TAhRIRIyAT
5
haqida ko‘plab asarlar yaratishgan. xususan, Abdurauf Fitrat “Oila yoki oila boshqarish
tartiblari” deb nomlangan asarining ikkinchi qismini aynan farzand tarbiyasiga bag‘ish
-
lagan. Unda oiladagi eng og‘ir vazifa farzand tarbiyasi ekani, xalqning harakat qilishi,
davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi, zaif bo‘lib xorlikka
tushishi, faqirlik jomasini kiyib, baxtsizlik yukini tortib e’tibordan qolishi, o‘zgalarga tobe,
qul va asir bo‘lishi bolalikdan o‘z ota-onalaridan olgan tarbiyalariga bog‘liq ekanligi alo
-
hida ta’kidlanadi.
Mafkuraviy kurashlar qizg‘in tus olgan bir davrda turli niqoblar ostidagi yot g‘oyalar
ta’siriga tushib qolmaslik uchun, avvalo, kishida ma’naviy himoya qobig‘i bo‘lishi shart.
Ayniqsa, “ommaviy madaniyat”ning tahdidlaridan yoshlarni himoyalash, ularni milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida ulg‘aytirishda mahalla faollarining, ta’lim mu
-
assasalarida xizmat qilayotgan pedagoglar zimmasidagi dolzarb masalalardan biridir.
keyingi paytlarda “ommaviy madaniyat” niqobi ostida butun dunyoga keng tarqa
-
layotgan ma’naviy va axloqiy buzuqlik yoshlarimizning dunyoqarashiga ham jiddiy xavf
solmoqda. Axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm kabi yot va buzg‘un
-
chi g‘oyalarni internet orqali yoshlar ongiga singdirishga urinish kuchayib bormoqda.
Shu bois yigit-qizlarimizni ularning ta’siridan asrashimiz kerak.
Yoshlarning ta’lim-tarbiyasi haqida gap ketganda, mahallaning roli va ta’siri to‘g‘ri
-
sida to‘xtalmay ilojimiz yo‘q. Bejiz “Mahalla – ham ota, ham ona” deyilmagan. Mehr-oqi
-
bat, ahillik va totuvlik kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar aynan mahalla muhitida
rivojlangan. Bular esa yosh avlodning ongu tafakkurini shakllantirishda muhim ahami
-
yatga ega. demak, farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasida mahallaning o‘rnini hech narsa bilan
qiyoslab bo‘lmaydi.
Bugungi kunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari – mahalla instituti de
-
mokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya
qilishning muhim omiliga aylanmoqda. Yoshlarni barkamol qilib tarbiyalashda mahalla
ta’sirchan tuzilmaga aylandi. Bu jarayonda “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkor
-
ligi har tomonlama qo‘l kelmoqda.
Bolalarni tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, milliy g‘urur, vatanparvarlik ruhida tarbi
-
yalashga ko‘maklashish, yoshlarga diniy aqidaparastlikning salbiy ta’sirini to‘g‘ri anglab
yetishiga ota-onalar orqali ta’sir ko‘rsatish, ular ongiga ulug‘ ajdodlarimizning tarbiyaviy
o‘gitlarini singdirib borishga jamoatchilikni safarbar etishdek dolzarb vazifalar bevosita
mahallalar zimmasida.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, har qaysi ota-ona, murabbiy har bir bola tim
-
solida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Farzand tarbiyasiga ana shu oddiy talabdan kelib
chiqib yondashsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shu maqsadda yoshlar muammolarini
o‘rganishga qaratilgan ijtimoiy tadqiqotlar, aniqrog‘i, so‘rovlar o‘tkazishimiz kerak. Tad-
qiqot yakunlari bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, unda yoshlarning muam
-
molarini yechishga, orzularini amalga oshirishga, bandligini ta’minlashga, bo‘sh vaqtini
to‘g‘ri tashkil etishga qaratilgan vazifalar qamrab olinishi lozim.
Mahallalarda, ta’lim muassasalarida ibratli xonadon vakillari, urush va mehnat fax
-
riylari, yozuvchi va shoirlar, huquq tartibot organlari vakillari ishtirokidagi uchrashuv va
davra suhbatlarini muntazam ravishda o‘tkazib turish zarur. Ushbu tadbirlar qanchalik
ko‘paysa, ko‘zlagan maqsadlarga tezroq yetishamiz.
Muxtasar aytganda, ezgu maqsadimiz komil insonni tarbiyalash ekan, “Oila – ma
-
halla – ta’lim muassasasi” hamkorligini yanada rivojlantirish nafaqat ushbu tashkilot
-
lar, balki jamoatchilik vakillari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligiga ham
bog‘liqligini aslo unutmasligimiz kerak.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |