117
salalarni hal etishi nazarda tutiladi. O‘smir yoshdagi bolalar esa ota-onasidan tashqari
o‘qituvchilar va katta yoshdagi qarindoshlarini ham kuzata boshlaydi.
Ular bilan teng
muloqotda bo‘lishga harakat qiladi. Shu paytda o‘smirni qiziqtirgan masala va muammo
-
larni kim tezroq hal qilsa, o‘smir shu inson bilan muloqotga yaxshi kirishadi.
O‘spirin yigit va qizlar o‘zlarining ota va onasini ardoqlay boshlaydi. Ularni samimiy
hurmat qiladi, xayrixohlik bilan mehribonlik ko‘rsatish orqali munosabatda bo‘ladi. Lekin
ular o‘zlariga nisbatan ham xuddi shunday munosabatni talab qiladilar.
Oiladagi munosabatlar ta’sirida ilk bolalikdan umumiy ishga sodiqlik, vatanparvarlik,
qat’iylik, qadr-qimmat kabi yuksak insoniy tuyg‘ular shakllana boshlaydi. Turmushdagi sami
-
miy va oqilona munosabat, iliq ruhiy muhit ta’siri natijasida oila a’zolarida kamtarlik, ko‘ngil
-
chanlik, iltifot, sabr, uyatchanlik, to‘g‘rilik, mehnatsevarlik, vijdoniylik, mehnatga mas’uliyat,
izzat-nafs, tejamkorlik kabi shaxs xislatlari tarkib topadi. Agarda oiladagi turmush munosa
-
batlar qo‘pollik, andishasizlik negiziga qurilgan bo‘lsa, u holda oila a’zolari ruhiy dunyosida
kekkayish,
yalqovlik, mas’uliyatsizlik, shuhratparastlik illatlari rivojlanishi mumkin.
Shuning uchun ham oilada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni vujudga keltirish va uni
mil liy g‘oya ruhida mustahkamlash davlat ahamiyatiga molik masaladir. Negaki, ijtimoiy
hayotda yuz beradigan o‘zgarishlar, undagi yutuq va kamchiliklar, salbiy oqibatlar, murak-
kab liklar va ziddiyatlar oilada o‘z aksini topadi. Oila – jamiyat negizi, har bir insonda ilk
yosh ligidan boshlab ongida shakllanadigan barcha insoniy fazilatlar, ezgu niyatlar, qad ri-
yatlar takomil topadigan, huquqiy va ma’naviy tarbiya amalga oshiriladigan muhitdir. O‘z bek
oilasi o‘zida ko‘p asrlik mustahkam ma’naviy qadriyatlarilarimiz ravnaq topadigan shun day
maskanki, uning barqarorligi va mustahkamligi jamiyatimiz rivojining muhim omillaridandir.
Bunday xususiyatlar sifatida quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:
− 10-12 yoshli o‘smirda o‘zini qurshab turgan ijtimoiy voqelikda nima yaxshi, nima
yomonligi to‘g‘risida tushunchalar shakllana boshlaydi. U bunday tushunchalar to‘g‘ri
-
sida eng avvalo, yaqin qarindoshlari, badiiy va o‘quv adabiyotlari, televideniya hamda
bevosita kundalik hayotda duch keladigan voqea-hodisalar
orqali tasavvur hosil qiladi;
− 14-16 yoshli o‘smirda o‘z xatti-harakatining muayyan mezonlarga mos yoki zidligi
to‘g‘risida mustaqil baholash qobiliyati shakllana boshlaydi. Bunda u ichki ishonchiga
tayanish orqali muayyan qarorlarni qabul qiladi hamda o‘zining shaxsiy qarashlariga ega
bo‘ladi. U shu orqali yon-atrofda o‘zining ham fikrlari va do‘stlarini topa boshlaydi;
− 18 yoshga kelib fikrlash va ishonch samarasi o‘laroq shaxslarda dunyoqarash
shakllanadi. Aynan ushbu yoshda shakllangan qarashlar tizimi, tabiat va jamiyatga nis
-
batan munosabati shaxsning keyingi hayotidagi yo‘lini belgilab beradi.
Shakllanib bo‘lgan dunyoqarash keyingi o‘zgarishlarni qiyinchilik bilan qabul qiladi.
Oddiyroq qilib aytganda, dunyoqarashni o‘zgartirish ishonch yoki fikrlashni o‘zgartirish
-
dan ancha qiyinroq kechadi.
Oila bu – rivojlanib, o‘sib kelayotgan yosh shaxsning mukammal kamol topishining
asosiy instituti hisoblanadi. Agar razm solib ko‘riladigan bo‘lsa, hech qaysi davlat organi
yoki ta’lim muassasi o‘sib kelayotgan shaxsni oilasi kabi uni komil inson sifatida shakl-
lantira olmaydi. Ota-onaning yo‘qligi yoki oiladagi kelishmovchiliklar shaxsning rivojla
-
nishiga doimo salbiy ta’sir ko‘rsatib kelgan.
Oila qurishning asosiy maqsadi sog‘lom farzand ko‘rish, uni har tomonlama tarbiya
-
lab, yetuk inson qilib voyaga yetkazish va sog‘lom naslni davom ettirishdir. Ajdodlarimiz
o‘g‘il uylantirib, qiz chiqarmoqchi bo‘lsalar, bo‘lg‘usi qudalarining yetti pushtini surish
-
tirib, har taraflama sog‘lom oilalar bilan qarindoshchilik rishtalarini bog‘lashga harakat
qilganlar. Bu bilan ular kelajakdagi
yetti avlodini jismonan, ham ma’nan salomatligini
ta’minlashgan.