OGAHIYNING FORSIY MEROSI / 11
Ogahiy ulkan lirik shoirdir. Zamonasidayoq e'tirof topgan, she'rlari tildan-tilga o'tib, el orasida shuhrat qozongan. U o'z ona tilidan tashqari fors tilida ham go'zal she'rlar yozdi, zullisonayn sifatida ikki tilda ijod qildi. Shoirning lirik asarlari ikki to'plamda jamlangan va har ikkisi bizgacha yetib kelgan. Ularning biri „Bayozi mutafarriqai forsiy» („Forscha she'rlar to'plami») deb nomlanib, mutaxassislar fikricha, shoirning talabalik yillari tuzilgan va u, nomlanishidan ma'lum bo'lganidek, shoirning fors tilida yozilgan she'rlarini o'z ichiga oladi. Unda ko'proq Chiqishdagi mumtoz shoirlarning she'rlari jamlangan bo'lib, Ogahiy she'rlari soni yigirmataga ham yetmaydi. Ogahiy devoniga «Ash’ori forsiy» nomi bilan fors tilidagi 1400 misradan ortiq she’ri ham kiritilgan. Devondagi asarlar mazmun-mundarijasi markazida ishq mavzusi turadi.
Ogahiy ijodining mavzu doirasi keng. Ammo u qaysi mavzuga murojaat qilmasin, ishqni chetlab o‘tolmaydi. Ishq uning qalamida mavzuni yoritishda, g‘oyani ilgari surishda asosiy badiiy vosita; she’riyatida ishq iymon, e’tiqod, vatan, zakovat timsoli kabi lirik qahramonning o‘ykechinmalari, faoliyati, dunyoqarashini harakatlantiruvchi kuch. Ogahiy devonida zamon va zamondoshlari tasviri ham katta o‘rin egallagan. Shoir o‘zi yashab ijod etgan murakkab davrni mahorat bilan badiiy umumlashtirganda, zamon va uning ahliga munosabat bildirganda, baho berganda, insonparvarlik, xalqparvarlik nuqtai nazaridan yondashgan.
MUHAMMAD RIZO OGAHIY FORSIY MEROSINING JANR VA MAVZU DOIRASI «Ash’ori forsiy» turkumining janr va gʻoyaviy mundarijasi Muhammad Rizo Ogahiyning forsiy merosi “Ta’vizul-oshiqinda “Ash’ori forsiy” nomi ostida alohida berilgan. Tadqiqotchilar tomonidan Xorazmda tuzilgan “Muntaxoboti ash’ori forsiy”dagi yana ikkita gʻazal ham Ogahiy qalamiga mansubligi aniqlangan. Ana shu manbalarni hisobga olgan holda Ogahiyning forsiy she’riyati hajmi 1300 misradan ortiqdir. “Ash’ori forsiy”da she’riy janrlar quyidagi tarzda tartib berilgan: 1. Gʻazaliyot. 2. Muxammasot. 3. Musamman Tariqai tahmin. 4. Munojot. 5.Ta’rixlar.
.Ma’lumki, gʻazal mumtoz adabiyotning eng tarqalgan janri boʻlib, ayni paytda shoir badiiy mahoratining me'zoni ham sanalgan. Haqiqatdan ham, “Ash’ori forsiy”da gʻazallar hajmi uning umumiy hajmiga nisbatan katta bir qismni tashkil qilmasa ham, oʻzida shoirning zullisonaynlik mahoratini aks ettira oladi. Biz istifoda etgan manbalarda “Ash’ori forsiy”dagi gʻazaliyot keng tartib qilingan.
“Ash`ori forsiy” tarkibida 5 muxammas, 56 musamman, 33 ta`rix, 54 munojot mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |