Juft tuyoqlilarning umumiy tavsifi, iqtisodiy ahamiyati mavzusidagi kurs ishi


I bob. Juft tuyoqlilarga umumiy tavsif



Download 429,5 Kb.
bet3/56
Sana29.12.2021
Hajmi429,5 Kb.
#80576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
KURS ISHI. Usmonqulova 203

I bob. Juft tuyoqlilarga umumiy tavsif

1.1 Juft tuyoqlilarning umumiy xususiyatlari

Juft tuyoqlilar (Artiodactyla) turkumi. Bu turkumga yirik va o`rtacha kattalikdagi tuyoqli sutemizuvchilar kiradi. Ularning oyoqlari ko`pchiligida baland bo`lib, tez yugurishga moslashgan. Oyoqlarining sagital qismidan bukilishi va yozilishi tufayli harakat qiladi. Ularning III va IV barmoqlari juda kuchli taraqqiy etgan bo'lib, gavda o'qi shu ikki barmoq orasidan o'tadi. I barmog'i rivojlanmgan, III va V barmoqlari kichik yoki o'sib yetilmagan. O'mrov suyaklari yo'q. . Barmoq falangalari shox tuyoq bilan qoplangan. O`simlikxo`r, ayrim turlari (to`ng‘iz) hammaxo`r. Bir qancha turlari (echki, qo`y, sigir) xonakilashtirilgan. Juft tuyoqlilar sutemizuvchilarning barmoq uchida yuruvchilar guruhiga kiradi.

Juft tuyoqlilar turkumi kavsh qaytarmaydiganlar (Nonruminantia) va kavsh qaytaruvchilar (Ruminantia) kenja turkumlariga bo`linadi.Kavsh qaytarmaydiganlar (Nonruminantia) kenja turkumiga har xil kattalikdagi, tanasi og‘ir, bo`yni, oyoqlari va dumi kalta, terisi qalin bo`lgan juft tuyoqlilar kiradi. Kavsh qaytarmaydiganlar kenja turkumiga 3 ta oila (suv ayg‘irlari, to`ng‘izlar, pekarlar) va 10 dan ortiq tur kiradi. Shulardan MDHda, shu jumladan, O`zbekistonda bitta turi, ya`ni to`ng‘iz (Sus scrofa) uchraydi. Ularning qoziq tishlari yirik, kuchli rivojlangan, doimo o`sib turadi, oziq tishlari bo`rtmali, oshqozoni birmuncha sodda tuzilgan va ovqat chaynalish uchun og‘izga qaytarilmaydi, 2,5-nchi barmoqlari nisbatan uzun va yurganda yerga tegadi.

Kavsh qaytaruvchilar kenja turkumi- Bu kenja turkumga kiradigan hayvonlar oziq tishlarining chaynash yuzasi yassi tortilib, katakchalari yaxshi taraqqiy etganligi, ustki kurak tishlari va qoziq tishlari yaxshi rivojlanmaganligi yoki butunlay bo`lmasligi, pastki qoziq tishlari shaklan iskanaga o`xshashligi va 4 ta bo`limdan iborat (katta qorin, to`r qorin, qat qorin va shirdon) murakkab oshqozoni borligi bilan xarakterlanadi. Ayrim tur kavsh qaytaruvchilarda qat qorini bo`lmaydi. Yaxshi chaynalmagan ozuqa katta qoringa, undan to`r qoringa va so`ngra qayta chaynalish uchun og‘iz bo`shlig‘iga qaytariladi. Kavsh qaytaruvchilarning oyoqlari va bo`yni uzun, gavdasi ixcham, tez yuguradi, oyoqlarining 3,4-nchi barmoqlari kuchli rivojlangan, 2,5-nchi barmoqlari esa kuchsiz rivojlangan, kichkina va yurganda yerga tegmaydi. Ko`pchilik turlarida peshona suyagining o`simtasi hisoblangan shox bor. Ularda teri osti yog‘ qavati yaxshi rivojlanmagan.

Shuningdek juft tuyoqlilar barcha sutemizuvchilar uchun xos bòlgan umumiy xususiyatlarga ega:

1. Bosh miyada oliy nerv faoliyatining markazi , ya'ni kulrang miya moddasidan tashkil topgan yarimsharlar pòstloq , ayniqsa yaxshi rivojlangan. Quloqlari ichki òrta va tashqi quloqdan iborat. Òrta quloqda uzangi, bolĝacha va sandon suyaklari joylashgan. Hidlov organlarida bir qancha hidlov chiĝanoqlari bor.

2. Tirik bola tuĝadi, embrionini ona qornida mahsus organ- yòldosh olib yuradi, bola tuĝilgandan keyin esa ona organizmining mahsuloti- sut bilan boqadi.

3. Termoregulyatsiyaning òta takomillashganligi va issiqqonlik xususiyatini kasb etishi. Bu xususiyat ularda qonning aralash bòlmasligi, gaz almashinuvining kuchliligi va termoregulyatsiya moslamalari borligi tufayli yuzaga kelgan. Yuragi 4 kamerali bòlib, faqat 1 ta chap aorta yoyi saqlanib qolgan. Òpka alveolyar tuzilishga ega bòlib, nafas olish yuzasi juda oshib ketadi. Termoregulyatsiya, bir tomondan, issiqlik hosil bòlishini yoki oksidlanish jarayonini ta'minlash- kimyoviy termoregulyatsiya,ikkinchi tomondan issiqlik chiqarishni nafas olish va terlash jarayonida parlatish yòli bilan amalga oshirish fizik termoregulyatsiyani ta'minlaydi. Terisida har xil vazifalarni bajaruvchi kòpgina bezlar ( yoĝ, sut, ter, hid) bor. Bosh skeleti sinapsida tipida bòlib, uning ensa qismida ikkita ensa bòrtmasi bor, tishlari alveolalarda joylashgan. Tana bòshliĝi diafragma pardasi bilan kòkrak va qorin bòshliqlariga ajralgan. Qizil qon hujayralari yadrosiz bòladi, buyrak qopqa sistemasi hosil bòlmaydi. Tirsak bòĝimi orqaga, tizza bòĝimi esa oldinga qaratilgan, oyoqlari tanaga pastki tomondan birikkan, bòyin umurtqalarining soni bir xil- yettita bòladi.




Download 429,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish