OGAHIY IJODIDA TURKIY SHE`RIYAT AN`ANALARI / 6
O’zbek adabiyotida Alisher Navoiy ijodiy merosining keyingi davr adabiyotiga ko'rsatgan ta'siri ko'plab tadqiqotlarda yoritilgan. Xonliklar adabiyotiga mansub har bir ijodkor misolida Navoiyga izdoshlik masalasi maxsus tadqiq etilgan va mazkur tizimdagi ishlar tadrijiy davom ettirililishi aniq. Adabiy ta'sir ijtimoiy-madaniy hayotdagi yuksalishlar, ijodga yo'naltiruvchi etakchi omillar bilan bog'liq holda yuzaga chiqadi. Alisher Navoiyning Xorazm adabiy muhitiga ta'siri o'rganilganda, iste'dodli shoirlar qatorida tahlilning avj nuqtasi albatta Ogahiy ijodi bo'lib xizmat qiladi. Bu borada ayni mavzuga bag'ishlangan V.Abdullaevning "Alisher Navoiy traditsiyalarining xorazmlik
shoirlar tomonidan davom ettirilishi masalasi", S.Dolimovning "Alisher Navoiy va XIX asr Xorazm adabiyoti" nomli maqolalari diqqatga sazovordir. Ogahiy asarlarini nashrga tayyorlagan Olim S.Dolimov Navoiy ijodining Xorazm adabiy muhitiga ta'sirini, avvalo, tarjima adabiyoti bilan bog'laydi. Navoiy oziqlangan manbalar, uning didi-dunyoqarashini shakllantirishga zamin yaratgan badiiy adabiyot durdonalari tarjima adabiyoti orqali Xorazmga kirib keldi, bu Otz navbatida Navoiy ijodini o'rganish sari yo'l ochdi, deya baho beradi: "Navoiy va uning ijodini o'rganish uchun o'sha davrning ijtimoiy-adabiy muhitini o'rganishni muhim deb bildilar. Busiz Navoiyni va uning ijodiy merosini o'rganish mumkin emasligini yaxshi tushundilar. Shuning uchun dastlab XIV-W asrlarda maydonga kelgan fors tilidagi tarixiy va adabiy asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilishni muvofiq ko'rdilar" [Dolimov 2011, 29].
Hayotiy tajribadan ma'lumki, chuqur tayyorgarlik, bilimga asoslangan baquvvat tagzamin o'z samarasini tezroq va o'zgalardan farqli namoyon etadi. (Xuddi Shu jarayonni bosib o'tgan Olim N.Komilovning Xorazm tarjima maktabidan Alisher Navoiy ijodi tadqiqiga o'tib borgani barchaga yaxshi ma'lum).
Olim Xorazm adabiy muhitiga tarjima adabiyotidan keyin ta'sir ko'rsatgan omillardan yana biri kotiblar tomonidan Navoiy asarlarining kotchirilishi, deya belgilaydi. Darhaqiqat, Olim adabiy ta'sir nuqtalarini to'g'ri belgilab Olgan. Tarjima asarlar ustidagi faoliyat, matn ustida ishlash, mazmunni qayta tiklash jarayoni katta mashaqqatni talab etadi. Tabiiyki, bu jarayonda tarjimon asar ruhiga ko'chib o'tadi, adabiy-estetik zavq, intellektual bilish, ijodiy mashaqqat jarayoni uni etiltirib boradi. Ogahiy lirikasida ufurib turadigan Sharq adabiyotining boy an'analari, takrorlanmas badiiy mahorat ana Shu tinimsiz mehnatva Navoiy ijodiga bo'lgan muhabbat hosilasidir.
xususiyatlar yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Tabiat tasviri, fasllar ta'rifi, ijtimoiyaxloqiy mavzudagi g'azallarida shoirning shaxsiy tarjimai holiga doir chizgilar qator bo'y ko'rsatadi. Tabiat injiqliklari oldidagi jismoniy xastaligi, ruhiy bezovtaliklari, oddiy inson sifatidagi kechinmalari shoirni talqinsiz to'g'ri tushunishga yo'l ochadi. Maishiy turmush tarzi ifoda etilgan g'azallarni shoirning shaxsiy tarjimai holi bilan bog'liq holda biografik tahlil tamoyillariga ko'ra bemalol tahlil qilish mumkin.
Shoir ijodida etakchilik qiluvchi mavzu - bu albatta ishq-muhabbat mavzusi. Aynan ushbu mavzudagi g'azallaridan bir qanchasi Navoiy g'azallari ta'siri ostida yozilgan. Jumladan, Navoiyning sabo, holim borib sarvi gulandomimg'a ayt” matla'li g'azaliga nazira tarzda bitilgan g'azalini mazmun jihatidan qiyoslab ko'ramiz:
Lutfaylab, ey payki sabo, holimni sultonimg'a ayt, Ya'inkijonim dardini ishqidajononimg'a ayt.
Navoiy g'azalida tong shamoli orqali sunbul sochli, gul yuzli, sarv qadli diloromga oshiqning ahvolidan xabar yo'llanadi. Birgina baytda oshiqning holati, yorning ta'rifi va vositachi — subh nasimi birgalikda betakror kompozitsiyani tashkil etadi. Bu o'rinda oshiqdan ko'ra ma'shuqaning ta'rifi diqqatni tortadi. Ogahiy g'azalida esa har ikki misrada ham oshiqning jonini o'rtagan dardlar cheksiz ekanligi mazmunan davom etadi. Navoiy:
Buki la'li hasratidin qonyutarmen dam-badam, Bazmi aysh ichra labolab bodaoshomimg'a ayt.
Ogahiy:
Hijron tunida zarradek besabru orom o'lg'anim, Avji latofatda yuzi xurshidi tobonimg'a ayt.
Keyingi baytlarda oshiqning dardu holi kuchayib boradi. Subh orqali xabar yo'llanar ekan, yor hajrida o'zining qay holatga tushganini ta'riflash orqali voqealarni davom ettirishadi. Ogahiy o'z ahvolini ta'riflar ekan, yor ta'rifiga uchinchi misrada o'tib boradi, latofatda etilgan oy yuzli dildorga hajrida tunlari oromini yo'qotgan oshiqdan xabar yo'llanadi. Umuman olganda, Ogahiy Navoiy g'azaliga nazira bog'lashda baytlararo asosga tayanib, cheklanib qolmagan. Mustaqil, badiiy jihatdan mukammal g'azalning yangi namunasini yaratishga muvaffaq bo'lgan. Keyingi misralarda shoirning sabodan xabar yo'llashiga sabab bo'lgan holat oydinlashadi:
Man lol o'lub ko'rgan chog'i bir so'z xud aytolmag'um, Bori san ahvolimni ul oshubi davronimg'a ayt.
Agar Navoiy g'azalida yorini sog'ingan oshiq tong shamoli orqali butun o'zining holatini, sog'inch ishtiyoqlari, ko'rgan-kechirganlarini yo'llar ekan,
maqsad yor sog'inchi, degan xulosa chiqadi. Ogahiy g'azalida oshiqning maqsadmuddaosi yarq etib ko'zga tashlanib qoladi. Ya'ni, yorini ko'rgan mahalda hushini yo'qotib, sevgisini izhor qilolmaydi. Shunday bo'lgach, uning dil izhorlarini etkazish uchun vositachi - sabo kerak. Aks holda u qanday o'zligini anglatadi.
Lirik g'azaldagi asosiy etakchi obrazlar ham Ogahiy lirikasida o'ziga xos yo'sinda ifoda etiladi. Oshiqning jonini o'rtagan ma'shuqa haddan ortiq bevafo, uning vafo qilishiga umid yo'q. Jumladan, quyidagi g'azalda yorning nag'malari bir-bir ta'rif etilar ekan, g'azaldagi ta'rif-tavsiflarnnig o'zgarib borishi ohangdagi muqom-o'ynoqilikni o'zgarib borishini ta'minlagan:
Tunu kun karaming o'qini otasan hama olam elini nishona qilib,
Vale navbat agar manga etsa, xato qilasan necha nav' bahona qilib.
Ya'ni, marhamatidan hech kimni benasib qoldirmayotgan yor faqat oshiqni ko'rmaydi, ko'rib-ko'rmaslikka oladi, atay xato qiladi, xullas bahonasi ko'p. Ishqiy mavzudagi g'azallarda bu kabi nozik topilmalar ijodkorning taxayyyul olamining kengligini ko'rsatadi.
Man ochib hama g'am kutubig'a varaq, sen o'qub hama g'amza fanida sabaq,
Mani ishq eli zubdasi ayladi haq, sani husn eli ichrayagona qilib.
Yuqoridagi misralarda oshiq g'am sahifalaridan varaq-varaq kitob yozdi, ma'shuqa bo'lsa nozu karashma qilishda saboq oladiki, ado qilishning hamma usullarini biladi. Bu nag'malari bilan g'am kitobini yozishga hissa qo'shadi. Ikkinchi misrada ham oshiq va ma'shuq orasidagi farq firoq sari yuksalib, ular o'rtasidagi notenglikni kuchaytiradi.
Umuman olganda, Sharq adabiyotinnig boy an'analari, Navoiyning badiiy mahoratidan ta'sirlangan Ogahiy o'ziga xos betakror ijod namunalari orqali o'z davrining ko'plab shoirlariga ijodiy ta'sir ko'rsatdi. Lirikadagi badiiy topilmalar, nozik qochirimlar, badiiy san'atlar vositasidagi ifoda bo'rtiqligi Ogahiy she'riyatining o'ziga xosligini ta'minlagan omillardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |