Jo`rayeva A



Download 26,61 Mb.
bet36/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

2-bob. Murakkab oqsillar

Murakkab oqsil tarkibida ikkita komponent saqlaydi – oddiy oqsil va oqsil bo`lmagan modda. Oqsil bo`lmagan moddaga prostetik guruh deb ataladi. Odatda ptorstetik guruhlar oqsil molekulasi bilan mustahkam bog`langan.


Glikoproteidlar va ularning biologik ahamiyati. Murakkab oqsillar oqsil bo`lmagan bo`laklarining tabiatiga qarab bir nechta guruhlarga bo`linadi.
Uglevod-oqsil komplekslari. Ushbu makromolekulalar ikki turga bo`linadi: glikoproteidlar va proteoglikanlar yoki polisaxarid-oqsil komplekslari. Glikoproteidlarning uglevod qismi kichikroq, muntazam tuzilishga ega bo`lmagan geteropolisaxaridlardan tuzilgan. Makromolekulaning 80-90% ini oqsil tashkil etadi.
Glikoproteidlar strukturasidagi uglevod-peptid bog`larini joylashishiga qarab, ularni quyidagi turlari aniqlangan: glikozilamid – monosaxarid asparaginning amid guruhi bilan bog`langan, masalan immunoglobulin, glikoproteidli fermentlar va gormonlar; O-glikozid – monosaxarid serin yoki treoninning OH-guruhi bilan bog`langan, masalan so`lak tarkibidagi mutsin, qon guruhi moddalari. Ba’zan kollagen oqsillaridagi gidroksilizin yoki gidroksiprolinning OH-guruhi bilan bog` hosil qiladi.
Uglevod komponenti glikoproteidni oz qismni tashkil etsa ham oqsil molekulasiga sifat jihatidan yangi xususiyatlarni beradi. Jumladan, glikoproteidlar proteinlardan yuqori haroratga chidamliligi (termostabil) bilan farqlanadi. Harorat darajasini yuqori yoki pastligi ularning fizik-kimyoviy xossalarini o`zgartira olmaydi. Demak, biror oqsil haroratli denaturatsiyaga chidamli bo`lsa, uni glikoproteid deb hisoblashga asos bo`la oladi. Glikoproteidlarning boshqa oqsillardan farqli tripsin, pepsin singari proteolitik fermentlar ishtirokida nihoyatda qiyin hazm bo`ladi.
Glikoproteidlarning uglevod qismi oqsilga yuqori darajada spetsifiklik beradi. Hujayra yuzasidagi makromolekulalar bunga misol bo`la oladi.
Ko`pchilik oqsil gormonlar, membranadagi murakkab oqsillar, barcha qarshi tanachalar (immunoglobulinlar), qon plazmasi, sut oqsillari, ovalbumin, interferonlar, qon guruhi omillari, retseptor oqsillari va boshqalar glikoproteidlardan iborat. Ular hayvon, o`simlik organizmlarida, mikroorganizmlarda har xil vazifalarni bajaradilar: hujayralararo aloqalarda yuksak molekulalar uchun retseptor, gidrofob moddalar va metall ionlari (transkortin, serruloplazmin, gaptoglobin, transferrin)ni tashish, ivish (protrombin, fibrinogen) va immunitet (immunoglobulinlar). Xolinesteraza, ribonukleaza B kabi fermentlar va gonadotropin, kortikotropin gormonlari glikoproteidlar qatoriga kiradi.
Qaynoq buloqlarda yashaydigan mikroorganizmlarning hujayra membranasi tarkibida glikoproteidlar bor. Kimyoviy, termik ta’sirlarga chidamli sporali bakteriyalarning kapsulalari glikopeptid va glikolipoproteidlarga ega. Glikoproteidlar Antarktida baliqlarida antifriz vazifasini bajarib, organizmining ichki muhitida muz kristallari hosil bo`lishiga yo`l qo`ymaydi.
Shuningdek, jigarda sintezlanib, qonni ivishiga zid bo`lgan geparin, ko`p bakteriyalarning antigenlari glikoproteidlardir.
Glikoproteidlarning alohida guruhini glyukozaminglikanlar yoki kislotali mukopolisaxaridlar tashkil etadi. Ular asosan tarkibida ko`p martalab takrorlanadigan, ko`pincha o`ziga xos disaxarid birliklarini tutishi bilan chin glikoproteidlardan farqlanadilar. Glyukozaminglikanlarni oqsil molekulasi bilan bog`lanishidan hosil bo`lgan proteoglikanlar molekulasining asosiy qismi polisaxaridlarga to`g`ri keladi. Ular birinchi marta so`lak tarkibidagi yopishqoq proteoglikan – mutsindan olingani uchun nordon mukopolisaxaridlar deb ham ataladi. Proteoglikanlarning aksariyati to`qima hujayralari orasidagi gel shaklidagi asosiy modda. Bundan tashqari ular tog`ay, pay, ko`zning muguz pardasi, teri, bo`g`inlarni namlab turadigan suyuqlik tarkibida ham qatnashadi.
Proteoglikanlar qatoriga gialuron kislotasi, geparin, xondroitinsulfat kislotasi va boshqalar kiradi.
So`lakda va turli xil bezlar sekretlari tarkibida uchraydigan mutsin ularga yuqori darajada yopishqoqlik xususiyatini beradi, ovqatning oshqozonga sirg`anib tushishini engillashtiradi, og`izning shilimshiq pardasini zararli mexanik, issiqlik va kimyoviy ta’sirlardan saqlaydi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish