Jo`rayeva A


Gormonlar va moslanish (adaptatsiya)



Download 26,61 Mb.
bet214/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

13.4. Gormonlar va moslanish (adaptatsiya)
Tirik organizmlarni umumiy xususiyatlaridan biri moslanish qobiliyatiga egaligidir. Moslaninshning tub ma`nosi – o`zgaruvchi tashqi muhit sharoitlarida o`zini saqlash va himoya qilish, ya`ni ichki muhit doimiyligini ta`minlashdir.
Gormonlar va stress. Stress - turli hayajonga soluvchi ta`sirlar natijasida organizmda yuzaga keladigan barcha nospetsifik o`zgarishlar yig`indisidir. Stressni keltirib chiqaruvchi omillarni stressorlar deb ataladi. Yetarli darajada kuchli ta`sirlar stressor bo`lishi mumkin: issiq, sovuq, emotsional ta`sir, og`riq chaqiruvchilar, och qolish, intoksikatsiya va boshqalar. Stressdagi nospetsifik himoya - moslanish reaktsiyalari kompleksi turli omillarga nisbatak organizmning chidamliligini (rezistentligini) ta`minlashga qaratilgan bo`lib, Sel`e tomonidan umumiy adaptatsion sindrom deb atalgan. Stress rivojlanishidagi umumiy sindrom dinamikasida organizm rezistentligini tushuntiruvchi 3 ta bosqich mavjud: 1) xavotirlanish reaktsiyasi; 2) rezistentlik bosqichi; 3) kuchsizlanish bosqichi.
Xavotirlanish reaktsiyasi – stress vaqtida gomeostaz o`zgarishiga javoban
organizmning moslanish jarayonlari tezlik bilan mobilizatsiyalanadi (birlamchi shokka nisbatan). Bu vaqtda ta`sirotga nisbatan organizm chidamliligi tez ortadi.
Rezistentlik bosqichida – organizmni stressorga nisbatan umumiy va nospetsifik xarakterga ega bo`lgan qarshiligi yuzaga keladi. Masalan, agar stress sovuq tufayli yuzaga kelsa, rezistentlik bosqichida faqat sovuqqa emas, balki yuqori harorat, rentgen nurlari, toksinlar va boshqalarga nisbatan ham chidamlilik ortadi. Stress juda kuchli bo`lsa yoki uzoq davom etsa,
himoya - moslanish mexanizmlari zaiflashadi, organizm umumiy adaptatsion sindromining uchinchi bosqichiga o`tadi.
Kuchsizlanish bosqichida – ta`sir qilayotgan stressorga va
boshqa ta`sirlarga nisbatan organizm rezistentligi kamayadi. Bu bosqichga,
ikkilamchi shok ham deyiladi. Sel`e va boshqa olimlar tadqiqotlarini
ko`rsatishicha, umurtqalilar organizmida turli shakldagi stressga nisbatan umumiy adaptatsion sindromning tashkil etilishida gipatolamo – gipofizar - buyrak usti bezlari sistemasi muhim rol o`ynaydi. Bu sharoitda avvalo gipotalamik kortikotropin, rilizing faktor (KRF) ta`sirida gipofizda adrenokortikotrop gormon( AKTG) sekretsiyasi kuchayadi.
Ma`lum vaqt oralig`ida buyrak usti bezi po`stloq qavati glyukokortikoidlari sekretsiyasi ta`sir kuchiga to`g`ri proportsional bo`ladi. Gipofizektomiya, gipotalamusni shikastlanishi, adrenalektomiya - stressga nisbatan javob reaktsiyasini so`ndiradi va umumiy adaptatsion sindromni rivojlanishiga yo`l qo`ymaydi hamda organizmning turli stressorlarga nisbatan paydo bo`ladigan chidamliligini tezda kamaytiradi. Stress holatidagi hayvonlarga tabiiy yoki sun`iy glyukokortikoid gormonlarini kiritib, turli ta`sirlarga nisbatan organizmni moslanish darajasini orttirish mumkin.
Antistressor gormonlar guruhiga glyukokortikoidlar bilan bir qatorda samototropin gormoni (STG) va u bilan funktsional bog`liq gormonlar (mos keluvchi rilizing-faktorlar, somatomedinlar) kiradi. Biroq vaqt o`tishi bilan STG sekretsiyasi glyukokortikoidlar sekretsiyasidan orqada qoladi. Kortikosteroidlar va STGdan tashqari organizmning moslanish reaktsiyalarida simpato-adrenal sistema – ya`ni buyrak usti bezlari va simpatik nerv tolalari oxirlaridagi katexolaminlar sekretsiyasi ham ishtirok etadi.



Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish