62
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
Tarixga nazar soladigan bo‘lsak, kasanachilik azaldan ota-bobolardan bizga meros
bo‘lib qolgan. Abu Nasr Farobiy va Abu Ali ibn Sinolarning qarashlarida inson ehtiyoj
-
lari haqidagi ta’limot markaziy o‘rinni egallaydi. Farobiyning fikri bo‘yicha, kishilarning
moddiy ehtiyojlarini jamiyat shakllanishining birlamchi sababi hisoblanadi. Zero, yuqo
-
rida aytilganidek, inson bu dunyoning oliy va ne’mati va uning ehtiyojlarini qondirish
har qanday jamiyatning yashash va rivojlanish shartidir. Inson ehtiyojlarini qondirishda
mehnat va mehnat qurollarining o‘rni benihoya bo‘lib, insonning harakat qilish mehnat
va yaratuvchanlik faoliyatining uyg‘unlashuvi asosida moddiy ne’matlar yaratiladi, de
-
gan fikr yotadi. Milliy pedagogik tajriba sinovidan o‘tgan o‘gitlar, chin insoniy fazilatlar
yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashning asosi – halollik, rostgo‘ylik,
o‘zaro hurmat, mehnat qilish, hunar egallash, mehnatni qadrlash, mas’uliyatli, tashab
-
buskor bo‘lish kabilar aks etadi. A.Tojiboyev, M.Asatullayeva IX-XV asrlarda Markaziy
Osiyoda ilm-fan, savdo-sotiq, iqtisod rivojini quyidagicha izohlaydilar: “Bu davrlarda
butun dunyoga tanilgan mutafakkirlar yashab ijod etdi. Ular asarlarida iqtisod, tijorat,
mulkdorlik, hunar sirlari, qarz olish, qarz berish, meros taqsimlash, yetim-yesirlarga
muruvvat ko‘rsatish,
xayr-ehson qilish, soliq turlari va miqdori, halol mehnat qilish,
kasb egallash, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanish haqida ibratli fikrlar ba
-
yon etilgan. Ular bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q”.
Sharqda tadbirkorlik tafakkurini rivojlanishida Yusuf Xos Xojibning “Qutadg‘u bilig”
nomli tarixiy asari alohida ahamiyat kasb etib, asarda mehnatga haq to‘lash, mehnatni
taqdirlash, boshqalar mehnatini qadriga yetish, moddiy manfaat, kasb-hunar egallash,
kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o‘rin berilgan.
Sharqda tadbirkorlikning amaliy asoslarini yaratishda
soliq masalasi markaziy
o‘rin tutadi. Sohibqiron o‘z soliq siyosatida ham xalqning manfaatini ustuvorligidan ke
-
lib chiqadi. Amir Temur ta’kidlaydiki, aholidan olinadigan soliqlar ularning ishlab top
-
gan daromadlariga qarab belgilanishi ularning qaysi biri el-yurt obodonchiligi yo‘lida
o‘z mol-mulki va sarmoyasini ayamay sarflasa, ularga davlat soliq to‘lashdan imtiyoz
berishi kerak.
Amir Temur tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va tadbirkorlarni ulug‘lab,
ularning nafaqat o‘zi, balki jamiyat uchun ham katta naf tegishini inson doimo faol
bo‘lishini ta’kidlab, o‘z tuzuklarida “Ish bilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy,
tadbirkor va xushyor bir kishi, ming-minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir”,
deb ko‘rsatadi.
O‘zbek xalqinig ma’naviy merosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Alisher Navoiy tadbir
-
korlik bilan bog‘liq g‘oyani ilgari suradi: Birinchidan, mehnatning miqdori va sifatiga
muvofiq taqdirlanish fikri bo‘lsa, ikkinchidan, mehnatga yarasha haq olish “Ona sutidek
halol” ekanligi haqidagi fikri bayoni berilgan.
Oilaviy tadbirkorlik masalalari Abdurauf Fitrat tomonidan yaratilgan “Oila yoki oila
boshqarish tartiblari” asarida bayon etilgan bo‘lib, oilaviy hayotni yo‘lga qo‘yish, oila
a’zolarining ahil bo‘lishlari, oilaviy farovonlikni ta’minlash shartlari kabi masalalarga
e’tibor qaratilgan. Asarda, shuningdek, oilada tadbirkorlik masalasini shakllantirishda
qo‘llaniladigan uslublar borasida ham so‘z yuritiladi.
Tushuntirish,
hikoya qilish, namuna ko‘rsatish, rag‘batlantirish kabi uslublardan
foydalanish oilada bolani tashabbuskorlik ko‘nikmalarini tarbiyalashda samarali ekan
-
ligiga e’tibor qaratiladi. A.Fitrat tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ishga mas’uliyat
bilan yondashish va intizom masalasiga alohida ahamiyat berib intizomni muvaffaqiyat
olish deb hisoblaydi.
63
Sharq xalqlarining ma’naviy me’rosida ilgari surilgan tadbirkorlikni rivojlantirishga
oid fikrlardan kelib chiqib tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda quyidagi xulosaga ke
-
lish mumkin.
Bugungi kunda tadbirkorlik nafaqat oilaning moddiy farovonligini ta’minlash omili,
balki keng ma’noda jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishida ham o‘rni beqiyosdir.
Tadbirkorning taqdiri o‘z qo‘lida bo‘lib, uning faoliyati rivoji uning maqsadini aniqligiga
iqtisodiy savodxonligiga va bir qator shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir.
Tadbirkorga xos shaxsiy sifatlarga ruhshunoslar quyidagilarni kirit ganlar:
tashabbuskor, sinchkov; imkoniyatni ko‘ra oladi va ularni ro‘yobga chiqaradi; tirishqoq,
ijodkor; e’tiqodli, halol, uddaburon, xushmuomala; tavakkalchi, qat’iyatli; ma’lumotlar
-
ni shaxsan o‘zi qidiradi; o‘z faoliyatini muntazam rejalashtiradi; mahsulotning sifatini
oshirish tashvishida bo‘ladi; shartnomalarni to‘liq bajarilishiga erishadi; muammolarni
original yo‘l bilan hal etadi; boshqalarni o‘z ta’siriga bo‘ysundirish strategiyalaridan
foydalanadi; xizmat etikasiga rioya etadi; tadbirkorlikni boshqarish mahoratiga ega
bo‘ladi.
Tadbirkorlikka oid qarashlarni umumlashtirgan holda tadbirkor uchun zarur bo‘l
-
gan uch asosiy qobiliyatni tarkibiga quydagilarni kiritish mumkin. Tadbirkor kerakli bi
-
limlarga ega bo‘lish:
– tadbirkorlikka oid qonun hujjatlarini yaxshi bilishi;
– biznesda ochilayotgan imkoniyalar, soliqlar, imtiyozlar haqida tushunchaga ega
bo‘lish;
– bozor iqtisodiyotining
xususiyatlarini bilishi;
– iste’molchilarni talablarini bilish;
– raqobatchilarni ustun va zaif tamonlari haqida ma'lumotga ega bo‘lish;
– ishlab chiqarish jarayonlarini bilishi;
– yordam olish manbalari haqida ma’lumotga ega bo‘lishi.
Ta’lim muassasalarda o‘quvchilarni tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlashda quyidagi
-
larni inobatga olish maqsadga muvofiqdir:
1. O‘smir qobiliyatini oldindan baholash. O‘smirning muayyan faoliyat turini qay
darajada o‘zlashtira olishini ota-ona oldindan aniqlashi zarur.
2. O‘smirning mehnatini uning kuchiga yarasha taqsimlash. Me’yordan ortiq talab
uning toliqishi, o‘ziga nisbatan ishonchsizlik hissining ortishi, ishdan bo‘yin tovlashiga
olib keladi.
3. Iste’dodni rag‘batlantirish. O‘smirning xatti-harakatiga ota-onaning munosabati
– mayl va qiziqishlarini munosib baholash, ularga dalda berish, rag‘batlantirish o‘smir
-
larda muayyan faoliyatga qiziqishini orttiradi.
4. Talabchanlik. Ota-ona o‘smirning muayyan harakatni bajarishi davomida ishni
sinchkovlik bilan puxta, vijdonan bajarishi, asbob-uskunalar, mehnat qurollariga ehti
-
yotkor, xom ashyoga nisbatan tejamkor bo‘lishni talab etishi lozim.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish joizki, ta’lim muassasalarida o‘quvchi
yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini tayyorlashda tadbirkorlikka xos bilim va ko‘nikmaga
ega bo‘lishi lozim:
– oilaviy tadbirkorlikni to‘g‘ri tanlash, ishlab chiqariladigan mahsulotni xaridorgirli
-
giga to‘liq ishonch hosil qilgan holda tadbirkorlik
faoliyatini boshlash;
– oilaviy tadbirkorlikni aniq tuzilgan reja asosida tashkil etish;
– oilaviy bisnesga erishishning yutuqlaridan biri, uning mamlakatda qabul qilingan
tadbirkorlikka oid huquqiy me’yoriy asarlarga tayanib tashkil etish.