Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
keyingi paytlarda ro‘y berayotgan voqealar – g‘arazli maqsadli yovuz siyosiy 
kuch larning, diniy ekstremizm va aqidaparastlarning tahdidlari, ular tomonidan amalga 
oshirilayotgan mafkuraviy, ma’naviy xurujlar, mamlakatlar, xalqlarning taraqqiyot yo‘li
-
ga g‘ov bo‘lishga harakat qilayotgan “tizim buzuvchi”, “vayron qiluvchi” kuchlar faoli
-
yati bilan bog‘liq terrorchilik harakatlarining kuchayib borayotganligi g‘oyatda tashvishli 
holdir.
Prezidentimiz islom karimov ta’kidlaganlaridek, “Hozirgi kunda butun dunyoda 
yosh avlodning ongi va qalbini egallash uchun qanday keskin kurash borayotgani, 
bizning hayot tarzimizga, ma’naviyatimizga, dinimizga mutlaqo zid bo‘lgan zararli 
fikr va g‘oyalarni tarqatish orqali hali dunyoqarashi mustahkam shakllanib ulgurma
-
gan farzandlarimizni o‘zining qabih tuzog‘iga ilintirish uchun turli markazlar tomo
-
nidan qan cha-qancha kuch va mablag‘lar sarflanayotgani sizlarga yaxshi ma’lum, 
albatta”.
Yer yuzida yuz berayotgan bunday global o‘zgarishlar dunyo mamlakatlarining 
har biriga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Hozirgi bosqichda insoniyat g‘oyat murakkab, ziddi
-
yatli jarayonlarning guvohi bo‘lmoqda – bir tomondan, o‘tgan asrda o‘z yechimini top
-
magan an’anaviy muammolarga duch kelayotgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, so‘nggi 
vaqtda vujudga kelgan yangi xavf-xatar va tahdidlar girdobida qolmoqda. Pirovardida, 
bugungi kunda dunyo xalqlariga nisbatan dushmanlik qilayotgan terrorchi-diniy eks
-
tremistlarning xuruji o‘zining kuchaygan pallasiga kirgan bunday murakkab vaziyatda 
yurtimizga nisbatan tug‘ilgan xavfni bartaraf qilish bo‘yicha qanday javob berish kerak 
degan savol tug‘iladi. 
xo‘sh, bugungi kunda ma’naviy-ma’rifiy ta’lim-tarbiyaning real holati qanday? U 
murakkab, ziddiyatli, tahlikali davr talabiga javob berayaptimi? Ma’naviy-ma’rifiy tar
-
biya biz kutayotgan natijalarni to‘la-to‘kis berayaptimi? Bu sohada ta’lim tizimida ah
-
vol qanday? Yoshlarimizning ma’naviy dunyosi va ruhiy olamining shakllanishi davr 
shiddatiga mos kelayaptimi yoki orqada qolayaptimi? Albatta, bu savollarga berilgan 
javoblarni har tomonlama qoniqarli deb bo‘lmaydi. 
Afsuski, ayrim yoshlarimiz ma’naviyati va ruhiyatidagi G‘arb madaniyati ko‘p hol
-
larda milliy ruhiyatimizdan ustuvorroq tarzda namoyon bo‘lmoqda. Yoshlarimizda siyo
-
siy yetuklik yetishmayapti, nafaqat mamlakatda, balki jahonda yuz berayotgan o‘zga
-
rishlarga befarq bo‘lish, loqaydlik holatlari mavjud. Yoshlarimiz orasida kitob o‘qishdan 
ko‘ra kompyuter o‘yinlari oldida vaqtini o‘tkazish, mazmunan sayoz bo‘lgan turli xil 
janrdagi filmlar tomosha qilish odat tusiga kirib bormoqda va h.k. 
Bizning nazarimizda bunday holatlarning asosiy sabablari quyidagilar:
– ayrim o‘qituvchi, murabbiylarning ma’naviy salohiyati talab darajasida emas;
– ayrim o‘quv muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga yengil-yelpi, ikkinchi 
darajali masala deb qarash mavjud;
– ba’zi hollarda real vaziyatni hisobga olmagan holda hisobot uchun tadbirlar 
o‘tkazilmoqda;
– mustaqilligimizning asl mohiyatini, “kim edigu kim bo‘ldik?” degan fikrning asl 
mohiyatini yoshlarimiz qalbiga, ongiga yetarli darajada singdira olmayapmiz;
– ayrim joylarda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya samaradorligining monitoringi olib boril
-
mayapti, tahlili asosida tegishli chora-tadbir o‘tkazilmayapti;
– amalda yoshlarning dunyoqarashi, qiziqish doirasi, yechim va talab muammolari 
bilan yetarli darajada shug‘ullanmayapmiz. Aksariyat hollarda ayrim yoshlarning ichki 
dunyosi, o‘quv mashg‘ulotlaridan holi hayoti biz uchun “jumboq” bo‘lib qolmoqda; 


13
– ayrim hududlarda ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish uchun mo‘ljal
-
langan maxsus xonalardan deyarli foydalanmaslik, ularni “xo‘ja-ko‘rsinlik”ga, tekshiruv 
komissiyasi uchun jihozlab qo‘yish hollari mavjud.
Bunday vaziyat jamiyatimizda ma’naviyat va ma’rifat borasida olib borilayotgan 
ishlar yetarli darajada emasligi, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan jiddiy cho
-
ra-tadbirlar ko‘rish zarurligini taqozo etmoqda.
Masalani har tomonlama o‘rganish, tadqiq qilish natijasida shunday xulosaga kel
-
dikki, bizning fikrimizcha, bugungi kunda jamiyatimizda ma’naviyat va ma’rifat ishlari 
samaradorligini oshirish borasida quyidagi mulohazalarga e’tibor qaratish maqsadga 
muvofiq bo‘lar edi:
Birinchidan, ma’naviy-ma’rifiy ta’lim-tarbiya samaradorligini aniqlovchi mezonlar 
tizimini ishlab chiqish va uning asosida mavjud holatni aniqlab, tegishli chora-tadbirlar 
o‘tkazishimiz lozim.
ikkinchidan, yoshlarni sog‘lom dunyoqarashga erishishlari uchun ularni erkin va 
mustaqil fikrlashga, shu asosda oq va qorani bir-biridan ajrata olishga o‘rgatishimiz 
lozim. Bu borada mediata’limni ta’lim tizimiga kechiktirmay joriy qilish maqsadga mu
-
vofiq bo‘lar edi.
Uchinchidan, “Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi”, 
deydi mamlakatimiz rahbari. demak, bu sohaning boshida turgan o‘qituvchi, murab
-
biylarning ma’naviy yetuklik, pedagogik darajasiga tegishli baho berishimiz kerak.
To‘rtinchidan, mamlakatimiz istiqbolini, farovonligini o‘zida ifoda etuvchi milliy 
g‘oya asosida mafkuraviy tarbiyani shakllantirish bo‘yicha davr talabiga mos samarali 
mexanizm ishlab chiqib, tezlik bilan ta’lim-tarbiyaga joriy qilish lozim.
Faqat shunday yondashuv bilangina yoshlarimizni g‘ayrimilliy g‘oyalar xurujidan 
asrab qolishimiz mumkin. Buning zaminida jamiyatimizda kuchli mafkuraviy immuni
-
tetni shakllantirish maqsadi yotadi.
Prezidentimizning bundan 14 yil avval ta’kidlagan va o‘ta dolzarb bo‘lgan ushbu 
fiklarini esga olish maqsadga muvofiq bo‘ladi: “Bugungi kunda bir oddiy haqiqat bar
-
chamiz uchun ayon bo‘lishi kerak: oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mam
-
lakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, 
O‘zbekistonning xxi asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bular
-
ning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, o‘nib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz 
qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liqdir”.
Hozirgi davrda jamiyatimizda yuksak ma’naviyat va ma’rifatni qaror toptirishning 
nihoyatda puxta o‘ylangan, ilmiy asoslangan shunday mexanizmini yaratish lozimki, 
toki u hozirgi davrimizning barcha talablariga mukammal javob bera olsin.
qayd etish joizki, milliy mafkura va ma’rifat ma’navıyatning muhim tarkibi, milliy 
demokratik qadriyatlar ko‘rinishi va ijtimoiy hayotning siyosiy manbaidir. Shu sababli 
O‘zbekistonda mavjud ma’navıyat hodisasi demokratik qadriyatlar va talablarga javob 
beradi. Mazkur tushuncha va atamaning xorijiy tillarda aynan shu shaklda qo‘llanila
-
yotgani bejiz emas.
Zero, mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘quv fanlari va ma’naviy-axloqiy tadbirlar 
vositasida o‘quvchi-talabalarning ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor beril
-
moqda. Ayni paytda, bir muammo mavjudki, unga ko‘ra, o‘quvchi-talabalar ma’navi
-
yatining shakllanganlik darajasini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan emas. Boshqa
-
cha aytganda, qanday ko‘rsatkichlar asosida o‘quvchi ma’naviyati shakllangan, deb 
hisoblash mumkin? Albatta, bu borada turli yondashuvlarning bo‘lishi tabiiy. Chunki 


14

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish