Jo`rayeva A


Gormonlar haqida tushuncha



Download 26,61 Mb.
bet212/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Gormonlar haqida tushuncha.

Gormonlar organizm ichki muhiti doimiyligini saqlab turuvchi, moddalar almashinuvi va neyroendokrin boshqarilishni nazorat qiluvchi murakkab tizimdir. Gormonlar – bevosita qon oqimiga chiqariladigan endokrin bezlari yoki ichki sekretsiya bezlari mahsuli. Bular qatoriga qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezi, jinsiy bezlar, buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi, gipofiz, gipotalamus va boshqalar kiradi. Endokrin bezlarida ishlanadigan sekretlarga gormonlar (yunoncha – hormaino – qo`zg`atuvchi, harakatga keltiruvchi, stimullovchi ma`nolarini beradi) deyiladi. Gormonlar oz miqdorda ishlab chiqarilsa ham organizmga kuchli ta`sir ko`rsatadigan hayot uchun nihoyatda zarur bo`lgan organik biologik faol moddalardir.


Endokrin bezlari (ichki sekretsiya bezlari), gormonlar va gormonal nazorat haqidagi fan – Endokrinologiya deb yuritiladi.
Endokrinologiya fani fiziologiya, bioximiya, molekulyar biologiyani muammo va metodlarini birlashtirib, odam va hayvonlar endokrin sistemasining funktsional - strukturaviy tuzilishini tushuntiradi. Endokrin sistema hayotiy jarayonlar - o`sish, rivojlanish, ko`payish va moslashishni boshqarish asoslarini o`rganadi. Endokrinologiya fani sohaning fundamental muammolari bilan bir qatorda, endokrin kasalliklarini kelib chiqishi va ularning gormonal terapiyasi, gormonlarni chorvachilikda qo`llash kabi amaliy masalalarni hal etishda ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda endokrinologiya nisbatan tor va xususiy tibbiyot mutaxassisligidan hayotiy jarayonlarni kimyoviy boshqarilishi to`g`risidagi umumbiologik fanga aylandi. Xulosa qilib aytganda endokrinologiya - endokrin bezlar, gormonlar, hayvon organizmidagi almashinuv jarayonlari va fiziologik funktsiyalarning markazlashgan koordinatsiyasi to`g`risidagi fandir.


13.1. Hujayralardagi metabolik jarayonlarning hujayralararo nazorat sistemasi va endokrinologiya

Umurtqali hayvonlar organizmidagi ko`p milliardli hujayralar morfologik va funktsional tuzilishiga ko`ra bir necha o`n hujayralar tipiga taqsimlanib, yuqori ixtisoslashgan to`qima, organ va sistemalarni tashkil qiladi. Evolyutsiya davomida hujayralararo o`zaro ta`sir natijasida modda va energiya almashinuvida hujayralararo axborot o`tkazish yoki signal sistemalari rivojlandi. Hujayralararo nazorat hujayra ichi nazorat mexanizmlarini (genetik, fermentativ, transport) takomillashtirdi va koordinatsiya qildi; to`qima, organ, organizm talablariga ko`ra hujayra metabolizmini boshqardi, natijada organizm ichki muhitining doimiyligi - gomeostazni ta`minladi.


Hujayralararo nazoratning bir qator turlari, darajalari va mexanizmlari mavjud. Turlari - ixtisoslashmagan va ixtisoslashgan nazorat; darajalari - mahalliy va umumiy nazorat; signal birikmalari – hujayralararo o`tkazish mexanizmlari - kontaktli va gumoral mexanizmlar. Ixtisoslashmagan nazorat har xil turdagi hujayralar tomonidan ishlab chiqariladigan, sarf bo`ladigan birikmalar (masalan, yog` kislotalari, glyukoza, aminokislotalar, mononukleotidlar, ionlar ) ta`sirida namoyon bo`ladigan signal effektlari hisobiga amalgam oshiriladi. Erkin yog` kislotalari yog` to`qimasi yoki jigar va mushaklarda yonilg`i sifatida ishlatiladi. Yuqori kontsentratsiyalarda glikoliz tezligini sekinlashtiradi va nafas olish hamda oksidlanishli fosforlanishning o`zaro bog`liqligini kamaytiradi; Ca2+ - sekretsiya jarayonlarini sekinlashtiradi. Ixtisoslashgan hujayralararo bioregulyatorlar kimyoviy strukturalari, xossalari, hosil bo`lish joyidan qat`iy nazar umumiy fiziologik signal funktsiyalariga ega bo`ladi. Informonlarning (informatsiyani o`tkazuvchi moddalar) utilizonlardan farqi ular hujayralar tomonidan hujayralararo bo`shliqqa ajratiladi; hujayralar tomonidan plastik va energetik manba sifatida o`zlashtirilmaydi, tanlab ta`sir qiladi, juda yuqori darajada ixtisoslashgan biologik faollikka ega (10-11 – 10-6 mol/l). Hosil bo`lish joyi, ta`sir qilishi, tarqalganligi va hujayralararo transport usuliga ko`ra informonlar bir necha turlarga bo`linadi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish