Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


Kommunikativ kompetensiya –



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

Kommunikativ kompetensiya – 
bu o‘rganilayotgan chet tili bo‘yicha 
egallagan bilim, ko‘nikma va malakalarni muloqot jarayonida qo‘llay olish layoqatidir.
Chet tiliga oid umumiy kompetensiyalar 3 ta guruhga ajratilgan:
1

Lingvistik kompetensiya 
til materiali (fonetika, leksika, grammatika) haqida 
bilimlar va nutq faoliyati turlari (tinglash, gapirish, o‘qish va yozish) bo‘yicha ko‘nik
-
malarni egallashni nazarda tutadi.
2. Sotsiolingvistik kompetensiya
– so‘zlovchining biror bir nutqiy vaziyat, kom
-
munikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, 
ifoda usulini tanlash imkonini yaratadi. Sotsiolingvistik kompetensiya ijtimoiy-mada
-
niy kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o‘zi yasha
-
yotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy 
xususiyatlarni bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda 
taqdim eta olish qobiliyatini ko‘zda tutadi. 
3. Pragmatik kompetensiya
– o‘rganilayotgan chet tilida kommunikativ vazi
-
yatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, uzr so‘rash, noverbal 
harakat (imo-ishora)lar va h.k.lar orqali murakkab vaziyatlardan chiqib keta olish qo
-
biliyatini nazarda tutadi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida pragmatik kompetensiyani shakllantirishda 
o‘quv chilarning zukkoliklaridan samarali foydalangan holda ularga berilgan savollar
-
ga o‘quv chilar erkin javob berishlari, agar savol tushunarli bo‘lmasa
 (notanish mav-


8
“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
zuda murak kab gap va boshq.)
, “Sorry” degan holda o‘zlari bilgan ma’lumotlarni, 
she’rlarni aytib berishlari va noqulay vaziyatdan chiqib keta olishlari mumkinligini 
tushuntirish lozim. 
dunyoning rivojlangan davlatlari hamda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimi
-
ning chet tillari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish tajribasi asosida 
O‘zbekiston respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, xalq ta’limi vazirligi va 
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining 2013-yil 4-iyundagi “Umumta’lim fan
-
lari bo‘yicha uzluksiz ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini ishlab 
chiqish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi. Unga asosan umumiy o‘rta, o‘rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitiladigan 18 ta umumta’lim fanlari 
bo‘yicha rivojlangan davlatlarning ta’lim standartlarini o‘rganish natijalaridan hamda 
mamlakatimizda xorijiy tillardan uzluksiz ta’lim tizimining davlat ta’lim standartlari 
va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish tajribasidan kelib chiqib, kompetensiyaviy yon
-
dashuvga
 
asoslangan umumta’lim fanlari bo‘yicha uzluksiz ta’limning davlat ta’lim 
standartlari va o‘quv dasturlari loyihalari tayyorlandi. 
kompetensiyaviy yondashuvga
 
asoslangan standart va o‘quv dasturlari o‘quv
-
chilarda egallagan bilimlarni hayotda qo‘llay olish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega 
bo‘lish, o‘z huquq va majburiyatlarini chuqur anglash, mamlakat kelajagi yo‘lidagi 
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, axborot kommu
-
nikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda mustaqil ta’lim olish kabi ko‘nikmalar 
rivojlantiriladi.
Mazkur dTS va o‘quv dasturlari loyihalari respublikamiz viloyatlaridagi tajriba-si
-
nov maydonchalarida sinovdan o‘tkazilmoqda. Ushbu tajriba-sinov natijalari asosida 
o‘quv chilarda shakllantirilishi zarur bo‘lgan quyidagi kompetensiyalar belgilab olindi:
1. Tayanch kompetensiyalar.
2. Fanga oid umumiy kompetensiyalar.
Tayanch kompetensiyalar – insonning shaxs sifatida shakllanishi, kundalik ha
-
yotida muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan layoqatlar, qobiliyatlar
ko‘nikma va malakalardan iboratdir. Ular hozirgi kunda tadqiqot natijalariga ko‘ra ol
-
tita deb olingan.
1. kommunikativ kompetensiya.
2. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi.
3. Shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi.
4. ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi.
5. Milliy va umummadaniy kompetensiyalar. 
6. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda 
foydalanish kompetensiyasi.
Bundan tashqari, ta’limda har bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘quvchi
-
larda shu fanning o‘ziga xosligi va mazmunidan kelib chiqib, sohaga tegishli fanga 
oid umumiy kompetensiyalar shakllantiriladi.
Bugungi kunda biror bir o‘quv faniga oid umumiy va aniq kompetensiyalar miqdori 
nechta bo‘lishi kerak, degan savolga ilmiy tadqiqotchilar orasida yakdillik mavjud emas. 
Mazkur masala bo‘yicha har tomonlama tadqiqotlar amalga oshirilishi talab etiladi. 
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda bugungi kunda olimlar, metodistlar va tajri
-
ba-sinov olib borayotgan fan o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruh kompetensiyalarni 


9
shakllantirishda o‘zaro bir xil atamalarni tanlab olishi, shakllantirish uchun maqbul 
usul va metodlarni kelishib olishlari zarur. Jumladan, ko‘pgina maqolalar va qo‘llan
-
malarda “kompetensiyaviy yondashuv” so‘zini “kompetensiyaviy yondoshuv” deb, 
noto‘g‘ri nomlab kelishmoqda. Bundan tashqari, “Fanga oid umumiy kompetensi
-
yalar”ni ayrimlar “xususiy kompetensiyalar” deb nomlab, uning ma’nosini buzish
-
moqda.
Ma’lumki, maktab o‘quv predmetlari orqali o‘quvchilarga atrofimizdagi olam 
o‘rgatiladi. Olam esa yagona bo‘lib, uni tashkil etuvchi narsa va hodisalar bir-biri 
bilan chambarchas bog‘langandir. Shunga ko‘ra, uni o‘rganuvchi predmetlar ham 
o‘zaro bog‘liq holda o‘qitilishi kerak. 6-sinf fizika kursida o‘rganiladigan ko‘pgina 
mavzular keyingi 7-sinfda o‘rganiladigan kimyo kursi mavzularini tushunib olishga 
imkon beradi. Fizika darslarida olingan bilimlar ko‘pchilik mashina va mexanizmlar
-
ning ishlash tamoyilini anglab yetishga, mehnat darslarida asboblar va dastgohlar 
bilan ishlashda qo‘l keladi. Biologik jarayonlarda ham fizikaviy hodisalar muhim 
ahamiyat kasb etadi. Fizika fanining o‘zini ham muvaffaqiyatli o‘rganish uchun ma
-
tematika fanini bilish kerak bo‘ladi. Shu bois fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish 
uchun turdosh fanlarning o‘qituvchilari bahamjihatlik bilan ishlashlari zarur bo‘ladi. 
Fanlararo aloqani amalga oshirishda quyidagi asosiy yo‘nalishlarni ajratib ko‘rsa
-
tish mumkin:
• 
bir nechta o‘quv fanlariga tegishli bo‘lgan umumiy tushunchalar, atamalar va 
ta’riflarni bir xil qilib tanlash va tushuntirish;
• 
turdosh o‘quv predmetlarida o‘rganiladigan savollarni takroran o‘rganmasdan 
bittasida mukammal o‘rgatish;
• 
bir o‘quv fani uchun zarur bo‘lgan, lekin boshqa o‘quv fanida o‘rganiladigan 
tu shunchalarni o‘rganishda vaqt jihatidan ketma-ketlikni to‘g‘ri tanlash;
• 
o‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni rivojlantirishda va umumlashgan ko‘nikma 
va malakalarni shakllantirishda uzviylikni ta’minlash;
• 
umumiy tushunchalar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda yagona 
yonda shuvni amalga oshirish;
• 
turli fanlardan olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarda usullarning umumiyligini 
ko‘rsatish;
• 
turli fanlar (fizika, kimyo, biologiya, geografiya va h.k.)da o‘rganiladigan hodi
-
salarning o‘zaro bog‘liq ekanligini ko‘rsatish zarur.
Bundan tashqari, pedagoglar bilan o‘tkazilayotgan suhbatlarda ko‘pgina atama
-
larning yozilishi va talaffuzi turlicha bo‘layotganligi va bu borada tabiiy va aniq fanlar
-
ga oid atamalarni aniq bir tizimga keltirish zarurligi haqida fikr bildirilmoqda. Masalan, 
fizika fanidagi “Boltsman doimiysi” so‘zi, lotin alifbosiga asoslangan kitobda 
Bolsman 
doimiysi
deb yozilgan. Holbuki, olimning nomi 
L.Boltzmann
. Oldinlari atalib kelingan 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish