Jurnaldan ko‘chirib bosilgan maqolalar «Til va ada biyot ta’limi»dan olindi, deb izohlanishi shart



Download 8,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/79
Sana02.07.2022
Hajmi8,35 Mb.
#730310
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79
Bog'liq
8-son 2018 uz

Muammoli vaziyat varianti. 
Muhtaram preziden-
timiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqil-
gan 2017–2021-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar 
strategiyasining alohida bo‘limi yoshlarga qaratilgan. 
2017-yildan e’tiboran 30-iyun – Yoshlar kuni sifatida 
nishonlanadigan bo‘ldi. Prezident O‘zbekiston yoshla-
rining chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan 
mutlaqo yangi tashkilot – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqini 
tashkil etdi.
Muammo: 
Yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar-
dan barcha yoshlar o‘rinli foydalanib, jamiyat kutgan 
farzand bo‘la olyapti deb ayta olamizmi? Buning sababi 
nimada?
O‘quvchilar tomonidan berilishi mumkin bo‘lgan 
javob variantlari:
1-variant.
Buning uchun har qaysi ota-ona, ustoz va 
murabbiy har bir bola timsolida, avvalo, shaxsni ko‘ri-
shi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda 
biz yoshlar mustaqil va keng fi krlash qobiliyatiga ega, 
jamiyatimiz uchun ongli, komil farzandlar bo‘lib voyaga 
yetamiz.
2-variant.
Har qanday vaziyatda inson o‘z mustaqil 
fi kriga, zamonlar sinovidan o‘tgan hayotiy-milliy qadri-
yatlarga, sog‘lom negizda shakllangan dunyoqarash va 
mustahkam irodaga ega bo‘lmasa, turli ma’naviy tah-
didlarga, ularning goh oshkora, goh pinhona ko‘rinishi-
dagi ta’siriga tushib qolishi hech gap emas.
3-variant.
Jamiyat kutgan farzand bo‘lib, yurtimiz 
rivojiga, albatta, hissa qo‘shamiz. Buning uchun vaqt 
kerak. Yurtimizda biz uchun yaratilayotgan barcha 
shart-sharoitlarni qadrlaymiz. Biz ulug‘ ajdodlarimizga 
munosib farzand bo‘la olamiz.
4-variant.
Yosh avlodning kitobxonlik darajasi, 
ma’naviy dunyoqarashi, odamgarchilik va insoniylik 
fazilatlari rivojlangan bo‘lsa, albatta, o‘z maqsadiga eri-
shadi. 
O‘qituvchi: 
Aziz o‘quvchilar, yurtimizda bo‘layot-
gan siyosiy yangiliklardan boxabarligingiz meni xur-
sand qildi, fi krlaringizni tingladim. Yurtimizdagi yan-
giliklarni bilishingiz – kelajakka befarq emasligingizni 
anglatadi. Suhbatimizni davom ettirgan holda ush-
bu yillar davo mida mamlakatimizda ro‘y berayotgan 
o‘zgarishlar haqida fi kr almashishda davom etamiz. 
(Videoproyektor orqali Vatanimizda mustaqillik yillarida 
qo‘lga kiritilgan yutuqlar, qad rostlayotgan osmono‘par 
binolar, sport, san’at, musiqa, umuman, barcha soha-
larda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, barcha jabhalar rivoji 
uchun keng yo‘l ochilayotganligi, yoshlarga yaratilayot-
gan shart-sharoitlar... aks etgan slaydlar mayin musiqa 
hamohangligida namoyish etilib turadi). 
Mustaqillik yil-
larida mamlakatimizda olib borilgan oqilona siyosat tu-
fayli davlatimiz iqtisodiyoti qariyb 6 barobar, aholi jon 
boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlar 12 barobar-
dan oshdi, oltin valyuta zaxiralarimiz barqaror sur’atlar 
bilan ko‘paydi.
Iqtisodiyotimizning jahon bozoridagi raqobatbar-
doshligini yanada oshirish maqsadida 2030-yilga qa-
dar yalpi ichki mahsulot hajmini ikki barobardan ziyod 
ko‘paytirish, iqtisodiyotimiz tarkibida sanoatning ulushi-
ni 40 foizga yetkazish rejalashtirildi.
Xalqimizni arzon va ishonchli dori-darmon bilan 
ta’minlash maqsadida yuzdan ortiq loyihalar amalga 
oshirilmoqda. 162 ta yangi, hozirgi vaqtda chetdan olib 
kelinayotgan dori vositalarini o‘zimizda ishlab chiqarish 
va ularning umumiy hajmini 2,5 barobarga oshirish lo-
yihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. 340 
nomdagi dori vositalari va tibbiyot buyumlarining che-
garalangan narx bo‘yicha sotilishi qat’iy nazoratga olin-
gan.
2017–2020-yillarga mo‘ljallangan ko‘p tarmoqli fer-
mer xo‘jaliklarini rivojlantirish dasturiga asosan paxta 
maydonlarini bosqichma-bosqich qisqartirish, asosiy 
e’tiborni faqat eksportga yo‘naltirilgan meva-sabzavot, 
oziq-ovqat hamda chorvachilik mahsulotlari yetishti-
rishni ko‘paytirishga qaratish bugungi kundagi asosiy 
vazifalarimizdan biriga aylandi. Kelgusi yillarda me-
va-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmini 1,8 
barobarga oshirish, 200 ming tonna mahsulot saqlash 
quvvatiga ega bo‘lgan sovutgichli omborxona qurish 
hozirgi kunda mutasaddilarning e’tibor markazida. Bu 
o‘z navbatida yangi ish o‘rinlarini ochish, aholi daroma-
dini ko‘paytirish va mahalliy budjetga qo‘shimcha mab-
lag‘ tushirish imkonini beradi.
Tadbirkorlik sohasining yalpi ichki mahsulotdagi 
ulushi 56,5 foizga yetdi. Aholining 78 foizi aynan shu 
tarmoqda mehnat qilib, mamlakatimiz rivojiga munosib 
hissa qo‘shmoqda.
Milliy me’morchilik va shaharsozlik, qurilish va 
obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda. 
Shahar joylarda 945 ta ko‘p qavatli uylar, qishloq joylar-
da to‘rt xil yangi namunadagi, qulay va arzon, bir va ikki 
qavatli 15 mingta zamonaviy uy-joy barpo etish ishlari 
ustida ishlanmoqda.
25 ming 300 kilometr past kuchlanishli elektr tarmoq-
lari yangidan qurilib, 5 ming 600 ta eskirgan transforma-
tor podstansiyalari almashtirilmoqda.
O‘tgan yillar mobaynida 75 ming kilometr yoki 64 foiz 
ichki yo‘llarimiz ta’mirtalab ahvolda edi. Yangi dasturga 
asosan 1 ming 700 kilometr avtomobil yo‘llarini qurish 
va rekonstruksiya qilish mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur 
vaqt da aholimiz uchun o‘ta muhim bo‘lgan 10 ming 400 
kilometrlik xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, sha-
harlar, tuman markazlari va qishloq joylardagi mahalla 
ko‘chalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari samarali 
olib borilmoqda. 
So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantir-
ish, shuningdek, uning moddiy-texnik ba’zasini mustah-
kamlash uchun byudjetdan 1 trillion 230 milliard so‘m 
ajratilgan. Albatta, mana shunday e’tibor o‘z samara-
sini bermay qolmaydi. 2018-yil 15-iyul kuni mam-


veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
17
Dars – muqaddas
lakatimizning uch nafar professional bokschilari, Rio – 
2016 olimpiadasi chempionlari Fazliddin G‘oyibnazarov, 
Shahram G‘iyosov, Murodjon Ahmadaliyevlar AQShda
bo‘lib o‘tgan navbatdagi janglarini g‘alaba bilan yakun-
lab, xalqimiz olqishiga sazovor bo‘ldi. Bu g‘alaba yur-
timizning 27 yillik to‘yi uchun munosib sovg‘a bo‘ldi.
Islohot – islohot uchun emas, inson va uning man-
faatlari uchun xizmat qilishi kerakligi o‘zining amaliy 
tasdig‘ini topdi. Xalq dardi tinglandi.
Yoshlar va ta’lim sohasiga asosiy e’tibor qaratildi. 
Yoshlarning intellektual rivoji, iste’dodi, qobiliyatlarini 
to‘liq ta’minlash maqsadida O‘zbekiston yoshlarining 
chinakam suyanchi va tayanchi bo‘la oladigan mutlaqo 
yangi tashkilot – O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etil-
di. Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlar hayotidagi eng 
dolzarb masalalarni hal etish, uyushmagan yoshlarning 
hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun munosib sharoitlar 
yaratish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, 
kasb-hunarga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash, 
ularning tashabbuslarini rag‘batlantirishdir.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun – 30-
iyun Yoshlar kuni sifatida e’lon qilinishi ham ramziy 
ma’noga ega. Sababi ushbu Ittifoq davlat organlari 
hamda davlatning yoshlar siyosatini amalga oshirishda-
gi samarali faoliyatni ta’minlaydigan, “Yoshlar – kelajak 
quruvchisi” shiori ostida professional faoliyatni amalga 
oshiradigan tuzilmaga aylanadi... 
Aziz o‘quvchilar, darsimizning navbatdagi bosqichi-
da 

Download 8,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish