Jurnal 1918-yil dekabr oyidan chiqa boshlagan


“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/121
Sana13.10.2022
Hajmi1,3 Mb.
#852976
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
Bog'liq
pdffox.com xalq-talimi

“XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.
2016. № 3.
www.xtjurnali.zn.uz
Har qanday pedagog, eng avvalo, u shaxsdir. Shunday ekan, pedagog intellekti 
birinchi navbatda shaxsning aql-zakovati, bilimi va tafakkuri, hayotiy tajribalarni egal
-
laganlik darajasini ifodalaydi. Pedagogik intellekt esa, bevosita yoki bilvosita kasbiy 
faoliyat bilan bog‘liq. Biroq u pedagogik faoliyat bilan professional darajada shug‘ullan
-
maydigan kishilarda ham mavjud.
Hozirgi davrda jamiyatda pedagogik bilimlarni, pedagogik savodxonlikni rivojlan
-
tirish ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning muhim vazifasi sanaladi. Pedagogik 
intellekt ancha keng qamrovli tushuncha bo‘lib, u kasbiy kompetensiya, pedagogik 
mahorat, pedagogik madaniyat, pedagog imiji kabi tushunchalarni ham o‘zida ifoda 
etadi. 
Shaxs intellekti milliy, diniy va umumbashariy qadriyatlar bilan chambarchas 
bog‘liq holda shakllanadi. Har bir ijtimoiy hodisa bevosita yoki bilvosita ta’lim-tarbiyaga 
ta’sir ko‘rsatadi. Shunday ekan, pedagog intellekti qadriyatlarsiz rivojlanishi mumkin 
emas.
Har bir xalq milliy o‘ziga xoslikda, o‘zining intellektual darajasi doirasida fikrlaydi, 
shu asosda borliqni anglaydi, idrok etadi. Bu holat etnik mentalitetning pedagog intel
-
lektiga ta’siri bilan bog‘liq.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya milliy qadriyatlarimiz va sharqona pedagogik tajri
-
balar asosiga qurilgan ekan, bizda pedagogik intellekt milliy mazmun kasb etishini e’ti
-
borga olish lozim. Agar xalqning ijtimoiy tarixiy tajribasi uning madaniyati bilan uyg‘un 
tarzda o‘quvchilarga taqdim etilmasa, jamiyatda ma’naviy xavf paydo bo‘ladi.
Hozirgi paytda ta’lim taraqqiyoti ayrim yo‘nalishlarda fan va ishlab chiqarishning 
rivojlanishidan orqada qolayotganligi yoki ta’lim fanning konseptual vazifalarini o‘zida 
to‘la ifoda etolmayotganligi muammosi mavjud. Bu muammo ta’lim muassasalari mod
-
diy-texnik va o‘quv-metodik bazasidan samarali foydalanilmaslik holatlarida, pedagog 
kadrlar ta’limga oid huquqiy-meyoriy hujjatlar talablariga rioya qilib faoliyat ko‘rsatishda 
tushunmovchiliklarga duch kelayotganida, darsliklardagi kamchiliklarda, pedagog xo
-
dimlar axborotlarni boshqarishi va media savodxonligida, ta’lim jarayonini rivojlantirish, 
uni fan bilan integratsiyalashuvini ta’minlash, ta’lim muassasalarida ilmiy-ijodiy muhitni 
shakllantirish va ilmiy-metodik faoliyatni samarali yo‘lga qo‘yish, ayrim innovatsiyalar 
va texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq qilishda ko‘zga tashlanadi. 
Mazkur muammolarning hal etilishi bir tomondan o‘qituvchi subyektini rivojlanti
-
rishga bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan pedagog kadrlarning intellektual salohiyatiga 
bog‘liq. demak, pedagogning intellektual salohiyati nafaqat ta’lim sohasidagi, balki bu
-
tun jamiyatdagi islohotlar va modernizatsiya jarayonlariga, global o‘zgarishlarga javob 
bera olishi zarur.
O‘zbekiston respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi davlat siyosatida pedagog kadr
-
larning intellektual va kasbiy salohiyatiga, shu bilan birga yoshlarning bilim salohiyati
-
ga, ulardagi iqtidor va iste’dodni aniqlash, ro‘yobga chiqarish va rag‘batlantirishga ham 
alohida e’tibot berib kelinmoqda. Buning huququy, dasturiy asosi, avvalo, O‘zbekiston 
respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va kadrlar tayyorlash milliy dasturida 
ishlab chiqilgan. xususan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda ta’lim sohasidagi davlat si
-
yosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish 
ta’kidlangan. kadrlar tayyorlash milliy dasturida esa, iqtidorli bolalar va iste’dodli yosh
-
larni aniqlash va o‘qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlarni yara
-
tish vazifasi qo‘yilgan. 


23
Yurtimizda yashayotgan har bir bolaning o‘ziga xos qobiliyati va iste’dodini o‘z 
vaqtida payqash, tarbiyalash va ro‘yobga chiqarish – bu o‘ta muhim vazifani na
-
faqat ota-onalarning ezgu-maqsadi, balki jamiyatning burchi sifatida o‘rtaga qo‘yish 
kerak. 
Mutafakkirlar har qanday ta’lim-tarbiyada eng asosiy narsa muallim, uning tafak
-
kur dunyosidir, deb bejizga aytishmagan. xxi asr intellektual tafakkur va salohiyat as
-
ridir. kuch – bilim va tafakkurda. Bunday sharoitda o‘z ishidan qoniqmasdan, doimo 
yangilikka intilib, bilim va malakasini oshirish ustida ishlaydigan, hayot bilan hamqa
-
dam bo‘lib yashaydigan o‘qituvchi va muallimlargina har tomonlama yetuk insonlarni 
kamol toptirishga qodir bo‘ladi.
demakki, o‘qituvchi va murabbiylarimizning aqlli, idrokli, zehnli bo‘lishi, ilm o‘r
-
ganishga, o‘z bilimini chuqurlashtirishga bo‘lgan intilishi farzandlarimizning taqdiriga 
daxldordir. ilmli, intellektual salohiyatli o‘qituvchigina ana shunday har tomonlama ka
-
mol topgan aql-zakovatli avlodni tarbiyalay oladi. Yangi davr bolasidan ham aynan shu 
xislatlarning bo‘lishi taqozo etiladi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish