Juda juda qadim zamon
Yuz berib bir hatomiz
Arshdan ketgan Momo Havo
Hamda Odam Atomiz
Bizlar turgan shu zaminni
Ular makon etganlar
Ov qilganlar yer chopganlar
Ekin tekin ekkanlar
Tong otmasdan Odam Ato
Shoshib ovga ketardi
Momo esa chaylasida
Otamizmi kutardi
Faqatgina o'zin sizlab
Boshqalarni sensirab
Yashar edi quv shayton ham
Shu atrofda tentirab
Garchi uning qavmi yo'qdir
Yo'qdir amma-holasi
Bor edi bir arzandasi
Yolg'izgina bolasi
Odam Ato tongda yana
Yumushiga yo'l oldi.
Omad tilab Momo Havo
chaylada yolg'iz qoldi.
Öltirdi xech kimsa yöq
na öngi, na sölida.
Paydo böldi shayton birdan
bolachasi qölida.
Salom berdi quyuq-quyuq
ta'zim qildi jilpanglab.
Va oxiri maqsadini
bayon etdi qilpanglab.
"Sadag'angiz ketay Momo
Siz chiroysiz olamga.
Bir soatlik ishim chiqdi
qarab turing bolamga".
Momo Havo hayotida
bölmagan hech bunday hol.
Öylay-öylay javob qildi:
"Mayliga, qoldiraqol..."
Odam Ato qaytti bir vaqt
Köngilini xushlagancha.
Kattakon bir toshbaqaning
böynidan ushlagancha.
Qarasaki turar shayton,
bor shoxi-yu tuyog'i.
Qanday holga tushdi shörlik
tushunarli buyog'i.
Osmon qolib zaminda ham
yöliqdi shu baloga.
Dilidagi bor zahrini
sochdi Momo Havoga.
"Bu öshaku fitna bilan
Arshda bizni xor qilgan.
Öshaku ikkimizni
toshbaqaga zor qilgan."
Odam Ato shaytonchani
la'nat bilan böktirdi.
Oyoq-qölin bog'lab söngra
dengizga chöktirdi.
Chidash berdi Momo Havo
uning barcha doviga.
Tongda turib Odam Ato
ketti yana oviga...
Yosh zaminga boqqan chog',
Gullar yal-yal yashnagan payt
Ya'ni peshin oqqan chog'.
Liboslari taram-taram,
Guldan chambar boshida.
Paydo bo'ldi shayton yana
Momo havo qoshida.
Bir qölida bolasi bor,
Bir qölida qog'ozi.
hayton endi she'r öqirdi -
G'oyat shirin ovozi..
'Asallarning asali Momo Havo,
Go'zallarning gözali Momo Havo.
Barchamizga mehribon Momo Havo,
Hammamizga jonajon Momo Havo.
Kazolardan kazosiz, Momo Havo,
Hokazo-hokazosiz, Momo Havo.
She'r öqirdi shayton jöshib,
Goh beliga qöl tirab,
Qushlar töxtab boqardi
Osmonlardan möltirab.
Shayton oxir tin oldi-yu,
Dedi Momo Havoga:
'..Tezda qaytib keladirman,
Ishim bitgan aytarli.
Siz bolamga qarab turing,
Yarim soat yetarli.'
Shayton shu zim g'oyib böldi,
Labin burib, tanqayib.
Momo Havo qolaverdi
Ötirgancha anqayib.
(Xayoliga keltirmasdan
Na xiyla, na tuzoqni)
Odam Ato ovdan qaytdi
Yetaklab bir buzoqni.
Körsa ahvol yana ösha,
Yana g'alva boshlandi.
Momo havo köp öksindi,
Közlari ham yoshlandi.
Odam Ato shahd qildi-yu
Gulxan yoqdi maydonda.
Bunaqasin hali hech kim körmagandi jahonda.
'Iblislarga o'lim!' dedi,
Tangriga xöp yolvordi.
Shaytonchani tiriklayin
Ötda yoqib yubordi.
Ana endi qutuldik deb
Tinchlandilar, köngil töq.
Shayton hargiz qadam bosmas,
Shaytonchasi endi yöq..
Uyg'onmasdan pitirlab
Birdan chayla qamishlari
Qoldi shitir-shitirlab
Odam ato sekin boqdi
Shubxa yonib qonida
Vo darig'a shaytonvatcha
Turar chayla yonida
Bu jahone uyin endi
Chuqqisiga yitgandi
Tong otmasdan bolasini
Shayton tashlab ketgandi
Bu safar u na chuktirdi
Na kulini sovirdi
Shaytonchani tug'rab tug'rab
Qozonida qovirdi
Endi shayton kelmasin deb
Qarg'ab sukib be ayov
Nonushtaga shayton gushtin
Paqqos tushirdi ikkovi
Quyosh hali yiroqlardan
Köz uqalab turgan on
Kelib chayla qarshisiga
Suz boshlab qoldi shayton
Qovirdog'ing hazim bulg'ay
Men hammasin bigandim
Shaytonchamni yib bitirding
Shuni orzu qilgandim
Uylading-ki u yuq bulsa
Men chorasiz qolgayman
Menche uning kulidan ham
Shayton yasay olgayman
Xudo mendan yuz ugirdi
Na osmon na yirmasman
Bilgin inson, bilgin odam
Senga salom bermasman
Yuldan urdim seni mudom
Azob berdim joninga
Men g'alaba qildim oxir
Kirib endi qoninga.
Koinotga sukut chukdi
Pir-piradi yulduzlar
Shundan buyon utdi qancha
Yillar kecha-kunduzlar
Kurdik qancha shaytonlikni
Qancha shayton odamni
Chiqarolmay ovoramiz
Qonimizdan shaytonni.
Do'stlaringiz bilan baham: |