Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/112
Sana12.04.2022
Hajmi2,05 Mb.
#546342
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112
Bog'liq
limi 5 Tayyor Шахобиддин

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
Xalq milliy hunarmandchiligining yo‘nalishlari turli-tumanligi, sohalarining ko‘pligi 
uchun, faqatgina dars mashg‘ulotlarida ulardan mufassal foydalanish ko‘lami chega
-
ralanib qoladi. Shuning uchun ham ahamiyati jihatidan dars mashg‘ulotlaridan kam 
bo‘lmagan o‘quv-tarbiyaviy tadbirlarning ham o‘rni kattadir. Chunki, bunday mashg‘u
-
lotlarga o‘quvchilarning qiziqishlari juda yuqori bo‘ladi. Mazkur mashg‘ulotlar jarayo
-
nida o‘quvchilar o‘zlarini erkin tutadi. Bir-birlariga nisbatan hurmat nuqtayi nazaridan 
munosabatda bo‘ladilar. 
Milliy qadriyatlarni umumiy o‘rta ta'lim maktablarida texnologiya ta’limi va kasbga 
yo‘naltirish sohalariga tayangan holda foydalanish yuqori samaralarni berdi. Buning 
uchun, ushbu soha zaruriy o‘quv uslubiy ta’minot, moddiy-texnika, materiallar va mu
-
taxassis pedagoglar bilan mujassamlashtirilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlar asosida texnologiya ta’limi mashg‘ulotlarida “klaster” metodidan 
foydalanishning quyidagi strategik vazifalarini belgilab oldik:
– o‘quvchilarda o‘qish va texnologiyaga bo‘lgan ongli munosabatni shakllantirish, 
uning aqliy va jismoniy rivojlanishini ta’minlash;
– o‘quvchilarda mehnatsevarlik, axloqiy, fuqarolik, tejamkorlik, ijodkorlik kabi in
-
soniylik fazilatlarini tarbiyalash hamda ular faoliyatida texnologiyani doimiy ehtiyojga 
aylantirib borish;
– o‘quvchilarda umumtexnologik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, texnika
-
viy, texnologik, ishlab chiqarish va milliy hunarmandchilik sohalari bo‘yicha dunyoqa
-
rashlarini shakllantirish.
– o‘quvchilarning bilim va mehnatga bo‘lgan muhabbatini shakllantirish, mehnat 
ahllariga nisbatan hurmat hissini singdirish, ularni jamoatchilik va vatanga sadoqat 
ruhida tarbiyalash; 
– o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, xaridorgir 
iste’mol mollari, raqobatbardosh mehnat mahsulotlari ishlab chiqarishga odatlantirish, 
tayyorlangan mahsulotlarni iste'molchilarga yetkazish vositalarini o‘rgatish, ish bosh- 
qaruvchilik, homiylik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik fazilatlarini singdirib borish va rivoj
-
lantirish;
– texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish jarayoniga o‘zbek milliy hunarmand- 
chiligi sohalarining kiritilishi orqali xalqning milliy ruhi, yashash turmush tarzlari, an’a
-
nalarini, udumlarini, urf-odatlarini tiklash va rivojlantirish, milliy qadriyatlar, tarixiy yod
-
gorliklar, obidalar, xalq ustalarining boy meroslarini o‘rganish, o‘rgatish va ularni amaliy 
faoliyatlarda qo‘llash vazifalarini hal etish;
– texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish jarayonida axborot texnologiyalari va 
hisoblash texnikasi, zamonaviy texnologiya va jihozlarning qo‘llanilishi davr talablari 
darajasida va jahon tajribalariga mos holda o‘rgatilishini ta’minlash. 
Texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirishni sifatli va samarali darajada amalga 
oshirishda maktablar, maktabdan tashqari qo‘shimcha tarbiyaviy muassasalar, oila, 
ishlab chiqarish korxonalari, ishbilarmon va tadbirkorlar uyushmalarining o‘rni beqiyos. 
Ushbu muassasalar xalq milliy hunarmandchiligi bilan o‘zaro hamkorlikdagi munosa
-
batlarining o‘rnatilishi va rivojlanishining ahamiyati yanada oshirilishi lozim.
Aynan shu o‘rinda kashtachilik san’ati nihoyatda og‘ir va mashaqqatli ijod yo‘li 
ekanligini, naqqosh ustalarning asrlar davomida chiziqli tilsimotni egallashga bo‘lgan 
ta’limotini O‘rta Osiyo xalqlarining xalq hunarmandchiligi taraqqiyotiga qo‘shgan hissa
-
larini o‘quvchilarga tushuntirish maqsadga muvofiq. 
“Klaster” metodi o‘quvchining fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi hamda xalq hunarmand 


67
chiligiga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. Xuddi shu metod vositasida kashtachilik san’atining aso
-
siy mohiyatini o‘quvchi ongiga singdirish mumkin. Aynan shu metod orqali kashtachilik san’ati 
namoyondalarining hayoti va ijodi haqida ham tushuncha berish imkoniyati mavjud. Mazkur 
metod asosida ishlaganda ba’zi qiyinchiliklarga duch kelmasligi uchun o‘quv va hujjatli filmlarni 
ko‘rish yaxshi natija beradi. “Kashtachilik san’ati” mashg‘ulotlarida bahs-munozara, o‘yin, mu
-
sobaqa tashkil etish, viktorina, krossvord, chaynvord yechish ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bu faoliyatning hammasi “Klaster” metodida to‘g‘ri ishlashga sharoit yaratadi. “Klaster” metodi 
pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u ta’lim oluvchilarga ixtiyoriy muam
-
mo (mavzu)lar xususida erkin, ochiq o‘ylash va fikrlarini bemalol bayon etishlari uchun sharoit 
yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash 
imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab qiladi. 
“Klaster” metodi aniq obyektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish 
inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod mu
-
ayyan mavzuning ta’lim oluvchilar tomonidan puxta o‘zlashtirilgunga qadar fikrlash qobiliyatining 
bir me’yorda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi. “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya 
bo‘lib, undan ta’lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki sinf asosida tashkil etiladigan mashg‘u
-
lotlar jarayonida foydalanish mumkin. Sinf asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ushbu 
metod sinf o‘quvchilari tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. 
Bu esa sinfning har bir o‘quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtiradi, ular 
o‘rtasidagi aloqalarni bog‘lanishi va topa olinishiga sharoit yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi:
1. Mavzu bo‘yicha nimaiki o‘ylayotgan bo‘lsa, shu qog‘ozga yoziladi. Masalan, “Kashtachi
-
lik san’ati” fikrlar sifatga jiddiy e’tibor berilmagan holda davom ettiriladi.
2. Fikrlar uzoq-yaqinligi, o‘rnining almashinuviga qaramay, ular nihoyasiga yetmaguncha 
yozib boriladi.
3. Imkon qadar tushunchalar doirasida g‘oyalarni ilgari surish va ular o‘rtasidagi aloqador
-
lik, bog‘liqlikni ko‘rsatishga erishish orqali g‘oyalar yig‘indisiga ega bo‘lish uchun harakat qilinadi.
Yuqoridagilar mavzu mazmuni va mohiyatini ongli, chuqur anglab yetishga xizmat qiladi. 
Ta’kidlash joizki, umumta’lim maktablarida “Kashtachilik san'ati” o‘quv jarayonida ma’lum muvaf
-
faqiyatlarga erishish uchun texnologik yondashuv sifatida muhim ahamiyatga ega. Chunonchi, 
bu holat o‘quvchilarning badiiy tafakkurini boyitish, ongli dunyoqarashini rivojlantirish va mus
-
taqil ishlay olishini ta’minlashdagi zaruriyat bo‘lib, ularning badiiy-estetik didini tarbiyalaydi. Eng 
muhimi, o‘quvchilarning dunyoni ongida idrok etishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lishi, kelajagini o‘zi 
mustaqil belgilab oladigan va zamon talabiga javob beradigan, bilimdon, zukko, barkamol avlod 
bo‘lib yetishishdek ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishga keng yo‘l ochadi.
Pedagogik texnologiyalarni “Xalq hunarmandchiligi”ni o‘qitish jarayoniga olib kirishda, eng 
avvalo, uning amaliyotdagi holati va nazariyasini o‘qib-o‘rganishni tashkil etishga alohida e’tibor 
berildi.
Pedagogik texnologiyalarni o‘rganish, kuzatish, nazorat qilish va uni xalq hunarmandchiligi 
o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish, ularni tanlash, tahlil qilish 
mashg‘ulotlarning qiziqarli va mazmunli bo‘lishini ta’minlaydi.
Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida texnologiya ta’limi tajriba-sinov mashg‘ulotlarini kuzatish 
va tahlillar natijasida dars mashg‘ulotlarini takomillashtirish uchun “klaster” metodidan foydala
-
nishning quyidagi strategik omillari zarur ekanligi aniqlandi:
1. Texnologiya ta’limi va kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlari mazmuni, asosan, qo‘l bilan 
bajariladigan amaliy ish harakatlariga yo‘naltirilmog‘i lozim. Bu hol, xalq hunarmandchiligida 
milliy kashtado‘zlikning turli xil mexanizatsiyalashtirilgan, elektrlashtirilgan, avtomatlashtirilgan 


68

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish