Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 2,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/112
Sana12.04.2022
Hajmi2,05 Mb.
#546342
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112
Bog'liq
limi 5 Tayyor Шахобиддин

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2020. № 5.
www.xtjurnali.zn.uz
mida ijtimoiy intellektni rivojlantirish, ammo vitagen ta’lim texnologiyasi yordamida ijti
-
moiy intellektni rivojlantirishni tushuntirishdan avval, ijtimoiy intellekt haqida qisqacha 
tushun cha berib o‘tishni joiz topdik. Ushbu terminning psixologiya sohasiga kirib keli- 
shi ilmiy inqilobni yuzaga keltirdi. Ya’ni olimlar bir-biridan farq qiluvchi fikrlarni bildiradi. 
Lekin, shu kungacha ijtimoiy intellektning muayyan tarifi ma’lum emas. Ijtimoiy intellekt 
tushunchasini ilk bor 1920-yil E.Torndayk tomonidan ilmga olib kirgan. Uning fikricha 
ijtimoiy intellekt – “odamlarning muloqot jarayonida bir-birini to‘g‘ri tushunishi, munosa
-
batlarni oqilona olib borish” degan ma’noni bildiradi. 
Ijtimoiy intellekt 
bu – o‘zaro munosabatlarining muvafaqqiyatli olib borilishini 
ta’minlaydigan qobiliyatlar to‘plami. Boshqalarning fe’l-atvorini anglash qobiliyati, o‘zi
-
ga xos xatti-harakatlarda, vaziyatlarda o‘zini oqilona boshqara olish qobiliyatini o‘z 
ichiga oladi. Ijtimoiy intellektni tushuntirishga oid qarashlar juda ko‘p, ammo uning ya
-
gona ta’rifi belgilanmagan.
Taniqli rus va xorij psixolog olimlari ijtimoiy intellektni o‘rganish bilan shu-
g‘ullanishgan. Ijtimoiy intellektning mazmuni va funksiyalari haqida E.Torndayk, Dj.Gil
-
ford, K.A. Abulxanskaya-Slavskaya, K.Dunker, M.Sallivan, M.Tisak, G.Ollpor, N.Ken
-
tor, R.Shternberg, M.Ford va boshqa olimlar.
K.A. Abulxanskaya-Slavskaya esa, ijtimoiy intellekt – umumiy intellektning o‘ziga 
xos xususiyati, ya’ni ijtimoiy fikrlash jarayonida subyekt-subyekt aloqa munosabatlarini 
to‘g‘ri tashkil etishda qatnashadi. Shaxsning voqelikka munosabati va uning shakllari – 
axloqiy, huquqiy, siyosiy, ma’naviy tafakkurida o‘z ifodasini topadi. Umuman olganda, 
ijtimoiy intellekt haqida juda ko‘p olimlar o‘zlarining fikr va qarashlarini bildirgan. Olim
-
larning qarashlaridan kelib chiqqan holda, bizning fikrimizcha ijtimoiy intellekt – “in
-
sonlar bilan bo‘lgan muloqot jarayonini ijobiy olib borilishga, ijtimoiy munosabatlarning 
yaxshi o‘rnatilishiga, ijtimoiylashuv jarayoniga yordam beruvchi shaxs xususiyati” fikr 
yuzaga keladi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida ushbu tushunchaning ahamiyati qay darajada? Ijtimoiy 
intellektning mavjud muammolarini bartaraf etishda qanday ta’lim texnologiyalari kerak 
degan savol yuzaga keladi?
Ijtimoiy intellektni to‘g‘ri rivojlantirishda vitagen ta’lim texnologiyasi zarur.
Vitagen pedagogika – o‘quvchilarni hayotiy tajribalardan foydalanishga asoslan
-
gan pedagogika.
Vitagen ta’lim – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi ta’lim-tarbiya jarayonidagi 
to‘g‘ri muloqot o‘rnatish yo‘li, ta’lim jarayonida o‘z-o‘zini tarbiyalashning asosiy yo‘li, 
obyekt-obyekt munosabatlarini subyekt-subyektga aylantirish. 
Golografik yondashuv asosida vitagen ta’lim bilimlarni keng ko‘lamda o‘zlashti
-
rish, hamkorlikda birga ishlash amalga oshiriladi.
Kuzatishlar va tahlillar natijasiga ko‘ra shu narsa ma’lumki, o‘quvchi yoshlar-
ning tengqurlari orasida moslasha olmaslik, ular orasida o‘z o‘rnini topa olmaslik 
salbiy oqibatlarga olib kelgan. O‘quvchi dars jarayonida fanlarni yaxshi o‘zlashtirishi
mumkin ammo, atrofdagi tengqurlari orasida o‘z o‘rnini topa olmaslik, atrofdagilar 
bilan muloqotda qiynalishi, ijtimoiylashish muammolari hisoblanadi. Bunday holatlar 
o‘quvchining emotsional holatiga ta’sir etib qo‘ymasdan, uning ta’lim olishiga ham sal
-
biy ta’sirini ko‘rsatadi. O‘quvchilar orasida ijtimoiy intellektning muammolarini bartaraf 
etishda vitagen ta’lim vositasidan foydalanish mumkin. 
Har qanday hodisa va jarayonlarning g‘oyalarini asoslovchi, tushuntiruvchi kon
-
sepsiyalar mavjud. Shunday tushunchalarning qatorida vitagen ta’limi hisoblanadi. Vi
-


27
tagen ta’lim nazariyasida shaxsning ma’lum bir konsepsiyasini shakllantirish haqida 
gapirish mumkin. Pedagogik jarayonda vitagen ta’lim konsepsiyasiga suyanish ta’lim 
tizimiga taalluqli vazifalarni aniqlashga imkon beradi. 
Vitagen texnologiya hayotiy tajribalar asosida o‘rgatish hisoblanadi. Aslida barcha 
fanlarni vitagen ta’lim texnologiyasidan samarali foydalanish mumkin. Vitagen ta’lim 
texnologiya haqida mahalliy olimlarning fikrlari ilmiy manbalarda keltirib o‘tilgan. Bu 
haqida professor R.Safarova muharrirligi ostida chop etilgan “Pedagogik ensiklopedi
-
ya” asarlarida vitagen texnologiya tushunchasiga aniqlik kiritish bo‘yicha quyidagicha 
bayon etilgan: 
Vitagen ta’lim texnologiyasi – ta’lim oluvchilar shaxsining hayotiy tajribalarini faol- 
lashtirish, ularning intellektual-ruhiy quvvatlarini o‘quv maqsadlariga yo‘naltirishga xiz
-
mat qiladigan ta’lim texnologiyasi. 
Vitagen ta’lim – shaxsning hayotiy tajribasini dolzarblashtirishga qaratilgan o‘qi
-
tish tizimi bo‘lib, uning intellektual-ruhiy quvvatlaridan ta’limiy maqsadlarda foydala-
nishni nazarda tutadi. 
An’anaviy ta’lim tizimida bilimlarni uzatish va o‘zlashtirish jarayoni amalga osha
-
di. O‘qituvchi bilimlarni o‘quvchilarga uzatadi, ular esa bilimlarni o‘zlashtirganliklari
-
ni namoyon qiladi. Bunday vaziyatlarda jarayon markazida bilimlarni uzatish turadi. 
O‘quvchi o‘zi uchun shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtirgandagina 
ular haqiqiy qadriyatga aylanadi. O‘quvchi o‘zi his etgan, bilgan va amaliy faoliyatda 
qo‘llay oladigan bilimlargina ular uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Shunday bilimlar 
o‘quvchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanadi. Shu tariqa, shaxsning hayotiy tajriba
-
siga tayangan holda ta’lim jarayonida taqdim etilgan bilimlarni qadriyatga aylantirish 
alohida ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda ijtimoiy intellektni rivojlantirish ko‘nikmalarining konseptual asosla
-
rini ta’lim jarayoniga joriy etish golografik yondashuvni talab etadi. 
Golografik yondashuv ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga keng qamrovli bilim-
lar va hayotiy tajribalardan saboq beradigan o‘quv materialini yetkazish barobarida di
-
daktikaning nazariya va amaliyot birligi sanalib, kundalik hayotda uchraydigan muam- 
moli vaziyatlarni hal etishda yordam beradi va tushuntiriladigan mavzuni bayon etish
-
da quyidagi 3 ta omilni o‘z ichiga qamrab oladi:
1. Vitagen omil. Bu vitagen (hayotiy tajribaga asoslangan) axborot bo‘lib, didaktik 
maqsadlarga muvofiq tanlangan va metodik ishlov berilgan yangi mavzuni o‘rganish 
jarayonida o‘qituvchi tomonidan foydalanishga mo‘l jallangan o‘quv materiali sanaladi. 
Vitagen tajribalar deganda o‘quvchi ning o‘zlashtirgan, xotirasida muhrlangan, zarur 
hollarda faollashtirish va amaliyotda qo‘llashga tayyor bo‘lgan ma’lumotlar yig‘indisi 
tushuniladi. 
2. Didaktik omil. Bu o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga ta’lim mazmuni, o‘qitish 
vositalari, metodlari uzviyligida yetkaziladigan vitagen axborot hisoblanadi.
3. Konstruktiv omil. Bu sog‘lom turmush tarzi va vitagen tajribaga oid qo‘shimcha 
adabiyotlar va fanlar (pedagogika, psixologiya, yosh fiziologiyasi va gigiyenasi, tarbiya 
darslari, odobnoma) integratsiyasiga doir o‘quv materialidan foydalanish sanaladi.
Ta’lim jarayonida munosabatlarning subyekt-subyekt shaklida o‘rnatilishi hayotiy 
haqiqatga asoslangan. 
Vitagen o‘qitish jarayonida o‘qituvchilar sifatli bilim berish bilan birga kommuni
-
kator sifatida faoliyat olib boradi. O‘quvchilar qabul qiluvchilar hisoblanadi, ya’ni ular 
bilimlarni idrok etuvchilar va takrorlaydilar (bir nechta variantda). Ammo, bunday sha
-


28

Download 2,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish