O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI
Mutaxassislik: 70230502-Adabiyotshunoslik
(o‘zbek adabiyoti)
ALIYEVA E’ZOZA ZOKIRJON QIZINING
Magistr akademik ilmiy darajasini olish uchun
yozilgan
SHUKUR XOLMIRZAYEV HIKOYALARINING POETIKASI
MAVZUSIDAGI
DISSERTATSIYASI
Ilmiy rahbar: f.f.dok.U.Hamdam
Toshkent-2023
Mavzu: Shukur Xolmirzayev hikoyalarining poetikasi
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………..
I bob.O‘zbek hikoyachiligida Shukur Xolmirzayev ijodi
1.1Yozuvchi hikoyalarida mavzu rang-barangligi
1.2 Hikoyalarida davr muammolari
II bob. Adib hikoyalarining poetikasi
2.1 Ijodkor hikoyalarida badiiy-tasviriy vositalarning qo‘llanilishi
2.2 Hikoyalarida tabiat va inson munosabatlarining aks etishi
III bob. Shukur Xolmirzayev kichik janrlarining badiiy nutq
xususiyatlari
3.1Yozuvchi hikoyalarining syujet va kompozitsiyasi
3.2 Hikoyalarida obrazlar tizimi
Xulosa…………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zaruriyati.
,,Adabiyot xalqning yuragi,elning ma’naviyatini ko‘rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo‘l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta’sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o‘rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratish uchun hamma sharoitlarni yaratamiz’’,-dedi Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi vaqtida.
XX asrning 60-yillaridan o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shgan va XXI asrda ham barakali ijod etgan ,,O‘zbekiston xalq yozuvchisi’’, Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti sovrindori, ,,Mehnat shuhrati’’ ordeni sohibi Shukur Xolmirzayev 1940-yilning 24-martida Surxondaryoning Boysun tumanida tavallud topgan. Serqirra ijodiy faoliyat egasi, millatimizning fidoyi yozuvchisi, haqiqatgo‘y adib Shukur Xolmirzayev roman, qissa, hikoya, drama singari janrlarda ko‘plab badiiy asarlardan tashqari ijod psixologiyasi, ijodkor shaxsiyati, adabiyot va jamiyat munosabati kabi masalalarga bag‘ishlab o‘nlab adabiy-tanqidiy maqolalar yozgan.
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G‘afur G‘ulom ijodida o‘z bo‘yini ko‘rsatgan XX asr o‘zbek hikoyachiligi an’analarini Sh. Xolmirzayev shu asrning so‘nggi choragida yanada boyitdi va yangi bosqichga olib chiqdi.
Hikoya (ar.so‘z ma’nosi:1.Biror narsaning og‘zaki bayoni, tavsiloti; 2. Nasriy yo‘l bilan yozilgan kichikroq badiiy asar)-Izzat Sultonning asosli ta’kidlashicha, latifa mazmuniga kirgan voqeadan kattaroq, ammo povestga mazmun beruvchi voqeadan kichikroq sarguzashtni,ko‘pincha kishi hayotida bo‘lgan bir epizodni tasvirlaydi. Xususan,u ,,… minglab bo‘laklarga bo‘ligan romondir… kishilik taqdirining poyonsiz poemasidan bir epizod….shunday voqea va hodisani tanlab oladi va o‘zining tor ramkasida ifoda etadi’’(V.G. Belinskiy)
Hikoyaning eng ixcham ko‘rinishi novella (ital.novella yangilik)deb yuritiladi.
,,Xarakterning muayyan vaziyatdagi holati voqeaning keskin burilishi, nuqtasida, dinamik syujet, kuchli dramatizm, kutilmagan yechim asosida ko‘rsatish- hikoya(novella)uchun eng xarakterli xususiyatdir’’. (T.Boboyev)[4H.Umurov Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent. 2004 222-bet]
Shukur Xolmirzayev o‘zbek hikoyachiligida Abbdulla Qodiriyning tabiatni jonlantirib tasvirlash an’analarini rivojlantirdi, Abdulla Qahhordan so‘z tejash, detallarga katta ma’no yuklash, qahramon ruhiyatidagi ziddiyat va to‘qnashuvlarni soda va hayotiy, ixcham tasvirlash, dialoglardan jonli manzara yaratish sirlarini o‘rgandi.
,,….Abdulla Qahhor hikoyalari hozirgi kun adiblari xususan, hikoyanavislari uchun tom ma’noda bir maktab, milliy maktabdir’’-deganida ijodkor haq gapni aytgan edi.
Bundan tashqari Shukur Xolmirzayev J. London, E. Xeminguey, S.Tomson kabi jahonning mashhur yozuvchilari qatorida tabiat mavzusida takrorlanmas asarlar yaratdi.
Bu yozuvchi ijodining alohida bo‘rtib,ko‘rinib turuvchi bir qirrasidir.
Shukur Xolmirzayev hikoyalarida ortiqcha mubolag‘a, mulohazalarga yo‘l qo‘ymaydi. Xarakterlar inson ko‘ngli kechinmalarining in’ikosi sifatida gavdalanadi. Uning yozgan hikoyalari qahramon obrazining yangi va yorqinligi, kompozitsiyasining o‘ziga xosligi, qahramonlar tilining rang- barangligi bilan ajralib turadi. Uning asarlarida bir yoqlamalik aslo ko‘rinmaydi. Ya’ni qahramon oqlanmaydi ham, qoralanmaydi ham. Asosiy e’tibor uning qalbi, ma’naviyati, do‘stlarga, hayotga bo‘lgan o‘zgarishlar munosabatini ko‘rsatishga qaratadi.Hukm chiqarishni esa kitobxonning o‘ziga qoldiradi.
Uning ba’zi hikoyalarida mustaqil fikrlaydigan, hayotiy nuqtai nazarga ega bo‘lgan jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilish asosiy maqsad bo‘lish kerak ekanligi uqtirilganday go‘yo.Bu esa ijodkor ijodini o‘rganish har doimgidan ham zarur ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi ,,O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida’’gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 12-yanvardagi ,,Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida’’gi Farmoyishi, 2017-yil 20-apreldagi ,,Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida’’gi PQ-2909-sonli qarori, 2017-yil 28-iyuldagi ,,Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida’’gi PQ-3160-sonli qarori, 2019-yil 17-iyundagi PQ-4358-son ,,2019-2023-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’’gi qaror talablari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqodi muayyan darajada xizmat qiladi.
Shuning uchun Shukur Xolmirzayev yozgan hikoyalardagi badiiyat, til xususiyatlari, obrazlar silsilasi, mavzu rang-barangligi, o‘z davri muammolarining yoritilishini o‘rganish, ilmiy jihatdan tadqiq qilish dolzarb masaladir.
Tadqiqodning o‘rganlik darajasi:
Shukur Xolmirzayev nasrimizning turli janrlarida ijod etgan serqirra ijodkordir. Uning ijodi yuzasidan ko‘plab tadqiqod ishlari olib borilgan. Ijodining turli jihatlarini adabiyotshunoslar tomonidan e’lon qilingan maqolalarda ham ko‘rishimiz mumkin.Jumladan, H. Karimovning ,,Shukur Xolmirzayev ijodiy portreti’’ risolasi, akademik B.Nazarovning ,,Shukur Xolmirzayev’’nomli ijodiy portreti yaratilgan.Hikoyalari haqida U. Normatov, S.Mamajonov, Q. Yo‘ldoshev, H.Boltaboyev, O.Otaxonov, R. Qo‘chqorovlarning maqolalari e’lon qilingan.
Shukur Xolmirzayev hikoyachiligidagi mahorati, badiiy so‘z san’ati, tasvir uslubi haqida ilmiy tadqiqod ishlari olib borilgan. ,,Shukur Xolmirzayev hikoyalarining badiiy-uslubiy o‘ziga xosligi’’ mavzusida Sh.Doniyorova(1999), ,,Shukur Xolmirzayev hikoyalarida voqelikni badiiy idrok etish prinsiplari’’ mavzusida esa G.N.Tavaldieva(2001)tadqiqod ishlarinini e’lon qilishgan. Bundan tashqari H.Boltaboyev ,,Nasr va uslub’’(T: ,,Fan’’1992) risolasi, U.Normatov,,Nasrimiz ufqlari’’(T:Adabiyot va san’at 1974 8-bet) ,,,Yetuklik’’(T: Adabiyot va san’at 1982 354-355-bet) S.Mamajonov ,,Uslub jilolari’’ U.Normatov ,,Zaminda yashaymiz, zaminni o‘ylaymiz’’ maqolasida hikoyalariga xos uslub haqida,voqelikni badiiy idrok etish haqida xulosalar beradi.
,,Shukur Xolmirzayev zamondoshlari xotirasida’’(2010) kitobida Shukur Xolmirzayevga zamondosh ko‘plab adabiyotshunoslar tomonidan adib mahoratining yetuklik darajasining o‘ziga xos tomonlari haqidagi noyob xotiralari jamlangan. Olim Toshboyevning ,,Abadiy zamondosh’’(2018) kitobida yozuvchi asarlarining yozilish tarixi,sababi, yozuvchi shaxsiyati haqida fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |