Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


PROFESSIONAL TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/112
Sana12.04.2022
Hajmi2,05 Mb.
#546342
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Bog'liq
limi 5 Tayyor Шахобиддин

PROFESSIONAL TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI
KASB-HUNARGA O‘RGATISHNING O‘ZIGA XOS 
JIHATLARI


88
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
mahoratli, zamon talablarining o‘zgarishlariga moslashuvchan, o‘zining kasbi bo‘yicha 
innovatsion o‘zgarishlarga intiluvchan bo‘lishligi talab etiladi.
Respublikamiz professional ta’lim tizimi muassasalari oldiga malakali bo‘lajak 
ishchilarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish, bo‘yicha yangi vazifalarni qo‘y
-
moqda. 
Yangi turdagi professional ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan 
kasblari bo‘yicha yetarli bilim, ko‘nikma va malakalar berish oliy ta’lim muassasalarida 
tayyorlanayotgan kasb ta’limi o‘qituvchilarining metodik tayyorlik darajasi bilan cham
-
barchas bog‘liqdir. Kasb ta’limi o‘qituvchi va ustasining asosiy vazifasi professional 
ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarni o‘z sohalari bo‘yicha kasbiy o‘qitish hisoblanadi.
O‘quvchilarning o‘z kasblarini har tomonlama chuqur egallashga erishishlari pro
-
fessional ta’lim muassasalaridagi kasb ta’limi o‘qituvchilari, ayniqsa, kasb ta’limi us
-
talarining pedagogik tayyorligi va kasbiy mahoratlariga ko‘p jihatdan bog‘liq. Aynan 
kasb ta’limi ustasi o‘quvchilarga ularning bo‘lajak kasblari sir-asrori bo‘yicha amaliy 
ko‘nikma va malakalarni egallashlarida bevosita yordam beradi. Shu sababli kasb ta’li
-
mi ustasiga kasbga o‘rgatuvchi o‘qituvchi sifatida u o‘rgatayotgan sohaning mohir us
-
tasi bo‘lishligi katta ahamiyatga ega. Kasb ta’limi ustasi faoliyati o‘quvchilarning undan 
o‘zlari egallayotgan hunarlariga oid haqiqiy bilimlarni olayotganlariklarini qalbdan his 
qilganlaridagina samarali bo‘ladi. Bunday haqiqiy bilimlarni faqat shu hunarni yuksak 
kasbiy mahorat darajasida egallagan, ishlab chiqarish va hayotiy tajribalarga ega bo‘l
-
gan kasb ta’limi ustasi bera oladi. Demak, kasb ta’limi o‘qituvchi (usta)lari kasbiy fanlar 
bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishlari, pedagogik-psixologik bilimlarni 
egallagan bo‘lishlari bilan birga o‘zlarining ham o‘rgatayotgan kasbning mohir ustalari 
bo‘lishlari talab etiladi. 
Kasb ta’limi ustasining metodik faoliyati nazariy ta’lim sohasida faoliyat olib bo
-
ruvchi kasb ta’limi o‘qituvchisiga nisbatan bir qator tavsifli jihatlarga ega. Metodik fao
-
liyatning bunday o‘ziga xos jihatlari professional ta’lim muassasalaridagi amaliy ta’lim 
mazmuni va tuzilishining, shuningdek, mehnat jarayoni tuzilishi va mazmunining o‘ziga 
xos jihatlari bilan belgilanadi.
Masalan, professional ta’lim muassasalarida “3130200 – Qishloq xo‘jaligini mexa
-
nizatsiyalash” yo‘nalishi bo‘yicha kichik mutaxassislarni tayyorlashda faoliyat olib 
boradigan 5111000 – Kasb ta’limi (5630100 – qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash) 
yo‘nalishini tugatgan kasb ta’limi o‘qituvchi (usta)sining metodik faoliyatini o‘ziga xos 
jihatlari quyidagilar bilan belgilanadi:
– o‘quv-ishlab chiqarish ustaxona, laboratoriya, o‘quv poligoni, korxona sexi va 
boshqalarda o‘quvchilarning ishchi o‘rinlarini tashkil etish
– u yoki bu o‘quv-ishlab chiqarish topshiriqlari yoki muayyan ish turini bajarishdagi 
xatti-harakat, usul va metodlarni bilish va qo‘llash;
– amaliy ta’lim mobaynida yoki ish kunida ish vaqti va dam olishning almashinuvi
-
ni ta’minlaydigan faoliyat sharoiti, mehnat va dam olish tartiblarini o‘ziga xos jihatlarini 
bilish va qo‘llash;
– zaruriy sanitar-gigiyenik talablar, texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoi
-
dalarini bilish va qo‘llash;
– o‘quvchilarning yoshini hisobga olib o‘rnatilgan mehnat me’yorlarida nazariy 
ta’limni amaliy bilan maqbullikda almashinuvini bilish va qo‘llash;
– o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish mehnatini rag‘batlantirish;
– o‘quv, o‘quv-ishlab chiqarish va mustaqil mehnat intizomini qaror toptirish.


89
Amaliy ta’lim sohasida kasb ta’limi ustasi loyihalash faoliyatining o‘ziga xos jihatla
-
ri yana shundaki, uning ta’limiy faoliyati o‘quvchilarni muayyan malakaviy daraja (toifa) 
orqali ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga erishish uchun shart-sharoitlar yara
-
tishga yo‘nalgan bo‘lishligi lozim. Ularning shakllanish texnologiyasini rejalashtirilgan 
ishlab chiqarish va mehnat topshiriqlarini hisobga olgan holda tanlash kerak bo‘ladi.
Amaliy ta’limni loyihalash jarayonida quyidagi: maqsadli (didaktik va tarbiyaviy); 
mazmuniy (tuzilmaviy) va tashkiliy-metodik aspektlarni hisobga olish lozim bo‘ladi.
Maqsadli aspektning vazifasi o‘quv reja va dastur talablari bilan o‘quvchilarni tay
-
yorlash darajasi (bilim va ko‘nikma)ning mos kelishligi mezonlari va ularning muvaf
-
faqiyati me’yorlarini aniqlashtirishdan iborat. Tasdiqlanadigan me’yor va mezonlar aniq 
shakllangan hamda o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi lozim. Tarbiyaviy aspektda axloqiy 
me’yorlar va holatlar, ularni o‘zaro aloqadorlikda ishlaydigan bo‘lishligi, o‘quv materiali 
mazmuni, ularni ijobiy baholash uchun imkoniyati va boshqalar zarur bo‘ladi.
Mazmuniy (tuzilmaviy) aspekt bevosita maqsadli aspekt bilan bog‘langan. Uning 
o‘ziga xos jihati shundaki, u har bir o‘quvchi uchun maqbul topshiriqlarni tanlash, o‘quv 
materialini tuzish; mos keladigan mashqlarni ajratish, o‘quv-ishlab chiqarish ro‘yxatini 
ishlab chiqishga yo‘nalgan.
Tashkiliy-metodik (texnologik) aspekt. Uning amaliy ta’lim sohasidagi o‘ziga xos 
jihati mashq va topshiriqlarni loyihalash, joriy mashg‘ulot yoki yangi o‘quv yiliga mod
-
diy-texnik baza (dastgoh, jihoz, asbob, birlamchi materiallar, o‘quv-texnologik hujjat), 
frontal va individual o‘qitishni loyihalash, yozma yo‘riqnomani qo‘llashning o‘ziga xos 
jihatlari bilan bog‘liq. 
Demak, kasb ta’limi ustalarini tayyorlash kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlashdan 
unga xos metodik faoliyatning, asosan, amaliy faoliyatga yo‘nalganliligi bilan mazmu
-
nan farq qiladi. Kasb ta’limi ustalari o‘quvchilarga ular egallashi lozim bo‘lgan kasbga 
xos xatti-harakatlar, usullarni eng qulay yo‘llar bilan o‘rgatish bo‘yicha amaliy faoliyat 
olib boradilar. Bizningcha, hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalarining 5111000 – Kasb 
ta’limi (sohalar bo‘yicha) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha amaldagi o‘quv rejalari yuqo
-
rida ko‘rsatib o‘tilgan talablarning bajarilishini yetarlicha ta’minlay olmaydi. Shu sababli 
kelgusida professional ta’lim muassasalarida amaliy ta’lim bo‘yicha faoliyat olib bora
-
digan kasb ta’limi ustalarini tayyorlashni hozirgi kundagi mehnat bozori uchun malakali 
va raqobatbardosh ishchilarni tayyorlashga qo‘yilayotgan talablar asosida modernizat
-
siyalash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish