta,  jurnal,  radio,  televideniye  va  internetda  asosiy 
o‘rin  egallaydi.  Dunyodagi  axborot  agentliklari  ommaviy  axborot 
vositalarini  axborot  bilan  ta ’minlab  turadi.  Axborot  qaysi  ommaviy 
axborot vositasida berilishiga qarab  alohida  xususiyat kasb etadi.  Masai an, 
gazeta  va  jurnal  axboroti,  radio  axboroti,  televideniyedagi  axboriy 
ko ‘rsatuvlar,  internetdagi saydlar bunga misol bo iad i.
Axborot janri  ijtimoiy  hayotni  yoritish  nuqtai  nazaridan  turli  xillarga 
bo ‘linib  ketadi.  Avvalo  axborotlar  ichki  va  tashqi  axborotlarga  boiinadi. 
Ichki  axborotlar  mamlakatning  (yoki  o ‘sha  jurnalistika  janri  chiqadigan 
hududning)  ichki  voqealari  haqida  b o isa ,  tashqi  axborotlar  mamlakat 
tashqarisida  yuz  bergan  voqealar  haqidadir.  Ichki  axborotlar  jurnalistika 
nashri  muxbirlari  tomonidan  tayyorlansa,  tashqi  axborotlar  boshqa 
jurnalistika  nashrlaridan,  axborot  agentliklarvdan,  shu  nashming  chef 
eldagi  muxbirlaridan  (agar bor b o isa )  olinadi.  Hozirgi davrga kelib tashqi 
axborotlarni  bevosita intemetdan ham  olish mumkin.  Axborotlar  shu bilan 
birgalikda  rasmiy  va  norasmiy  (oddiy,  kundalik)  axborotlarga  ham 
boiinadi.  Rasmiy axborotlar odatda  rasmiy  idoralar tomonidan va axborot 
agentliklari  orqali  beriladi.  Norasmiy  axborotlar  esa  muxbirlaming 
materiallari,  tahririyatga  kelgan  xatlar,  jurnalistika  materiallari  asosida 
tayyorlanadi.  Axborotlar  shu  bilan  birgalikda  kichik  (qisqa)  va 
kengaytirilgan  axborotlarga  ham  boiinadi.  Qisqa  axborotlarda  hayotdan 
olingan  fakt,  voqea  va  hodisalarning  eng  asosiy  mohiyati  haqida  qisqa 
shaklda  xabar  beriladi.  Bunday  axborotlar  gazetalarda  sarlavhasiz  yoki 
“Yangiliklar”, 
“Shu 
kunning 
xabarlari”, 
“Olamda 
nima 
gap?” , 
“Respublikamiz  hayotidan”  kabi  ruknlar  ostida  berilishi  mumkin.  Radio 
yoki televideniye  orqali  esa  “Yangiliklar”,  “Xabarlar”,  “Axborot” ruknlari 
ostida  ko‘rsatiladi.  Rossiya  televideniyesi  tomonidan  berib  boriladigan 
“Вести”  (“Xabarlar”),  “Новости” (“Yangiliklar”),  “Время” (“Vaqt”)  kabi 
axborot  ko‘rsatuvlari  shular  jumlasidandir.  Mazkur  axborotlar  ommaviy 
axborot vositalarining qaysi hududda chiqishiga qarab  “Viloyat xabarlari”, 
“Tumanimizda” kabi ruknlar ostida berilishi mumkin. 

Kengaytirilgan  xabarlar  esa  fakt,  voqea  v a;  hodisalarning  asosiy 
mohiyati  bilan  bir  qatorda  uning  muhim  tafsilotlarini  ham  o ‘zida  aks
179


ettiradi.  Bunday  xabarlar  o ‘ziga  tegishli  sarlavha  bilan  beriladi.  Radio  va 
televideniyeda ham bunday xabarlarga keng vaqt ajratiladi.
Xabarlar  shu  bilan  birgalikda  tematik  yoki  notematik  bo iish i 
mumkin.  Tematik  xabarlar  ijtimoiy  hayotning  u  yoki  bu  sohasi  haqida 
axborot  beradi.  Bunday  axborotlar  gazetalarda  “Viloyatlardan  daraklar”, 
“Madaniyat  xabarlari”,  “Tibbiyot  yangiliklari”,  singari  ruknlar  ostida 
beriladi.
’  Notematik  xabarlar  esa  bir  necha  mavzuga  bag‘ishlangan  b o iish i 
mumkin.  Bunday xabarlar “Har sohadan bir shingil”, “Kecha va bugun” va 
boshqa rubrikalar ostida berilishi mumkin.
Xabarlar  ijobiy  va  tanqidiy  b o iish i  ham  mumkin.  Ijobiy  xabarlar 
yuqoridagi  kabi  ko‘rinishlarda  b o isa ,  tanqidiy  xabarlar  “Tahririyatga 
xatlar”,  “Luqma”,  “Tashvishli  signal”  singari  ruknlar  ostida  beriladi. 
Ayrim  gazeta  va  jum allarda  har  bir  xabarga,  shu  jumladan  tanqidiy 
xabarga  mos  keladigan  alohida  rukn  ham  berilishi  mumkin.  Hajviy 
jurnallarda  esa  bir  necha  hajviy  (tanqidiy)  xabarlar  umumiy  rukni  ostida 
bosilishi ham mumkin.
Axborotning  tili  va  uslubi  ham  o ‘ziga  xos  b o iib ,  hayotdagi  fakt, 
voqea va hodisalar haqida qisqa,  lo ‘nda, yorqin va tushunarli tilda yozilishi 
lozim.  Unda  uzundan  uzoq jumlalar,  fikr-mulohazalar,  noaniq  fikrlarning 
bo iish i  aslo  mumkin  emas.  Shuningdek,  axborotda  ortiqcha  o ‘xshatish, 
mubolag‘a  va  boshqa  adabiy  vositalar  ishlatilmaydi.  Ayrim  obrazli 
iboralar, badiiy-ijodiy so‘zlar faqat juda zarur hollardagina (masalan hajviy 
axborotlarda) ishlatilishi mumkin.
Ommaviy  axborot vositalari  uchun  axborot  olish  manbalari xilma-xil. 
Avvalo -  ijtimoiy-siyosiy hayot, rasmiy idoralar,  iqtisodiy-ishlab chiqarish 
korxonalari  va  tashkilotlari,  madaniyat  muassasalari  axborot  olish  manbai 
hisoblanadi.  Shu  bilan  birgalikda  o‘tkaziladigan jurnalistika  anjumanlari, 
rasmiy majlislar, idoralarning jimialistika xizmati tomonidan tarqatiladigan 
axborotlar  ham  muhim  rol  o ‘ynaydi.  Axboriy  agentliklaming  axborotlari 
ham  bu o ‘rinda asosiy manba hisoblanadi.  Shuningdek,  internet va boshqa 
jurnalistika  nashrlari  ham  axborotni  kengroq  olinishiga  xizmat  qiladi. 
Tahririyatga  kelgan  xatlar,  jamoatchi  muxbirlarning  materiallari  ham 
axborot uchun qimmatli  manbadir.
180


Xulosa qilib aytganda, axborot janri jurnalistikani hayot bilan b o g ia b  
turuvchi asosiy vosita hisoblanadi.
Quyida axborotning ayrim turlariga doir misollar keltiramiz:
Rasmiy  axborot. 
,

Download 9,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish