67
chiligiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Xuddi shu metod vositasida kashtachilik san’atining aso
-
siy mohiyatini o‘quvchi ongiga singdirish mumkin. Aynan shu metod orqali kashtachilik san’ati
namoyondalarining hayoti va ijodi haqida ham tushuncha berish imkoniyati mavjud. Mazkur
metod asosida ishlaganda ba’zi qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun o‘quv va hujjatli filmlarni
ko‘rish yaxshi natija beradi. “Kashtachilik san’ati” mashg‘ulotlarida bahs-munozara, o‘yin, mu
-
sobaqa tashkil etish, viktorina, krossvord, chaynvord yechish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu faoliyatning hammasi “Klaster” metodida to‘g‘ri ishlashga sharoit yaratadi. “Klaster” metodi
pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muam
-
mo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarini bemalol bayon etishlari uchun sharoit
yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash
imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab qiladi.
“Klaster” metodi aniq obyektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish
inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod mu
-
ayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilgunga qadar fikrlash qobiliyatining
bir me’yorda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya
bo‘lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki sinf asosida tashkil etiladigan mashg‘u
-
lotlar jarayonida foydalanish mumkin. Sinf asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ushbu
metod sinf o‘quvchilari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi.
Bu esa sinfning har bir o‘quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtiradi, ular
o‘rtasidagi aloqalarni bog‘lanishi va topa olinishiga sharoit yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi:
1. Mavzu bo‘yicha nimaiki o‘ylayotgan bo‘lsa, shu qog‘ozga yoziladi. Masalan, “Kashtachi
-
lik san’ati” fikrlar sifatga jiddiy e’tibor berilmagan holda davom ettiriladi.
2. Fikrlar uzoq-yaqinligi, o‘rnining almashinuviga qaramay, ular nihoyasiga yetmaguncha
yozib boriladi.
3. Imkon qadar tushunchalar doirasida g‘oyalarni ilgari surish va ular o‘rtasidagi aloqador
-
lik, bog‘liqlikni ko‘rsatishga erishish orqali g‘oyalar yig‘indisiga ega bo‘lish uchun harakat qilinadi.
Yuqoridagilar mavzu mazmuni va mohiyatini ongli, chuqur anglab yetishga xizmat qiladi.
Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarida “Kashtachilik san'ati” o‘quv jarayonida ma’lum muvaf
-
faqiyatlarga erishish uchun texnologik yondashuv sifatida muhim ahamiyatga ega. Chunonchi,
bu holat o‘quvchilarning badiiy tafakkurini boyitish, ongli dunyoqarashini rivojlantirish va mus
-
taqil ishlay olishini ta’minlashdagi zaruriyat bo‘lib, ularning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi. Eng
muhimi, o‘quvchilarning dunyoni ongida idrok etishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lishi, kelajagini o‘zi
mustaqil belgilab oladigan va zamon talabiga javob beradigan, bilimdon, zukko, barkamol avlod
bo‘lib yetishishdek ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishga keng yo‘l ochadi.
Pedagogik texnologiyalarni “Xalq hunarmandchiligi”ni o‘qitish jarayoniga olib kirishda, eng
avvalo, uning amaliyotdagi holati va nazariyasini o‘qib-o‘rganishni tashkil etishga alohida e’tibor
berildi.
Pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, kuzatish, nazorat qilish va uni xalq hunarmandchiligi
o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish, ularni tanlash, tahlil qilish
mashg‘ulotlarning qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida texnologiya ta’limi tajriba-sinov mashg‘ulotlarini kuzatish
va tahlillar natijasida dars mashg‘ulotlarini takomillashtirish uchun “klaster” metodidan foydala
-
nishning quyidagi strategik omillari zarur ekanligi aniqlandi:
1. Texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlari mazmuni, asosan, qo‘l
bilan
bajariladigan amaliy ish harakatlariga yo‘naltirilmog‘i lozim. Bu hol, xalq hunarmandchiligida
milliy kashtado‘zlikning turli xil mexanizatsiyalashtirilgan, elektrlashtirilgan, avtomatlashtirilgan