Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya asoslari


AXBOROT KURASHI - MANFAATLAR KURASHI



Download 58,73 Kb.
bet10/15
Sana31.12.2021
Hajmi58,73 Kb.
#220575
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
4. Nodirjon o'rolov

AXBOROT KURASHI - MANFAATLAR KURASHI

Bugungi voqyealar, xususan, xalqaro terrorizmning payini qirqish borasida tuzilgan xalqaro koalitsiyaning shu yil 7 oktabr kuni kechasi Afg'onistondagi terroristlar bazalariga havodan zarba bera boshlagani butun dunyo ommaviy axborot vositalari e'tiborini Markaziy Osiyo mintaqasiga qaratdi.

Xalqaro terrorizmni ildizi bilan qo'porib tashlash uchun kurash bilan birga dunyoning "yangilik imperiyalari" o'rtasida o'z tomoshabinlari tinglovchilari o'quvchilariga yangilikni birinchi bo'lib yetkazib berish uchun bo'lgan kurash ham qizib ketdi. Bu tabiiyil Chunki har kim bu yerdan o'ziga tesha tegmagan yangilik axtaradi, shov-shuv ko'targisi, birinchi bo'lgisi keladi. Bu ham tabiiyil

Biroq, afsuski, ba'zan bo'lar-bo'lmasga sensatsiya ortidan quvish va "taqiqlangan usullar"dan ham foydalanish, ya'ni boks atamasi bilan aytganda, "beldan pastga zarba berish" hollari ko'zga tashlanyapti. Bu holni muayyan ommaviy axborot vositasi o'z xodimining xatosi yoki noaniqliliga yo'yib, keyinchalik raddiya berishi ham mumkin, ammo raddiya efirga uzatilganda yoki gazetada bosilganda o'sha noto'g'ri (to'g'rirog'i, g'arazli) xabar butun dunyoni aylanib chiqqan va uning buyurtmachilari o'z maqsadiga erishib olgan bo'ladi. Sensatsiyani ko'chirib bosgan ommaviy axborot vositalari unga bildirilgan raddiyani ko'chirib bosishga o'zida majburiyat sezmaydi. Manbani ko'rsatishning o'ziyoq ular zimmasidan har qanday masyuliyatni soqit qiladi.

Zikr etilgan terrorizmga qarshi kurashni yoritish jarayonida bu hol yana bir marta yaqqol namoyon bo'ldi. Rossiyadagi ayrim ommaviy axborot vositalarining go'yo toliblar O'zbekistonga qarshi jihod e'lon qilib, uning chegarasi yaqiniga 8 ming (10 ming) kishilik qo'shin to'playotgani, keyinchalik o'sha qo'shinni general Abdurashid Do'stum boshliq Shimoliy ittifoq qo'shinlariga qarshi kurash uchun Mozori-Sharif tomon jo'natgani to'g'risidagi xabarlari quyosh charaqlab turgan osmonda gumburlagan momoqaldiroqni eslatadi. Hatto Rossiya jamoatchilik televideniyesi muxbiri shu yilning 8 oktabr kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri A.Komilov va Prezident huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibi M.Rahmonqulov o'tkazgan brifingni sharhlayotib, shov-shuvlar dalillar bilan rad etilganini aytdi, biroq sharhi so'ngida prezident Islom Karimov o'zining Avstriya respublikasiga safarini qoldirganini o'sha shov-shuvlarning tasdig'i sifatida ustakorlik bilan qistirib o'tdi. O'z chegaralari yaqinida xalqaro terrorizmga qarshi urush bo'layotgan paytda har qanday davlat rahbarining boshqa bir mamlakatga rejalashtirgan safarni qoldirishi yoki kechiktirishi diplomatiya amaliyotida tez-tez uchrab turadigan hol. Qolaversa, buni Avstriya rahbariyati tushunish bilan qabul qildi, G'arbning yetakchi ommaviy axborot vositalari ham bunga shov-shuv tusini bermadi.

Bunday vahimali xabarlarni tarqatishdan ko'zlangan maqsad nima, degan haqli savol tug'iladi. Afg'onistonda terrorizmga qarshi olib borilayotgan harbiy harakatlardan foydalanib, vahimali xabarlar tarqatarak, O'zbekistondagi vaziyatni beqarorlashtirishdan kim manfaatdor? Nega endi ayrim Rossiya ommaviy axborot vositalari shunday yo'l tutyapti? Bu tasodifmi yoki uning zamirida uzoqni ko'zlagan maqsad yashirinmi?

Beixtiyor, rus shoiri V.Mayakovskiyning "Modomiki, osmonda yulduzlar charaqlab turgan ekan, ular kimgadir kerak" degan satrlari esga tushadi.

Bunday holni, afsuski, ayrim chet el radiolari tarqatayotgan xabarlarda ham ko'rish mumkin. Ularni sinchiklab kuzatgan kishi g'alati "mehnat taqsimoti"ning guvohi bo'ladi. Ba'zilari faqat inson huquqlari haqida gapirsa, boshqalari har bir xabari zamiriga o'zlari judo bo'lgan ulug' davlatchilik da'vosini yashiradi, yana boshqa biri esa nuqul go'yo O'zbekistonda dindorlar quvg'in qilinayotgani xususida jar soladi. Bu nimaning dalolati, ularga beriladigan buyurtmalar turlicha ekani isbotimi yoki ularni boshqa mavzu qiziqtirmaydimi?

To'g'ri, inson huquqlari, ommaviy axborot vositalari erkinligi muammolari haqida gapirish zarur. Buni hech kim inkor etmaydi. Biroq shaxsan men 1999 yilning 16 fevralida sodir bo'lgan terroristik qo'poruvchilik oqibatida halok bo'lgan o'nlab kishilar insonning eng muqaddas huquqi - yashash huquqidan judo bo'lgani to'g'risida gapirgan birorta xorijiy ommaviy axborot vositalarini eslay olmayman. Go'yoki bu tabiiy holday qabul qilindi. Nima, ularning yashashga haqqi yo'qmidi? Insonning yashash huquqini ta'minlamay turib, qanday qilib boshqa huquqlar va erkinliklar haqida gapirish mumkin? Yangilikni o'z vaqtida tinglovchilarga yetkazib beraman, deb masalaning mohiyatiga tushunib yetmay, sababini surishtirmay sensatsiya yasayverish shartmikin?

Har qanday demokratiya, huquqlar va erkinliklar muayyan bir mintaqa yoki davlatda ildiz otishi uchun o'sha joyda yashaydigan xalqning mentaliteti, urf-odatlari, anyanalariga tayanishi kerak emasmi?2

Ba'zi o'rinlarda ayrim ommaviy axborot vositalari vakillari Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyatning to'liq manzarasini berish maqsadida plyuralizm prinsipiga tayangan bo'lib, ayrim terroristlarning to'daboshilariga mikrofon tutib sayratmoqda, G'arb demokratiyasining jarchilari bo'la turib, ularning o'rta asrlarga xos yovvoyi, vahshiy g'oyalari targ'ib etilishiga o'z hissasini qo'shmoqda. Ular bu bilan kimning tegirmoniga suv quyayotganini o'ylab ko'rishyaptimi?

Demokratiyadan va'z o'qiydigan ba'zi bir hamkasblarimiz, demokratiyani turlab bo'lmaydi, u yagona, uning g'arbonasi ham, sharqonasi ham yo'q, deyishadi-yu, axborot tarqatishga kelganda o'zlari xohlagancha, yoki buyurtmachilari xohlaganday ish tutishadi. Shumi matbuot erkinligi?

Bu yerda maqsad birovni qoralash emas, aksincha, mintaqadagi vaziyatga mutanosib ravishda axborot kurashi suryati jadallashgan bir paytda mavjud jarayonni xolis yoritish o'rniga undan o'z maqsadlariga erishish yo'lida foydalanib qolishga urinishlar bo'layotganini ta'kidlab o'tishdir.

Shu o'rinda yana bir istihola tug'iladi. Biz ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari O'zbekiston haqida u yoki bu bo'htonni tarqatadigan bo'lsa, ulardan xafa bo'lishga, nari borsa, o'z televideniyemiz yoki radiomiz, gazetalarimiz orqali raddiya berishga o'rganib qolganmiz. Vaholanki, bugungi axborot kurashida vaziyatni kunlar yoki soatlar emas, daqiqalar hal qiladi. Nima uchun tegishli vazirliklar, idoralar, hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar chet el ommaviy axborot vositalari vakillarini yig'ib, raddiya berishi, o'z pozitsiyasini bayon qilishi, to'g'ri gapni aytishi mumkin emas?

Biroq bugungi dunyoda axborot kurashi bir soniyaga ham to'xtamaydi. Unda ba'zan nuqtai nazarlar, aqidalar, ma'lum bir prinsiplardan ko'ra, manfaatlar kurashi ustuvorlik qiladi. Bizning birdan-bir maqsadimiz ham, manfaatimiz ham o'zimiz haqimizdagi bor gapni dunyoga asl holicha yetkazishdir. Eng muhimi, prezident Islom Karimovning O'zbekiston Milliy axborot agentligi muxbiri savollariga javob qaytarayotib aytgan mana bu so'zlarini har doim esda tutishda: "Hushyorlik, ogoh bo'lib yashash - bu bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki kundalik ish, kundalik amaliy harakat bo'lishi lozim".




  1. Download 58,73 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish