Jurnalistika fakulteti


Yozuvchi hikoyalarida mavzu rang-barangligi



Download 119 Kb.
bet4/6
Sana06.07.2022
Hajmi119 Kb.
#749358
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Asosnoma nomerli

1.1.Yozuvchi hikoyalarida mavzu rang-barangligi

Shukur Xolmirzayev hikoyalarida mavzu va mazmun o‘ziga xos shaklda o‘z ifodasini topadi. Shafqatsiz realizmning nodir namunalarini yaratib ketgan adib asarlari realizm muxlisiga ham, romantika shaydosiga ham, simvolizm va modernizm tarafdorlariga ham munosib javob bera oladi.


Yozuvchining bir turkum asarlarida aqlli,intelektual,ziyoli odamlarning jamiyat tomonidan rad qilinishi,uloqtirib tashlanishi aks ettirilgan. ,,So‘nggi bekat’’, ,,Yashil ,,Niva’’’, ,,Ustoz’’, ,,Ko‘k dengiz’’, ,,Olabo‘ji’’, ,,Arosat’’….
Jamiyat tanazzulini,uning noto‘g‘ri yo‘ldan ketganini yuqorida nomlari keltirilgan asarlaridagi qahramonlarning ayanchli qismati orqali ko‘rsatib berdi. Aqlli odamni, aqlni xor qilgan jamiyat, davlat o‘zi uloqtirgani kabi nurab ketishini, parokanda bo‘lishini tasvirladi.
Sh.Xolmirzayev tasvirlagan hayot sehr-u tarovati va ohanrabosi bilan biz ko‘rib turgan real hayotdan maftunkor va jozibali edi. Bu badiiy olam fuqarolari- asl o‘zbeklar kecha qanday darajada o‘lchov -ibrat bo‘lgan bo‘lsa, erta va indin ham o‘shanday mavqeda sobit qoladi. Chunki ular asliyatdan ham a’lo, go‘zal va butundir. Bu hayotning ,ya’ni Xolmirzayev badiiy olamining qahramonlari soda odamlar. Samimiyatidan ularni yaxshi ko‘rib qolasiz.,,Bodom qishda gulladi’’hikoyasidagi Nosirjonning soda, samimiyligini qarang. Avvaliga dovdirroq bo‘lib ko‘ringan qahramonning yo‘l topolmay sarson yurgan odamlarga yordam berishi, manzilini ko‘rsatib qo‘yishini eshitganizda u haqidagi dastlabki xulosalaringizdan uyalib ketasiz. Uning o‘ziday sodda va samimiy muhabbati – bir necha kungina davom etgan ishqiy munosabatlari yig‘latmasdan qo‘ymaydi.
BUNDAY SAMIMIYAT, SODDALIK UNING ASARLATI TILIGA HAM XOS EDI
Shukur Xolmirzayev yararatib ketgan adabiy meros, rang-barang xarakter va obrazlar mohiyatiga e’tibor qilinsa, uning zamirida har qanday tuzum va mafkuradan baland turadigan hilqat-INSON borligi ayon bo‘ladi. Ana shu jihati bilan ham bu meros umrboqiydir. Davrlar o‘tadi, odamlarning turmush tarsi, qarashlari,qadriyatlari majmuasi o‘zgaradi,ammo Shukur Xolmirzayevning sof o‘zbekona g‘oya va tutumlari avloddan-avlodga o‘tib, o‘zbek xarakterini ko‘z-ko‘z qilib turaveradi.

,,O‘zbeklar’’hikoyasi o‘zbeklar haqida, o‘zbek millati uning mentaliteti haqida. Unda o‘zbeklarning soddaligi,mehmondo‘stligi, ochiqko‘ngilligi, bag‘rikengligi,saxovatpeshaligi kabi ezgu fazilatlari bilan birga ayrim salbiy jihatlari ham yaqqol ochib berilgan.


,,Odam’’ushbu hikoyada odamning butun boshli hayoti ,taqdiri hikoya qiladi.Rahima ismli ayolning hayoti kechmishlari qalamga olinishi misolida o‘quvchi umr va uning mazmuni haqida chuqur falsafiy mushohada yuritish imkoniga ega bo‘ladi.
,,Jarga uchgan odam’’ hikoyasida tabiat va odam….ular asli bir tushuncha .Sababi inson ham asli tabiatning bir bo‘lagi.Inson tabiat bag‘rida tug’iladi,o‘sadi, kamol topadi, vafot etadi.Bobolarimiz aytganlaridek, yerdan yaraldik va o‘lganimizda ham bizni o‘z bag‘riga oladi. Shu bois ham tabiatni ona deb ataymiz. Ammo ,afsuski ko‘p hollarda inson mana shu on atabiatga qarshi ish tutadi.Hayotning bir adolatli qonuni bor:har bir amal javobsiz qolmaydi.Ezgulik ezgulikni, yovuzlik yovuzlikni taqozo etadi….5
Shukur Xolmirzayev ijodining ma'lum bir qismini tabiat va inson munosabatlarini badiiy tadqiq etishga bag‘ishladi. Bu munosabatlar haqida adibniig o‘zi iqror tarzida yozgan ushbu so‘zlaridan ham anglash mumkin: «Men Boysun rayonida tug‘ilganman. Boysun - tog‘lik joy. O‘n ikki yoshimda o‘zim yolg‘iz miltiq ko‘tarib ovga chiqib ketardim. So‘ngra, bu yerda yashirishning hojati yo‘q: qaysarroq edim... Lekin bitta narsani yaxshi ko‘rardim: masalaning mohiyatini tushunishni» Bu so‘zlardan anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida, ya'ni ijodiy prinsiplari hali to‘la shakllanib ulgurmagan paytda yosh yozuvchi voqyelikni badiiy idrok etish yo‘llarini o‘rgana boshladi. U inson hayotini, yashash tarzini, abadiy tiriklik maibaini tabiat bilan uyg‘unlikda, bog‘liqlikda, birlikda deb biladi. Bu xulosaga u hozirgi Surxon elining olis avlod-ajdodi bo‘lmish qadimgi baqtriyaliklar hayoti tarzini kuzatish asnosida keladi, bu o‘lkaning ko‘hna ibtidoiy xalqlari dastlab tabiatga sig‘inishganini, uni ulug‘ bir ne'mat sifatida qadrlashganini anglaydi.
Yomg‘ir yog‘may qurg‘oqchilik bo‘lgan paytda ko‘kdan yomg‘ir tilab qo‘shiq aytishlar, bahorning birinchi darakchisi bo‘lmish boychechak chiqishi bilan bolalarning uyma-uy yurib xabar berishlari va qariyalarning eson-omon bahorni qarshilaganlari bois ko‘zlariga giyohni surib, tavof qilishlari, Navro‘z quvonchlari o‘sha qadim davrlardan to hozirgacha, ayniqsa, Surxondaryoda saqlanib qolganligi, yozuvchining bolalik xotiralarini ham band etgani sezilib turadi.
Yozuvchi bolaligida eshitgan qadimgi afsonalar mazmunida ham inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlikda katta ma'no yashiringanini anglaydi: «Momomning Tiniqoy kampir haqida aytgan ertagining mazmunini keyinchalik chaqishga urinib ko‘rdim...
Shukur Xolmirzayev ijodining ma'lum bir qismini tabiat va inson munosabatlarini badiiy tadqiq etishga bag‘ishladi. Bu munosabatlar haqida adibniig o‘zi iqror tarzida yozgan ushbu so‘zlaridan ham anglash mumkin: «Men Boysun rayonida tug‘ilganman. Boysun - tog‘lik joy. O‘n ikki yoshimda o‘zim yolg‘iz miltiq ko‘tarib ovga chiqib ketardim. So‘ngra, bu yerda yashirishning hojati yo‘q: qaysarroq edim... Lekin bitta narsani yaxshi ko‘rardim: masalaning mohiyatini tushunishni» Bu so‘zlardan anglashiladiki, 70-yillarning boshlarida, ya'ni ijodiy prinsiplari hali to‘la shakllanib ulgurmagan paytda yosh yozuvchi voqyelikni badiiy idrok etish yo‘llarini o‘rgana boshladi. U inson hayotini, yashash tarzini, abadiy tiriklik maibaini tabiat bilan uyg‘unlikda, bog‘liqlikda, birlikda deb biladi. Bu xulosaga u hozirgi Surxon elining olis avlod-ajdodi bo‘lmish qadimgi baqtriyaliklar hayoti tarzini kuzatish asnosida keladi, bu o‘lkaning ko‘hna ibtidoiy xalqlari dastlab tabiatga sig‘inishganini, uni ulug‘ bir ne'mat sifatida qadrlashganini anglaydi.
Yomg‘ir yog‘may qurg‘oqchilik bo‘lgan paytda ko‘kdan yomg‘ir tilab qo‘shiq aytishlar, bahorning birinchi darakchisi bo‘lmish boychechak chiqishi bilan bolalarning uyma-uy yurib xabar berishlari va qariyalarning eson-omon bahorni qarshilaganlari bois ko‘zlariga giyohni surib, tavof qilishlari, Navro‘z quvonchlari o‘sha qadim davrlardan to hozirgacha, ayniqsa, Surxondaryoda saqlanib qolganligi, yozuvchining bolalik xotiralarini ham band etgani sezilib turadi.

Download 119 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish