“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
g) kommunikativ kompetentlik – ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan,
o‘quvchilar bilan samimiy muloqotda bo‘lish, ularni tinglay bilish hamda ijobiy ta’sir
ko‘rsata olish.
3. Shaxsiy kompetentlik
– izchil ravishda kasbiy o‘sishga erishish, malaka dara
-
jasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o‘z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.
4. Texnologik kompetentlik
– kasbiy-pedagogik bilim, ko‘nikma va malakani bo
-
yitadigan ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologi
-
yalardan foydalana olish.
5. Ekstremal kompetentlik
– favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jara
-
yon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish,
to‘g‘ri harakatlanish malakasiga egalik.
N.A.Muslimov o‘zining tadqiqot ishlarida o‘qituvchining kasbiy kompetentligini
shakllanganlik asosini oltita sifat ko‘rinishida ta’kidlab o‘tgan, bular:
1) Motivatsion xislatlar (insonning butun hayoti davomida shakllanib, rivojlanib
boruvchi tanlagan kasbiga bo‘lgan ehtiyojlari, motivlari va maqsadlarni qamrab
oladi),
2) intellektual salohiyat (barcha rasmiy hujjatlar asosida o‘qituvchi axborot va
ma’lumotlarni uzatishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga intiladi);
3) irodaviy sifatlar (maqsadga intiluvchanlik, ichki va tashqi to‘siqlarni, jismoniy va
aqliy zo‘riqishlarni yenga olishlik, o‘zini tuta bilish va tashabbuskorlik xislatlari);
4) Amaliy ko‘nikmalar (psixologik, pedagogik, metodik va texnik-texnologik qobili
-
yatlar, amallar, individning faoliyat va muloqotning turli sohalaridagi ko‘nikmalari);
5) Hissiy sifatlar (o‘z hissiyotlarini boshqarishning zaruriy malakalarini shakllan
-
tirilishi (qahr, g‘azab, bezovtalik, arazlash, hasad, hamdardlik, uyalish, mag‘rurlik,
qo‘rqish, ko‘ngilchanlik, muhabbat va boshqalar)ni boshqarishi hamda o‘z hissiy holat
-
larini va ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni tushunishi);
6) O‘z-o‘zini boshqara olish (maqsadlarni va ularga erishish vositalarini tanlash
-
dagi erkinlik, vijdoniylik, o‘z faoliyatiga tanqidiy yondashuv, harakatlarning keng qam
-
rovliligi va anglanganligi, o‘z xulqini boshqalarniki bilan qiyoslab borishi, kelajakka
ishonch, o‘z jismoniy va psixologik holatini talab darajasida tutib turishi va boshqara
olishi).
Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o‘zi
-
ga xos jihatlari o‘rganilgan. Ana shunday tadqiqotlar sirasiga A.k.Markova va B.Naza
-
rovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin. (2-rasm)
2-rasm. Pedagogik kompetentlikning muhim tarkibiy asoslari (A.K.Markova)
Do'stlaringiz bilan baham: |