Ogahiy gʻazal matla’sida, ya’ni fikr quyoshi balkiy boshlagan misrada:
Zihi jonlarga vasling shavqidin ayshu tarab paydo,
Deb haq subhonahu va taolo vaslidin umidvor jonlarning hali dunyoga kelmasdanoq shavqlana boshlaganligi xabarini yetkazadi.
Navoiyni eslang:
Dedi: qay vaqtdan sen ishq aro mast,
Dedi: ruh ermas erdi jonga payvast.
Shoir fikricha, diydor umididan, ilohiy yuz koʻrinuv orzusidan gʻururlanish naqadar haybatli boʻlsa, ana shu diydordan mahrum boʻlmoq vahmi ham ana shunday dahshatlidir. Chunki bu ayriliq hayotga kelishning mohiyatidan mahrum, ma’nolarning ma’nosidan, tiriklik hikmatidan judo boʻlish demakdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |